Allaberganov Ollabergan Arslanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosati (1945 – 1991 yillarda Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1887.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boboev Feruz Sayfulloevich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich tarix fanlari doktori, professor; Saidov Sanjar Shavkatovich siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1945–1991-yillarda O‘zbekiston SSRda Sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosatini Xorazm viloyati misolida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston SSRda Sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosati mazmun mohiyati bevosita Sovet Ittifoqi manfatlariga xizmat qiladigan aholi qatlamlariga yo‘naltirilganligi, O‘zbekiston SSRda ijtimoiy ta’minot tizimining shakllanishi uzoq tarixiy jarayon sifatida uch asosiy bosqichdan iborat ekanligi, ijtimoiy ta’minot tizimi Sovet Ittifoqining qonun-qoidalari asosida shakllangan bo‘lib, O‘zbekiston SSRdagi ijtimoiy ta’minot mexanizmini amalga oshiruvchi tashkilotlari to‘gʻrisidagi ma’lumotlar asoslab berilgan;
Sovet hokimiyatining Xorazm viloyati shahar va qishloqlarida onalar va bolalarga qaratilgan ijtimoiy ta’minot siyosatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi sonini ko‘paytirish, ayollarni ishlab chiqarishga faol jalb qilish, ko‘p bolali oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va shu tariqa Sovet davlati o‘z mafkuraviy gʻoyalari singdirilgan aholi qatlamini shakllantirishni ko‘zlaganligi tahliliy nuqtayi nazardan o‘rganilgan;
Sovet hokimiyati davrida Xorazm viloyati qishloqlarida ijtimoiy ta’minot sohasidagi muammo, ziddiyatlar asosan o‘zaro yordam kassalari, pensiya va nafaqa tizimi hamda tibbiy xizmat sohalarida yaqqol namoyon bo‘lganligi, shuningdek, Xorazm viloyati qishloqlarida ishsizlik masalasi ikki bosqichda kechganligi: birinchi bosqichda (1945–1967) ishchi kuchi etishmasligi kuzatilib, urush nogironlari, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rilganligi, ikkinchi bosqichda (1968–1991) aholi sonining o‘sishi, pensiya islohoti va ish o‘rinlarining qisqarib borishi natijasida ishsizlikning keskin ortganligi arxiv hujjatlari asosida ochib berilgan;
Xorazm viloyatida ijtimoiy ta’minot siyosati birinchi marotaba shaharlardagi va qishloqlardagi ijtimoiy ta’minot siyosati sifatida alohida yo‘nalishga ajratib o‘rganildi. Shuningdek, shaharlarda qishloqlarga nisbatan ijtimoiy ta’minot siyosati yaxshi yoʻlga qo‘yilganligi qiyosiy tahliliy nuqtayi nazardan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosati (1945 - 1991 yillarda Xorazm viloyati misolida) mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekiston SSRda Sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosati mazmun mohiyati bevosita Sovet Ittifoqi manfaatlariga xizmat qiladigan aholi qatlamlariga yo‘naltirilganligi, O‘zbekiston SSRda ijtimoiy ta’minot tizimining shakllanishi uzoq tarixiy jarayon sifatida uch asosiy bosqichdan iborat ekanligi, ijtimoiy ta’minot tizimi Sovet Ittifoqining qonun-qoidalari asosida shakllangan bo‘lib, O‘zbekiston SSRdagi ijtimoiy ta’minot mexanizmini amalga oshiruvchi tashkilotlari to‘gʻrisidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 25-avgustdagi 05-09-1301-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar 1945-1991 yillarda O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosatini Xorazm viloyati misolida yoritishga xizmat qilgan;
Sovet hokimiyatining Xorazm viloyati shahar va qishloqlarida onalar va bolalarga qaratilgan ijtimoiy ta’minot siyosatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi sonini ko‘paytirish, ayollarni ishlab chiqarishga faol jalb qilish, ko‘p bolali oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va shu tariqa Sovet davlati o‘z mafkuraviy gʻoyalari singdirilgan aholi qatlamini shakllantirishni ko‘zlaganligi tahliliy nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Ushbu ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 25-avgustdagi 05-09-1301-son dalolatnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvlar mazmunini mukammallashtirishga, ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Sovet hokimiyati davrida Xorazm viloyati qishloqlarida ijtimoiy ta’minot sohasidagi muammo, ziddiyatlar asosan o‘zaro yordam kassalari, pensiya va nafaqa tizimi hamda tibbiy xizmat sohalarida yaqqol namoyon bo‘lganligi, shuningdek, Xorazm viloyati qishloqlarida ishsizlik masalasi ikki bosqichda kechganligi: birinchi bosqichda (1945–1967) ishchi kuchi etishmasligi kuzatilib, urush nogironlari, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rilganligi, ikkinchi bosqichda (1968–1991) aholi sonining o‘sishi, pensiya islohoti va ish o‘rinlarining qisqarib borishi natijasida ishsizlikning keskin ortganligi arxiv hujjatlari asosida ochib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 07-avgustdagi 10/1776-son maʼlumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan;
Xorazm viloyatida ijtimoiy ta’minot siyosati birinchi marotaba shaharlardagi va qishloqlardagi ijtimoiy ta’minot siyosati sifatida alohida yo‘nalishga ajratib o‘rganildi. Shuningdek, shaharlarda qishloqlarga nisbatan ijtimoiy ta’minot siyosati yaxshi yoʻlga qo‘yilganligi qiyosiy tahliliy nuqtayi nazardan dalillangan. Mazkur dissertatsiya ilmiy natijalari, amaliy taklif va taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Quroli kuchlar muzeyi manbalarini boyitishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 07-avgustdagi 10/1776-son maʼlumotnomasi). Tadqiqot negizida shakllangan amaliy taklif va tavsiyalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ijtimoiy ta’minot siyosatini o‘rganishga oid ilmiy amaliy asoslarni ochib berishga xizmat qiladi.