Davronov Abduloh Norpo‘lat o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda harbiy kadrlar tayyorlash tarixi (1992-2020 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar668 
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuradovich, tarix fanlari doktori, professor, Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1992–2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Qurolli kuchlarning shakllanishi va harbiy ta’limning rivojlanish tarixini ilmiy jihatdan tahlil qilish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Mustaqillikning dastlabki yillarida armiyada boshqaruvning susayishi, uning nazoratdan chiqishi jamiyat uchun xatarli ekanligini anglagan holda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining mudofaa sohasida amaliy harakatlarning boshlanishi mamlakat mudofaasini ta’minlash barobarida davlatning harbiy strategik siyosatining shakllanishiga zamin yaratganligi asoslangan; 
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiylarni tayyorlash va amaliyot jarayoniga yo‘naltirish tuzilmasi, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy va shaxsiy omillarning ahamiyatli jihatlari orqali asoslab berilgan; 
Qurolli kuchlar tizimida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi masalalari o‘z vaqtida qat’iylik bilan hal qilinib, harbiy vatanparvarlik tarbiyasining rivojlanishi boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda amalga oshirilganligi isbotlangan; 
harbiy ta’lim muassasalarida zamon talablariga javob beradigan islohotlarni o‘tkazish, harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, namunali xizmati uchun munosib rag‘batlantirishning tizimli tashkil etilishi O‘zbekiston yoshlari ongida harbiy-vatanparvarlik immunitetini shakllantirishning targ‘ibot texnologiyasi sifatida amal qilishi asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining shakllanishi va harbiy ta’limning rivojlanish tarixi bo‘yicha ishlab chiqarilgan xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar, farmonlar, qarorlar, yo‘riqnomalar hamda nizomlarning harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga ta’sir etgan omillar, tarix fanida tan olingan metodologiya va fanlararo yondashuvlar asosida XX asr oxiri va XXI asr boshlarida O‘zbekiston Respublikasida harbiy kadrlar tayyorlash tizmining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ziddiyatli muammolari tadqiq etishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy-uslubiy jihatlar, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli harbiy kadrlar tayyorlaydigan o‘quv yurtlari faoliyatini o‘ziga xos jihatlariga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlarga soslangan holda amalga oshirilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi 2024 yil yanvarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 7-fevraldagi 02-28-185-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimining 1992–2020-yillardagi tashkil topish tarixi, undagi islohotlar va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi masalalarining yo‘lga qo‘yilishi borasidagi tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan. 
Mudofaa tizimida professional darajadagi harbiylarni tayyorlash va amaliyot jarayoniga yo‘naltirish kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 7-fevraldagi 02-28-185-sondagi ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga kasbiy tayyorgarlik, harbiy kadrlar tayyorlash jarayonining ahamiyati to‘g‘risidagi salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.
Qurolli kuchlar tizimida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi masalalari o‘z vaqtida qat’iyatlik bilan hal qilinib, harbiy vatanparvarlik tarbiyasining rivojlanishi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otishi, vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish kabi materiallardan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 12-sentyabrdagi 974-sonli ma’lumotnomasi). Natijada harbiy vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yoshlar ongiga singdirishga xizmat qilgan.
Harbiy ta’lim muassasalarida zamon talablariga javob beradigan islohotlarni o‘tkazish, harbiy huquq va erkinliklarini himoya qilish, namunali xizmati uchun munosib rag‘batlantirishning tizimini tashkil etilishi kabi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishi “Vatanparvarlik” tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish doirasida foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 12-sentyabrdagi 974-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston yoshlari ongida harbiy-vatanparvarlik immunitetini shakllantirishning targ‘ibot texnologiyasi sifatida amal qilish lozimligi ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish