Hamraeva Nargiza Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Abulg‘ozi Bahodirxonning ilmiy merosi va uning tarixiy ahamiyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/Tar774
Ilmiy rahbar: Vohidov Shodmon Xusenovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qabulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor, Sultonov O‘ktambek Abdug‘anievich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abulg‘oziy Baxodirxonning tarixiy – ilmiy merosi bo‘yisha bugunga qadar to‘plangan bilimlar dinamikasini tahlil etish, mavzu bo‘yisha mavjud ma’lumotlarni ilmiy muomolaga kiritish jarayonida ilmiy yondoshuvlar, qarashlar va zamonaviy muammolarni oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xiva xonligi tarixi deyarli besh asr davomida shakllangan murakkab siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarini o‘rganishda O‘tamish Hoji, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy va Bayoniy kabi mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan asarlar muhim manba sifatida alohida ahamiyatga egaligi, “Xonlar tarixi”, “Xorazmning ta’rifi” va “Tarix bo‘yicha risola” singari manbalar esa xonlikning siyosiy tuzilishi, ijtimoiy-iqtisodiy holati va madaniy taraqqiyoti, shuningdek, V.V. Bartold, N.I. Veselovskiy, S.V. Jukovskiy kabi rus va g‘arbiy olimlarning kuzatuvlari ham Xiva tarixining ilmiy tahlilida muhim o‘rin tutishi, mustaqillik davrida ushbu tarixni yangicha yondashuv asosida o‘rganishga doir tadqiqotlar yanada faollashganligi, ayniqsa, Elbarsxon boshchiligidagi ozodlik harakati va Xorazmning mustaqil siyosiy markaz sifatida shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan siyosiy kuchlar o‘rtasidagi raqobat tarixiy hujjatlar asosida chuqur tahlil qilingan;
Abulg‘ozi Bahodirxon turkiy xalqlarning tarixiy, madaniy va ilmiy merosida muhim o‘rin tutgan davlat arbobi, tarixchi va adib sifatida ajralib turishi, uning “Shajarayi turk” asari orqali Xiva xonligi tarixida yuz bergan siyosiy beqarorlik, oilaviy nizolar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida boy manba ekanligi, shuningdek, Xiva xonligi XVI–XIX asrlarda o‘ziga xos ma’muriy boshqaruv tizimi, qudratli xonlar tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va qabila zodagonlari bilan murakkab munosabatlar tizimi orqali yashab kelganligi, ayniqsa Abulg‘ozi Bahodirxon davrida markaziy hokimiyatni mustahkamlashga, boshqaruv lavozimlarini tartibga solishga va davlatni barqarorlashtirishga qaratilgan chuqur islohotlar amalga oshirilganligi tarixiy manbalarga tayanilgan holda asoslangan;
Abulg‘ozi Bahodirxon o‘zining “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari bilan nafaqat Xiva xonligining siyosiy tarixida, balki Markaziy Osiyo adabiy va ilmiy tafakkurida ham chuqur iz qoldirganligi, u yaratgan asarlar turkiy xalqlarning kelib chiqishi, madaniyati, tili, urf-odatlari va siyosiy hayotiga doir nodir ma’lumotlar manbai sifatida bugungi kungacha ilmiy ahamiyatini yo‘qotmaganligi, asarlarining o‘zbek, rus, turk, nemis va fransuz tillariga tarjima qilinishi, ularning qo‘lyozma nusxalarining dunyoning turli kutubxonalarida saqlanishi, hamda turli olimlar tomonidan izchil o‘rganilishi haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan;
“Shajarayi turk” asari Xiva xonligining XVII asrda qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosiy, harbiy, diplomatik va madaniy aloqalarini yorituvchi ilk tarixiy manbalardan biri ekanligi, unda Xiva-Buxoro urushlari, ularning oqibatida yuzaga kelgan migratsiya jarayonlari, ikki xonlik o‘rtasidagi diplomatik hamda madaniy aloqalar batafsil tasvirlanadi, shuningdek, “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlarida keltirilgan etnografik, tarixiy va xo‘jalik hayotiga oid ma’lumotlar, shuningdek, boshqa tarixiy manbalar asosida, Xorazm xalqi o‘zining til, urf-odat, madaniyat va siyosiy ong jihatidan mustahkam etnik birlikka ega xalq sifatida shakllanganligi tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva xonligi tarixi deyarli besh asr davomida shakllangan murakkab siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarini o‘rganishda O‘tamish Hoji, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy va Bayoniy kabi mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan asarlar muhim manba sifatida alohida ahamiyatga egaligi, “Xonlar tarixi”, “Xorazmning ta’rifi” va “Tarix bo‘yicha risola” singari manbalar esa xonlikning siyosiy tuzilishi, ijtimoiy-iqtisodiy holati va madaniy taraqqiyoti, shuningdek, V.V. Bartold, N.I. Veselovskiy, S.V. Jukovskiy kabi rus va g‘arbiy olimlarning kuzatuvlari ham Xiva tarixining ilmiy tahlilida muhim o‘rin tutishi, mustaqillik davrida ushbu tarixni yangicha yondashuv asosida o‘rganishga doir tadqiqotlar yanada faollashganligi, ayniqsa, Elbarsxon boshchiligidagi ozodlik harakati va Xorazmning mustaqil siyosiy markaz sifatida shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan siyosiy kuchlar o‘rtasidagi raqobat oid xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan. (Xalqaro Oltin meros xayriya jamoat fondining 2022-yil 24.09 dagi 01-35 sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Abulg‘ozi Bahodirxon ilmiy–madaniy merosining ahamiyatini yanada shuqurroq tasavur etishga xizmat qilgan;
Abulg‘ozi Bahodirxon turkiy xalqlarning tarixiy, madaniy va ilmiy merosida muhim o‘rin tutgan davlat arbobi, tarixchi va adib sifatida ajralib turishi, uning “Shajarayi turk” asari orqali Xiva xonligi tarixida yuz bergan siyosiy beqarorlik, oilaviy nizolar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida boy manba ekanligi, shuningdek, Xiva xonligi XVI–XIX asrlarda o‘ziga xos ma’muriy boshqaruv tizimi, qudratli xonlar tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va qabila zodagonlari bilan murakkab munosabatlar tizimi orqali yashab kelganligi, ayniqsa Abulg‘ozi Bahodirxon davrida markaziy hokimiyatni mustahkamlashga, boshqaruv lavozimlarini tartibga solishga va davlatni barqarorlashtirishga qaratilgan chuqur islohotlar amalga oshirilganligiga oid xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan. (Xalqaro Oltin meros xayriya jamoat fondining 2022 yil 24.09 dagi 01-35 sonli dalolatnomasi). Natijalarning joriy etilishi aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida ilmiy bilimlarning boyishga xizmat qilgan;
Abulg‘ozi Bahodirxon o‘zining “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari bilan nafaqat Xiva xonligining siyosiy tarixida, balki Markaziy Osiyo adabiy va ilmiy tafakkurida ham chuqur iz qoldirganligi, u yaratgan asarlar turkiy xalqlarning kelib chiqishi, madaniyati, tili, urf-odatlari va siyosiy hayotiga doir nodir ma’lumotlar manbai sifatida bugungi kungacha ilmiy ahamiyatini yo‘qotmaganligi, asarlarining o‘zbek, rus, turk, nemis va fransuz tillariga tarjima qilinishi, ularning qo‘lyozma nusxalarining dunyoning turli kutubxonalarida saqlanishi, hamda turli olimlar tomonidan izchil o‘rganilishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2022-yil 13-maydagi 02-31-622-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi Abulg‘ozi Bahodirxonning ilmiy merosini madaniy, harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘ziga xos tomonlari bo‘yisha aniq xulosalar shiqarish imkonini bergan;
“Shajarayi turk” asari Xiva xonligining XVII asrda qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosiy, harbiy, diplomatik va madaniy aloqalarini yorituvchi ilk tarixiy manbalardan biri ekanligi, unda Xiva-Buxoro urushlari, ularning oqibatida yuzaga kelgan migratsiya jarayonlari, ikki xonlik o‘rtasidagi diplomatik hamda madaniy aloqalar batafsil tasvirlanadi, shuningdek, “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlarida keltirilgan etnografik, tarixiy va xo‘jalik hayotiga oid ma’lumotlar, shuningdek, boshqa tarixiy manbalar asosida, Xorazm xalqi o‘zining til, urf-odat, madaniyat va siyosiy ong jihatidan mustahkam etnik birlikka ega xalq sifatida shakllanganligiga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2022-yil 13-maydagi 02-31-622-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar tomoshabinlarda Xiva xonligining XVII asrda qo‘shni davlatlar bilan olib borgan siyosiy, harbiy, diplomatik va madaniy aloqalari haqida umumiy ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qilgan.