Abdurazzaxov Abdurasul Abdurazzaxovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning jismoniy holatini yaxshilash vositasi sifatida sport-sog‘lomlashtirish turizmi dasturini takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8870.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Sherzod Sirliboevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muasaslari jismoniy tarbiya tizimida sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositalarini qo‘llash orqali talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida  turistik turmush malakalarini vizual dinamik tarzda hordiq va jismoniy harakat muhitini variativ qo‘llash hisobiga samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasini  turizm bilan shug‘ullanuvchi talabalarning funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida yuklamalar berishni boshqarish jarayoni takomillashtirilgan;
sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning jismoniy sifatlarini (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik) rivojlantirishga yo‘naltirilgan, turizm elementlarini o‘z ichiga olgan harakatli o‘yinlarni saralash orqali va ularni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash metodikasini ishlab chiqish hisobiga jismoniy sifatlarni oshirish imkoniyati kengaytirilgan; 
talabalarning jismoniy va funksional imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sport-sog‘lomlashtirish turizmini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish maqsadida “Sport-sog‘lomlashtirish turizmi” mobil ilovasini tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan;
“sport-sog‘lomlashtirish turizmi” dasturi asosida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus jismoniy mashqlar kompleksi va turistik faoliyatga xos hayotiy-amaliy ko‘nikmalarning (tabiiy sharoitda harakatlanish, lager bazasini tashkil etish, yo‘nalishni aniqlash, xarita va kompasdan foydalanish) variativ qo‘llash hisobiga talabalarning jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan sport-sog‘lomlashtirish turizmidan foydalanish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari jarayonida talabalarning jismoniy sifatlarini (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik) rivojlantirishga yo‘naltirilgan, turizm elementlarini o‘z ichiga olgan harakatli o‘yinlarni saralash va ularni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan o‘tkaziladigan turizm mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 02-16/10188-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20-iyundagi 03-10-17/532475-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 
11,4 % ga, funksional holati esa 8,1 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining uslubiy tuzilmasida turistik turmush malakalarini vizual dinamik tarzda samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasini hordiq va jismoniy harakat muhitini variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar, Toshkent shahar Alfraganus universiteti talabalar turizm mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 
2025-yil 23-sentyabrdagi 02-16/10188-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20-iyundagi 03-10-17/532475-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 9,8 % ga, funksional holati esa 
7,6 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
talabalarning jismoniy va funksional imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sport-sog‘lomlashtirish turizmini ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish maqsadida “Sport-sog‘lomlashtirish turizmi” mobil ilovasi tayyorgarlik jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar, Buxoro davlat universiteti talabalari turizm mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 02-16/10188-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20-iyundagi 03-10-17/532475-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 10,2 % ga, funksional holati esa 7,9 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
“sport-sog‘lomlashtirish turizmi” dasturi asosida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus jismoniy mashqlar kompleksi va turistik faoliyatga xos hayotiy-amaliy ko‘nikmalarning (tabiiy sharoitda harakatlanish, lager bazasini tashkil etish, yo‘nalishni aniqlash, xarita va kompasdan foydalanish) variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan o‘tkaziladigan turizm mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi 
02-16/10188-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar turizm mashg‘ulotlarida jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalari shakillantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish