Baymuratov Ismaxmud Alievichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parasuzuvchilar ko‘p yillik tayyorgarlik tizimini optimallashtirishning nazariy va uslubiy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10444.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Matnazarov Xayrulla Yuldashovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Sobirova Laylo Baxramovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parasuzuvchilar musobaqa tasnifini inobatga olgan holda ularning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimini optimallashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat.
parasuzuvchilar jismoniy sifat darajalarini rivojlantirishda ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida sport tayyorgarligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni tasniflash asosida “S”-9 va “S”-10 batterflyay, chalqancha, ko‘krakda krol va erkin usullarida suzuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida kompleks mashg‘ulotlarni qo‘llash hisobiga musobaqalarda ishtirok etadigan parasuzuvchilar jismoniy va funksional imkoniyatlari oshirilgan;
parasuzuvchilar texnik tayyorgarligini takomillashtirishda o‘quv-mashq bosqichidagi “SM”-9 va “SM”-10 kompleks usulda individual musobaqalarda ishtirok etadigan parasuzuvchilar tayyorgarlik jarayoniga idividuallashtirilgan tortuvchi, rivojlantiruvchi, zarbdor, musobaqa mikrotsikllarini tayyorgarlik holati bo‘yicha korreksiya qilish hisobiga sportchilar sport natijalariga erishish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik va o‘quv-mashq bosqichida shug‘ullanuvchi “S”-9 va “S”-10 batterflyay, chalqancha, ko‘krakda krol va erkin usullarida parasuzuvchilarning texnik harakatlarini takomillashtirish uchun tayyorgarlik dasturini har bir shiddat zonasi bo‘yicha mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilish hisobiga sportchilar sport natijalarini o‘sish imkoniyati kengaytirilgan;
parasuzuvchilar texnik tayyorgarligini takomillashtirishda “SM”-9 va “SM”-10 kompleks usulda individual musobaqalarda ishtirok etadigan parasuzuvchilar mashg‘ulot ta’sirining yo‘nalishiga koʻra haftalik mikrotsikllarni tuzishni sport razryadlarini bajarish va ushlab turish yuklamasini belgilab berish hisobiga kompleks tayyorlash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parasuzuvchilarni texnik usullariga o‘rgatish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish orqali mashg‘ulot jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
parasuzuvchilar jismoniy sifat darajalarini rivojlantirishda ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida sport tayyorgarligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni tasniflash asosida “S”-9 va “S”-10 batterflyay, chalqancha, ko‘krakda krol va erkin usullarida suzuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida kompleks mashg‘ulotlarni qo‘llash tavsiyalar Nukus suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligining 2025 yil 30-maydagi 01-09/3204-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024-2025 o‘quv yilida o‘quv mashq guruhi S/SM-9, S/SM-10 toifasidagi parasuzuvchilar yillik yuklama hajmining yo‘nalishlar bo‘yicha nisbatlari optimallashtirildi va buning natijasida sport natijalarining sezilarli yaxshilanishiga erishilgan;
parasuzuvchilar texnik tayyorgarligini takomillashtirishda o‘quv-mashq bosqichidagi “SM”-9 va “SM”-10 kompleks usulda individual musobaqalarda ishtirok etadigan parasuzuvchilar tayyorgarlik jarayoniga idividuallashtirilgan tortuvchi, rivojlantiruvchi, zarbdor, musobaqa mikrotsikllarini tayyorgarlik holati bo‘yicha korreksiya qilish bo‘yicha taklif va tafsiyalar Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash markazi parasuzuvchilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligining 2025 yil 30 maydagi
01-09/3204-son ma’lumotnomasi). Natijada psixomotor rivojlanishi baholash uslubiyatini amalga oshirishda musobaqa ishonchlilik profili individual hamda bir guruh sportchilar uchun tuzildi va yillik sikl mobaynida sportchi individual ko‘rsatkichlarining profildan farqiga qarab mashg‘ulot jarayoni korreksiya qilish imkonini bergan;
boshlang‘ich tayyorgarlik va o‘quv-mashq bosqichida shug‘ullanuvchi “S”-9 va “S”-10 batterflyay, chalqancha, ko‘krakda krol va erkin usullarida parasuzuvchilarning texnik harakatlarini takomillashtirish uchun tayyorgarlik dasturini har bir shiddat zonasi bo‘yicha mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahridagi Olmazor tumani sport maktabida parasuzuvchilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligining 2025 yil 30 maydagi 01-09/3204-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-2025 o‘quv yilida boshlang‘ich tayyorgarlik guruhuda shug‘ullanuvchi S/SM-9, S/SM-10 toifasidagi parasuzuvchilar 50 m.ga erkin usilda suzush natijalari o‘rtacha 8,1% ga, S/SM-10 toifasidagi parasuzuvchilar 50 m.ga erkin usilda suzush natijalari 9,4 % ga yaxshilangan;
parasuzuvchilar texnik tayyorgarligini takomillashtirishda “SM”-9 va “SM”-10 kompleks usulda individual musobaqalarda ishtirok etadigan parasuzuvchilar mashg‘ulot ta’sirining yo‘nalishiga koʻra haftalik mikrotsikllarni tuzishni sport razryadlarini bajarish va ushlab turish yuklamasini belgilab berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida parasuzuvchila mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligining 2025 yil 30 maydagi 01-09/3204-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024-2025 o‘quv yilida o‘quv mashq guruhida shug‘ullanuvchi S/SM-9 toifasidagi parasuzuvchilar 50 m ga suzish ko‘rsatkichi 10,1% ga, 100 m.ga suzish ko‘rsatkichi 4,7 % ga yaxshilangan bo‘lsa S/SM-10 toifasidagi parasuzuvchilar 50 m.ga suzish ko‘rsatkichi 7,6% ga, 100 m.ga suzish ko‘rsatkichi 6,9 % ga yaxshilangan.