Yadgarova Nazokat Saparbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘istonning Erebinae kenja oilasi tangachaqanotlilari (faunasi, biologiyasi va ekologiyasi)”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1400.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Muzaffarbek Xudayberganovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘iston Erebinae kenja oilasi tangachaqanotlilarining zamonaviy taksonomik tur tarkibini aniqlash, tarqalish areallarini belgilash, biologik va ekologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy-Sharqiy Qoraqalpog‘iston hududida Eribinae kenja oilasi tangachaqanotlilarining zamonaviy sistematik holati tahlil qilinib, 8 triba, 11 avlod, 1 ta kenja avlodga mansub 52 tur va 5 ta kenja turi aniqlangan;
ilk bor Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarning 4 ta turi (Anydrophila stuebeli, Anydrophila sirdar, Gonospileia amudarya, Drasteria hyblaeoides) va 1 ta kenja turi (Drasteria sculpta sculpta) O‘zbekiston faunasi uchun aniqlangan;
Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘iston hududida tangachaqanotlilar ekologik jihatdan katta xilma-xillikka ega bo‘lib, ular: biotoplar bo‘yicha taqsimlanishi 6 ta, fenologik xususiyatlari 6 ta, hayotiy sikli va generatsiyasi bo‘yicha 3 ta, ekologik tinim davri (diapauza) bo‘yicha 3 ta, ozuqa ixtisoslashuviga ko‘ra 7 ta, trofik munosabatiga ko‘ra 3 ta, namlikka munosabati bo‘yicha 6 ta guruhga mansubligi ilmiy asoslangan;
Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘istonning tabiiy va sunʼiy landshaftlarida tangachaqanotlilarning cho‘l, tog‘, to‘qay, ko‘l sohillari, agrotsenoz, ekstrozonal va introzonal biotoplardagi kamyob va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan yoki endemik turlarni muhofaza choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘istonning Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarning faunasi, biologiyasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘istonning tabiiy va sunʼiy landshaftlarda tarqalgan Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarning 3 ta triba, 4 ta avlodga mansub 26 nusxa hasharot namunalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025-yil 22-aprelidagi 4/1255-991-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalar Respublikamizning turli biotoplarida tarqalgan Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarni taksonomik tahlil qilishda, ularni biomorfologik jihatdan o‘rganishda va atlaslar tayyorlashda foydalanish imkonini bergan;
Janubiy-sharqiy Qoraqalpog‘iston sharoitida tarqalgan Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etlingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 23-aprelidagi 03-03/1-03/3-3904-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududida aniqlangan Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarning: Anydrophila mirifica, Anydrophila simiola, Anydrophila stuebeli, Anydrophila sirdar, Catocala sponsa, Catocala nupta, Catocala pacta, Catocala puerpera, Catocala conversa, Catocala lesbia, Drasteria tenera, Drasteria sesquillina, Drasteria christophi, Drasteria saisani, Drasteria sesquistria, Drasteria rada, Drasteria catocalis, Drasteria chinensis, Drasteria flexuosa, Drasteria hyblaeoides, Drasteria indecora, Drasteria sinuosa, Drasteria picta, Catephia alchymista, Minucia lunaris, Clytie delunaris turlari va Drasteria langi langi, Drasteria langi obscurata, Drasteria herzi herzi kenja turlarining populyasiyalar holatini baholash va tur tarkibini saqlab qolish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘istonning janubiy-sharqiy qismi agrotsenozlaridagi Erebinae kenja oilasiga mansub tangachaqanotlilarni kompleks tadqiq qilish asosida mazkur hududdagi lepidofaunasining shakllanishi, tur tarkibi, ekologik xususiyatlari, biotoplararo tarqalishi, ozuqa munosabatlari bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 03/017-1112-son ma’lumotnomasi). Natijada, donli, g‘o‘za va bog‘ ekinlari agrotsenozida tarqalgan Gonospileia amudarya, Drasteria caucasica, Drasteria christophi, Acantholipes regularis, Catocala sponsa, C. fraxini, C. nupta, C. pacta, C. elocata, C. conversa, C. deducta, C. lesbia, C. lesbia, Catephia alchymista, Dysgonia rogenhoferi, D. algira, Minucia lunaris, Clytie terrulenta, Pericyma albidentaria turlarining o‘simliklar bilan trofik va ekologik aloqalarini baholash, madaniy ekinlarni ushbu tur tangachaqanotlilarning zararidan ximoya qilish va e’tiborga molik turlarni chuqur tahlil qilish imkonini bergan.