Tilyabov Maxsudjon Umurzokovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalari beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirish asosida xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7152.
Ilmiy rahbar: Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarni funksional savodxonligini rivojlantirish asosida xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash PISA tadqiqotlariga (funksional savodxonlikka asoslangan kreativ fikrlash va tabiiy-ilmiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan) tayyorlash uchun ishlab chiqilgan topshiriqlar mazmuniga o‘quvchilarning individual kognitiv salohiyatini(diqqat, xotira, tushunish, fikrlash, ijodiy yondashuv, muloqot qobiliyati) rivojlantirishga xizmat qiluvchi PISA mezonlari asosida belgilangan murakkablik darajalari (I–VI bosqichlar) hamda Bloom taksonomiyasining yuqori darajadagi bosqichlari (tahlil, sintez, baholash) singdirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining funksional savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari talablari asosida rivojlantirish metodikasi ularning kognitiv rivojlanish bosqichlariga (ya’ni bilim-faktlarni aniqlash, tushunish-ma’lumotlarni sharhlash, qo‘llash-kimyoviy bilimlarni yangi vaziyatda qo‘llash, tahlil-murakkab hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratish, sintez-yangi g‘oyalar yaratish, baholash-ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish) mos keladigan topshiriqlar korrelyasiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodik tizimini, ta’limning interfaol muhitiga moslashuvchanligini adaptiv (individualizatsiya, moslashuvchanlik, doimiy monitoring va baholash) va amaliyotga yo‘naltirilgan (kontekstual o‘rganish, tajriba va muammolar echimi, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish) tamoyillarni talaba mustaqil faoliyati mazmuniga produktiv barqaror integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasi xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashda noan’anaviy yondashuvni (interfaoil pedagogik texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish va tahlil qilishga asoslangan metodlarni) qo‘llash va ilmiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmining intensiv barqarorligini ta’minlash (davomiy tayyorgarlikni ta’minlashda - kimyoni fanlararo integratsiyasini rivojlantirishga oid darslik, ta’lim jarayoni baholashda-kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish darsligi yaratish) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirish asosida xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini PISA tadqiqotlariga (funksional savodxonlikka asoslangan kreativ fikrlash va tabiiy-ilmiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan) tayyorlash uchun ishlab chiqilgan topshiriqlar mazmuniga o‘quvchilarning individual kognitiv salohiyatini(diqqat, xotira, tushunish, fikrlash, ijodiy yondashuv, muloqot qobiliyati) rivojlantirishga xizmat qiluvchi PISA mezonlari asosida belgilangan murakkablik darajalari (I–VI bosqichlar) hamda Bloom taksonomiyasining yuqori darajadagi bosqichlari (tahlil, sintez, baholash) singdirishga oid takliflaridan “Kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish” nomli darsligini uaratishda foudalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan 224528-son ma’lumotnomasi). Natijada, uaratilgan dastur va model asosida bo‘lajak kimuo o‘qituvchilari va o‘quvchilarning funksional savodxonligi shakllantirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining funksional savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari talablari asosida rivojlantirish metodikasi ularning kognitiv rivojlanish bosqichlariga (ya’ni bilim-faktlarni aniqlash, tushunish-ma’lumotlarni sharhlash, qo‘llash-kimyoviy bilimlarni yangi vaziyatda qo‘llash, tahlil-murakkab hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratish, sintez-yangi g‘oyalar yaratish, baholash-ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish) mos keladigan topshiriqlar korrelyasiyasini ta’minlashga oid amaliu taklif va tavsiualardan “Kimyoda fanlararo integratsiya” nomli darsligini uaratishda foudalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 204 yil 30-noyabrdagi 4/3.1 – sonli qaroriga asosan 2024-581U-516-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimuo o‘qituvchilari kelajakdagi kasbiu faoliuatida o‘quvchilarning funksional savodxonligini shakllantirish muammolarini hal qilishda fanlarning integratsiuasi asosidagi topshiriqlar uordamida tauuorlash yordamida amalga oshirishga erishilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodik tizimini, ta’limning interfaol muhitiga moslashuvchanligini adaptiv (individualizatsiya, moslashuvchanlik, doimiy monitoring va baholash) va amaliyotga yo‘naltirilgan (kontekstual o‘rganish, tajriba va muammolar echimi, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish) tamoyillarni talabalarning mustaqil faoliyati mazmuniga produktiv barqarorlikda kiritish asosida takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqoqt markazining 2025-yil 16-apreldagi 02/01-01-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari kelajakdagi kasbiy faoliyatida o‘quvchilarning tabiat hodisalarining ilmiy izohlashda tabiatshunoslik savodxonligining gnoseologik muammolarini hal qilishda fanlarning asinxron integrasiyasi asosidagi topshiriqlar yordamida tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasi xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashda noan’anaviy yondashuvni (interfaoil pedagogik texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish va tahlil qilishga asoslangan metodlarni) qo‘llash va ilmiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmining intensiv barqarorligini ta’minlash (davomiy tayyorgarlikni ta’minlashda - kimyoni fanlararo integratsiyasini rivojlantirishga oid darslik, ta’lim jarayoni baholashda-kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish darsligi yaratish) asosida takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqoqt markazining 2025-yil 16-apreldagi 02/01-01-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari kelajakdagi kasbiy faoliyatida fanlar integratsiyasi va xalqaro baholash tadqiqotlaridan foydalanish ko‘nikmalari oshirishga erishilgan.