G‘oyibnazarov Ilxom Shuxrat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dialdegidkarboksimetilselluloza-serisin payvand sopolimerining olinishi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K772.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshov Sherzod Abdullaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy oppanentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqiqotning maqsadi: o‘ta yuqori chastotali nurlar (O‘YuChN) ta’sirida yuqori molekulyar massali dialdegidkarboksimetilselluloza (DKMS) va serisin olish, ular asosida payvand sopolimer sintez qilish sharoitlarini aniqlash hamda olingan namunalarning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gomogen sharoitda karboksimetilselluloza (Na-KMS) namunalarini O‘YuChN ta’sirida peryodat oksidlanish orqali yuqori oksidlanish darajali va molekulyar massali DKMS namunalarini olish sharoitlari aniqlangan;
O‘YuChN ta’sirida yuqori molekulyar massali serisin olish jarayonining molekulyar massaga ta’siri tadqiq qilingan;
yuqori oksidlanish darajali va molekulyar massali DKMS hamda serisin asosida payvand sopolimer sintez qilish sharoitlari aniqlangan;
ilk marta DKMS/serisin payvand sopolimerlarining sorbsion xossalari asosida klasterlanish funksiyasi, Flori-Xaggins parametrlari, De Bur Svikker modeli hamda DKMS/serisin payvand sopolimerining reologik xossalari aniqlangan;
DKMS/serisin payvand sopolimerining yallig‘lanishga qarshi dastlabki tibbiy-biologik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dialdegidkarboksimetilselluloza-serisin payvand sopolimerining olinishi, tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
DKMS va serisin asosida sintez qilingan payvand sopolimerning gel, plyonka hosil qilish xususiyatlaridan foydalangan holda, dori tashuvchi polimer matrisa sifatida “UNITEXPROM BDU” unitar korxonasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“UNITEXPROM BDU” unitar korxonasining 2025-yil 21-avgust №08/848 raqamli xati). Natijada farmasevtika va tibbiyot sohalari uchun polimer matrisalar olish imkonini bergan; 
“Kimyo” kafedrasi 60530100-Kimyo (turlar bo‘yicha) yo‘nalishida “Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi” fanini o‘qitish jarayonida fan dasturi va sillabuslar ishlab chiqishda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 2025 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Natijada, talabalarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
DKMS/serisin payvand sopolimerini olish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha Scopus bazasida nashr qilingan “Physico-chemical characteristics of dialdehyde carboxymethylcellulose/sericin graft copolymer” // Journal of Polymer Research (https://doi.org/10.1007/s10965-025-04437-6) mavzusidagi maqolaga yuqori impakt faktorli (IF) Scopus bazasiga kiruvchi 4 ta jurnallarda havolalar berilgan: (Sensors and Actuators B: Chemical, - 2025, 138566, Scopus, IF=7.7; International Journal of Biological Macromolecules, - 2025, 146884, Scopus, IF=8.5; International Journal of Biological Macromolecules, - 2025, 147122, Scopus, IF=8.5; Fibers and Polymers, - 2025, Scopus, IF=2.4). Natijada yuqori molekulyar massali DKMS va serisin asosida payvand sopolimer sintez qilishga imkon bergan;
payvand sopolimer olishda qo‘llaniladigan turli almashinish darajali Na-KMS olish va ularning xossalarini o‘rganish bo‘yicha “Synthesis and characterization of sodium‐carboxymethylcellulose from cotton, powder, microcrystalline and nanocellulose” // Polymer Engineering & Science (https://doi.org/10.1002/pen.25874) mavzusidagi maqolaga yuqori IF 4 ta xorijiy ilmiy jurnallarda havolalar berilgan: (International Journal of Biological Macromolecules, – 2024, - v. 259, 129194, Scopus, IF=7.7; Journal of Colloid and Interface Science, – 2024, – v. 674, Scopus, IF=9.4; Biomass and Bioenergy, – 2025. – v. 193.– v. 107542, Scopus, IF=5.8, Scopus, IF=6.2; Carbohydrate Polymers. – 2024. – v. 329. Scopus, IF=10.7). Natijada yuqori oksidlanish darajali DKMS sintez qilish uchun mo‘ljallangan Na-KMS sintez qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish