Jalilov Javlon Zafar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Karboksimetilsellyuloza va kumush nanozarralari asosida antibakterial implant-plyonkaning olinishi, xossalari va texnologiyasi”, 02.00.05 – Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi ̓ ̓ (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5213.
Ilmiy rahbar: Yunusov Xaydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy oppanentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Bekchanov Davronbek Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqiqotning maqsadi: tarkibida barqaror Ag NZ tutgan Na-KMS/ozuqa muhiti 199 asosida polimer tarkibli kuyish jarohatlarini davolovchi implant-plyonka olish texnologiyasini ishlab chiqish va olingan implant-plyonkalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy, tibbiy-biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida turli o‘lcham va shaklli Ag NZ tutgan Na-KMS/ozuqa muhiti 199 asosida implant-plyonkalar olishning optimal sharoitlari hamda ularning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy, fizik-mexanik xossalari aniqlandi;
ilk bor kuyish jarohatlarini davolovchi Na-KMS/ozuqa muhiti 199 asosida implant-plyonkalar tarkibida shakllantirilgan Ag NZning o‘lchami, shakli, miqdori hamda ularning antibakterial xossalari orasidagi “tarkib-tuzilish-xossa” korelyasion bog‘liqlik aniqlandi;
ilk bor tarkibida o‘lchamlari 27-70 nm Ag NZ tutgan Na-KMS/ozuqa muhiti 199 asosida olingan polimer implant-plyonkalarning yuqori antibakterial faolligi aniqlangan va ushbu implant-plyonka kuyish jarohatini 14 sutka vaqt davomida to‘liq regeneratsiyalashi isbotlandi.
kuyish jarohatlarini davolovchi tarkibida turli o‘lcham va shaklli Ag NZ tutgan Na-KMS/ozuqa muhiti 199 asosida implant-plyonkalar olishning prinsipial sxemasi va ishlab chiqarish texnologik sxemasi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karboksimetilsellyuloza va kumush nanozarralari asosida implant-plyonkaning olinishi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kuyish jarohatlarini davolashga yo‘naltirilgan implant-plyonka shakldagi biomaterial olish va fizik-kimyoviy, tibbiy-biologik xossalarini tadqiq etish usullari FA-2019-34 raqamli “Turli xil kuyishlarni davolash uchun yangi avlod nanopolimerlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zR SSV Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025-yil 25-fevraldagi № 02-05/464-sonli dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan implant-plyonka kuyish jarohatlarini davolash muddatini qisqartirishga olib kelgan; 
tarkibida Ag NZ tutgan Na-KMS/ozuqa muhiti 199 asosida olingan implant-plyonkalar kuyish jarohatlarini davolashga yo‘naltirilgan implant-plyonka shakldagi biomaterial olish va polimerlarning tuzilishi, molekulyar massalarini aniqlash usullari BRFFI T23UZB-059 “Kompleks xossalarga ega tibbiy materiallarni olish uchun modifikatsiyalangan uglerod matolari va sellyuloza hosilalarini yaratishning fundamental tamoyillarini ishlab chiqish” Belorusiya Milliy Fanlar akademiyasi Yangi materiallar kimyosi institutining ilmiy-amaliy loyihasida amaliyotga joriy etilgan. (BMFA YMK institutining 2025-yil 17-apreldagi № 224-01-33/136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori antibakterial va kompleks xossaga ega modifikatsiyalangan noto‘qima biomaterial olishga erishilgan;
dissertatsiya bo‘yicha “Physicochemical properties and antimicrobial activity of nanocomposite films based on carboxymethylcellulose and silver nanoparticles” mavzusida chop etilgan ilmiy maqola bo‘yicha olingan nazariy-ilmiy tadqiqot natijalaridan yuqori impakt faktorli (IF) 18 ta xorijiy ilmiy jurnallarda foydalanilgan va havolalar berilgan (International Wound Journal, 2022, V.19, IF= 2.6, Wiley; Cellulose, 2022, V.29, № 7, IF= 5.3, Springer; Journal of Physics and Chemistry of Solids, 2022, V.170, IF= 4.3, Elsevier; International Journal of Molecular Sciences, 2022, V.23, IF=4.9, MDPI; International Journal of Biological Macromolecules, 2023, V.253, IF=7.7, Elsevier; Applied Sciences, 2023, V.14, № 1, IF=2.7, MDPI; Polymers for Advanced Technologies, 2024, V.35, № 5, IF=2.5, Wiley; Colloids and Surfaces A: Physicochemical and Engineering Aspecs, 2024, V.692, IF=4.9, Elsevier; Materials Science and Engineering: B, 2024, V.304, IF=3.9, Elsevier; Journal of Tissue Engineering and Regenerative Medicine, 2024, V.1, IF=2.6, Wiley; International Journal of Biological Macromolecules, 2025, V.301, IF-7.7, Elsevier; Next Nanotechnology, 2025, V.7, IF-2.9, Elsevier; ACS nano, 2025, V.19, IF=4.5, ACS Publications; ACS Applied Nano Materials, 2025, V.8, IF=5.5, ACS Publications; Journal of Applied Polymer Science, 2025, V.142, IF=2.8, Wiley; Polymer Bulletin, 2025, V.82, IF=4, Springer; BioNanoScience, 2025, V.15, IF=3.5, Springer; ChemistrySelect, 2025, V. 10, IF=2, Wiley). Natijada polimer matrisalarda Ag NZni shakllantirish qonuniyatlari va ularning o‘lcham, shaklini boshqarish hamda ular asosida yuqori antibakterial xossaga ega preparatlar va biomateriallar olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish