Nurmetov Sardor Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston qishloqlari tarixi (mil. avv. XVII – V asrlar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1680
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirov Kurbanbay, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Matkurbanov Omonboy Odilbekovich, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mil. avv. XVII-V asrlarda O‘zbekiston qishloq jamoalari maqomiga ega bo‘lgan turarjoylar tarixini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
 bronza va temir davrida O‘zbekistonning paleogeografik holati, uning antropogen landshafti va ekologiya sharoitida aholining joylashishi hamda etnik munosabatlar rivojlanish bosqichlari yoritildi; 
 tosh davri tabiiy-g‘or makonlar va tekislikdagi ochiq manzilgohlar aholi soni oshganligi munosabati bilan joylashgan geografik doirasidan chiqib, qo‘shni hududlarni o‘zlashtirishi natijasida bir-biridan farqlanadigan xo‘jalik-madaniy tiplarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiga aniqlik kiritildi;
 bronza davri so‘nggi bosqichi va temir davrida xo‘jalik-madaniy tiplar tuzilishi, ularning sifat va miqdoriy jihatdan tubdan farqlanishi, paxsa-xom g‘ishtdan qurilgan turarjoylar mikrovohalari shakllanganligi oydinlashtirildi; 
 Surxon vohasida o‘troq sug‘orma dehqonchilik madaniyatini olib borgan Sopollitepa aholisining binokorlik bilimi asosida bunyod qilingan Jarqo‘ton aholisi “kohin” rahnamoligida qo‘shni hududlarni (Zarafshon, Toshkent, Buxoro va Xorazm) o‘zlashtirish natijalari bo‘lgan madaniy-xo‘jalik tiplar, mikrovohalar Farg‘ona vodiysida (Chust), Surxon vohasida (Sopollitepa) aholi tomonidan olib borilgan o‘zlashtirish munosabati bilan madaniy-xo‘jalik markazlar va mikrovohalarda ilk me’morchilik uslubini aks ettirgan maktablarning tashkil topganligi dalillandi.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston qishloqlari tarixi (mil. avv XVII – V asrlar) tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
O‘zbekistonning bronza va temir davri paleogeografik holati, antropogen landshafti va ekologiya sharoitida aholining joylashishi, etnik munosabatlar rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Tarix ko‘zgusi”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini (2025-yil yanvar-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1300-son dalolatnomasi). Ko‘rsatuvda namoyish etilgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning  qadimgi O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiladi; 
tosh davri tabiiy-g‘or makonlar va tekislikdagi ochiq manzilgohlar aholisi soni oshganligi munosabati bilan joylashgan geografik doirasidan chiqib, qo‘shni hududlarni o‘zlashtirish natijasida bir-biridan farqlanadigan xo‘jalik-madaniy tiplarning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlardan Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Tarix ko‘zgusi”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini (2025 yil yanvar-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1300-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi qadimgi O‘zbekiston madaniyati tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga imkon bergan;
bronza davri so‘nggi bosqichi va temir davrida xo‘jalik-madaniy tiplar tuzilishi, sifat va miqdoriy jihatdan tubdan farqlanishi, paxsa-xom g‘ishtdan qurilgan turar joylar mikrovohalari shakllanganligi oydinlashtirilganligi haqidagi materiallardan O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi 2025-yil 06-avgustdagi 07/19-sonli dalolatnomasi). Natajada yoshlar o’rtasida tariximiz, milliy madaniyatimizni o’rganish va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tayyorlanadigan video materiallar o‘quv qo’llanmalarini ishlab chiqishda foydalanish imkonini bergan;
 Surxon vohasida o‘troq sug‘orma dehqonchilik madaniyatini olib borgan Sopollitepa aholisining binokorlik bilimi asosida bunyod qilingan Jarqo‘ton aholisi “kohin” rahnamoligida qo‘shni hududlarni (Zarafshon, Toshkent, Buxoro va Xorazm) o‘zlashtirish natijalari bo‘lgan madaniy-xo‘jalik tiplar, mikrovohalar Farg‘ona vodiysida (Chust), Surxon vohasida (Sopollitepa) aholi tomonidan olib borilgan o‘zlashtirish munosabati bilan madaniy-xo‘jalik markazlar va mikrovohalarda ilk me’morchilik uslubini aks ettirgan maktablarning tashkil topganligi to‘g‘risidagi materiallardan O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi 2025-yil 06-avgustdagi 07/19-sonli dalolatnomasi). Bunday yondashuv O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimlarni boyitishga va madaniy merosni targ‘ib qilishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish