Axmedova Nazokat Farhod qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xiva xonligi saroyi adabiy muhiti (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlari) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar1998.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matyakubova Muborak Madrimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xalikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Satimov Bahodir Mangliboy o‘g‘li, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligi saroyi adabiy muhitini yoritish; Muhammad Rahimxon II Feruzning Xiva xonligi adabiy muhit rivojidagi faoliyatini tizimli ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    Xiva xonligi saroyi adabiy muhitiga oid manbalar qiyosiy tahlil qilinib, tahlil natijalari tadqiqotga kiritildi. Adabiy muhit taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari umumlashtirildi, xonlikdagi siyosiy – ijtimoiy jarayonlarning ma’naviy va madaniy hayotga ta’siri o‘rganildi;  
       Qo‘ngʻirotlar sulolasiga qadar xonlikdagi adabiy jaroyonlar jumladan she’rxonlik kechalarini xonlar rag‘bati va ishtiroki bilan amalga oshirilishining davomiyligi o‘rganildi. Bu an’ana Qo‘ngʻirotlar sulolasi davrida ayniqsa, Muhammad Rahimxon II davrida yanada jonlanganligi dalillandi. Saroyda tashkil qilingan adabiy majlislar va she’riyat kechalaring ahamiyati yoritib berildi. Saroyda adabiy muhitida shakllangan shoirlar va ularning ijod namunalari o‘rganildi. (Ba’zi bir shoir nomlari birinchi marta muomilaga kiritildi). Saroy shoirlaridan tashqari xalq shoirlarining faoliyati ham o‘rganildi. Xonlar avlodidan etishib chiqqan shoirlarning keyingi tadqiri va  ijodiy faoliyati ochqilandi;
Xonlikdagi she’riyat va adabiyot, ilm-fan va ta’lim tizimining holati uning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixnavislik, tarjima, xattotlik, qo‘lyozma, matbaachilik va ularning xonlik adabiy muhiti rivojidagi ahamiyati ko‘rsatib berildi; 
Xorazmda jadidchilik faoliyati hamda Xorazm jadidchilik harakati  namoyondalarining adabiy muhitda tutgan o‘rni yoritib berildi. Jadidchilik faoliyati zamonaviy ruhda tahlil qilindi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva xonligi saroyi adabiy muhiti (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida) tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
Xiva xonligi saroyi adabiy muhitiga oid manbalar qiyosiy tahlil qilinib, tahlil natijalari tadqiqotga kiritildi. Adabiy muhit taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari umumlashtirildi, xonlikdagi siyosiy – ijtimoiy jarayonlarning ma’naviy va madaniy hayotga ta’siri o‘rganildi. Ushbu ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” radioeshittirishlarining ssenariylarini (2024-2025yillar)  tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-sentyabrdagi  05-09-1424-son  dalolatnomasi). Natijada teletomoshabinlarga Xiva xonligi saroyi adabiy muhiti va uning rivoji to‘g‘risida ma’lumotlarning shakllanishiga xizmat qiladi;
Qo‘ngʻirotlar sulolasiga qadar xonlikdagi adabiy jaroyonlar jumladan she’rxonlik kechalarini xonlar rag‘bati va ishtiroki bilan amalga oshirilishining davomiyligi o‘rganilib, bu an’ana Qo‘ngʻirotlar sulolasi davrida ayniqsa, Muhammad Rahimxon II davrida yanada jonlanganligi dalillandi. Shuningdek, saroyda tashkil qilingan adabiy majlislar va she’riyat kechalaring ahamiyati yoritib berildi. Saroyda adabiy muhitida shakllangan shoirlar va ularning ijod namunalari o‘rganildi. (Ba’zi bir shoir nomlari birinchi marta muomilaga kiritildi). Saroy shoirlaridan tashqari xalq shoirlarining faoliyati ham o‘rganildi.  Xonlar avlodidan etishib chiqqan shoirlarning keyingi tadqiri va  ijodiy faoliyati ochqilanganligi  to‘g‘risidagi ma’lumotlardan  O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” radioeshittirishlarining ssenariylarini (2024-2025yillar) tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 3-sentyabrdagi  05-01-21-4736-son  dalolatnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston hududlarida joylashgan qadimiy obidalarni madaniy-tarixiy kontekstda talqin qilish, san’at asarlarining tarixiy manba sifatida o‘rni va ahamiyatini aniqlash, xalqning estetik qarashlarini o‘rganish va targ‘ib qilish imkonini bergan. 
        Xonlikdagi she’riyat va adabiyot, ilm-fan va ta’lim tizimining holati uning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixnavislik, tarjima, xattotlik, qo‘lyozma, matbaachilik va ularning xonlik adabiy muhiti rivojidagi ahamiyati ko‘rsatib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2025-yil 3-sentyabrdagi  05-01-21-4736-son  dalolatnomasi). Mazkur ilmiy natijalar yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, tariximiz va milliy madaniyatimizni o’rganish, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tayyorlanadigan video materiallar va targ‘ibot qo’llanmalarini ishlab chiqish imkonini bergan.
Xorazmda jadidchilik faoliyati, Xorazm jadidchilik harakati  namoyondalarining adabiy muhitda tutgan o‘rni va  Jadidchilik faoliyati zamonaviy ruhda tahlil qilinganligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2025-yil 3-sentyabrdagi  05-01-21-4736-son  dalolatnomasi). Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundaki, dissertatsiyadagi yangi ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi bo‘yicha Xiva xonligi saroyi adabiy muhiti haqidagi qarashlarni va nazariyalarni takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish