Isaxodjaeva Zulfiya Shuxratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrobiznes va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarni masofaviy o‘qitish mexanizimlarini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PHD/Iqt3908.
Ilmiy rahbar: Kuchkarov Taxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti xuzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va Statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  Sadinov Aziz Ziyadullaevich i.f.n. dots., (PhD),
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Agrobiznes  va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarni masofaviy o‘qitishning integrallashgan raqamli tizimni takomillashtirish takliflaridan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: 
agrobiznes  va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarni masofaviy o‘qitishning integrallashgan raqamli tizimni boshqarish samaradorligini baholash (onlayn, an’anaviy, gibrid) usullarini joriy qilish, monitoring qilish hamda masofaviy ta’lim xizmatlarni ko‘rsatishning asosiy parametrlari ishlab chiqilgan; 
masofaviy o‘qitish faoliyatini tashkil etish hamda masofaviy o‘qitishda yagona ta’lim standarti, tadbirkorlik faoliyatida huquqiy me’yorlar, elektron tijorat, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, masofaviy ta’lim hizmatlarini kengaytirish maqsadida ALTERNATUS onlayn platformasi amaliyotga joriy etish asoslangan; 
agrobiznes  va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarni masofaviy o‘qitish faoliyatini rivojlantirish asosida masofaviy o‘qitishning integrallashgan raqamli texnologiyalar, rivojlanish tendensiyalari, iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash mezonlarini qo‘llash konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
agrobiznes  va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarni masofaviy o‘qitish faoliyatini raqamlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
    agrobiznes va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarini masofaviy o‘qitishning integrallashgan raqamli tizimni boshqarish samaradorligini baholash (onlayn, an’anaviy, gibrid) usullarini joriy qilish, monitoring qilish hamda masofaviy ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning asosiy parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan agrar biznes va elektron tijorat sohasida zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlashda boshqarish samaradorligini baholashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-02-363-sonli ma’lumotnomasi);
masofaviy o‘qitish faoliyatini tashkil etish hamda masofaviy o‘qitishda yagona ta’lim standarti, tadbirkorlik faoliyatida huquqiy me’yorlar, elektron tijorat, raqamli axborot texnologiyalardan samarali foydalanish, masofaviy ta’lim hizmatlarini kengaytirish maqsadida ALTERNATUS  onlayn platformasi amaliyotga joriy etish taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat agrar universitetida masofaviy o‘qitish tizimini joriy etish va ushbu tizim asosida ta’lim berish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-02-363-sonli ma’lumotnomasi);
agrobiznes va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarin masofaviy o‘qitish faoliyatini rivojlantirish asosida masofaviy o‘qitishning integrallashgan raqamli texnologiyalar, rivojlanish tendensiyalari, iqtisodiy rejalashtirish, dasturlash hamda istiqbolni belgilash mezonlarini qo‘llash konsepsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan agrar biznes va elektron tijorat sohalarida masofaviy o‘qitish tizimini innovasion axborot tizimlari va texnologiyalari asosida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-02-363-sonli ma’lumotnomasi);
Agrobiznes va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarin masofaviy o‘qitish faoliyatini raqamlashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari masofaviy ta’lim shakli bitiruvchilarning bandlik darajasini oshirishda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-02-363-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish