Tursunboeva Maxsuda
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, “07.00.03 – Jahon tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1739.
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Xamroqulova Shoxista, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Qarshi davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoda tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) masalalarini tadqiq qilishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jahon tarixida tabiiy ofatlar nafaqat aholi salomatligi va moddiy resurslariga ulkan zarar etkazgan, balki sivilizatsiyalarning ibtido va intihosi jarayonlarini ham belgilab berganligi, tabiiy kataklizmlar – er qimirlashi, vulqon faolligi, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari o‘z o‘rnida siyosiy-ijtimoiy tizimlarning zaiflashuvi, iqtisodiy inqirozlarning kuchayishiga olib kelganligi dalillangan;
Rossiya imperiyasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqib Markaziy Osiyo hududlarini iqlim sharoiti, geografik xususiyatlari va tabiiy ofatlarini tizimli ravishda ilmiy o‘rganish uchun ekspedisiyalar tashkil etgan, shuningdek, meteorologik va seysmik kuzatuv stansiyalari infratuzilmasini barpo etish orqali mintaqaviy tabiat hodisalarini muntazam monitoring qilishni yo‘lga qo‘yganligi, shu o‘rinda tadqiqotga jalb qilingan mutaxassislar mahalliy aholining tabiat hodisalarini kuzatish va bashorat qilish borasidagi anʼanaviy bilim va tajribasidan foydalanganliklari aniqlangan;
Rossiya imperiyasi hukumati tomonidan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari, xususiyatlarini tadqiq etishga jalb qilingan mutaxassislarning Markaziy Osiyo aholisi tomonidan bu borada shakllangan tajribaga, jumladan qum bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha samarali bilimlarga ega bo‘lganliklarini e’tirof etgani holda, aksincha, chigirtkalarga qarshi kurashishning mahalliy usullariga nisbatan shubha bilan qaraganliklari tarixiy manbalar asosida ochib berilgan;
Rossiya imperiyasi hukumati zilzila, suv toshqinlari va sel kabi tabiiy ofatlar oqibatida aholiga etkazilgan zararlarni qoplash borasida tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsa-da, amalda mavjud moliyaviy va ma’muriy cheklovlar sababli etarli darajada, samarali chora-tadbirlar ko‘rilmagani manbalar asosida isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda sodir bo‘lgan ekologik ofatlar va ularning oqibatlarini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan.
Jahon tarixida tabiiy ofatlar nafaqat aholi salomatligi va moddiy resurslariga katta zarar etkazgani, balki sivilizatsiyalarning shakllanishi va inqiroz jarayonlarida ham muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘lgani, er qimirlashi, vulqon faolligi, qurg‘oqchilik va suv toshqinlari kabi tabiiy kataklizmlar siyosiy-ijtimoiy tizimlarning zaiflashuvi, iqtisodiy inqirozlar va migratsion jarayonlarning kuchayishiga sabab bo‘lgani kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi tomonidan vazirlik muzeyi faoliyatini tashkil etish va tarixiy kitob yaratish jarayonida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024-yil 16-martdagi 28/4-1182 son ma’lumotnomasi). Bu jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatining tarixiy rivojlanishini chuqur va mantiqiy izchillikda yoritishga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini boyitishga va targ‘ibot samaradorligini oshirishga imkon yaratdi.
Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo hududining iqlim sharoiti, geografik xususiyatlari va tabiiy ofatlarini tizimli ravishda o‘rganish maqsadida ilmiy ekspedisiyalar tashkil etgan, shuningdek, meteorologik va seysmik kuzatuv stansiyalari infratuzilmasini barpo etish orqali mintaqaviy tabiat hodisalarini muntazam monitoring qilishni yo‘lga qo‘yganligi, mazkur tadqiqotlar jarayonida imperiya vakillari mahalliy aholining tabiat hodisalarini kuzatish va bashorat qilish borasidagi anʼanaviy bilim va amaliy tajribasidan ham ma’lum darajada foydalanishga ehtiyoj sezganliklari haqidagi ilmiy xulosalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasining muzey ekspozisiyasini yaratish va tarixiy manbalarni shakllantirish jarayonida nazariy asos va amaliy yo‘riqnoma vazifasini bajargan. (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024-yil 16-martdagi 28/4-1182 son ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatining tarixiy evolyusiyasini tizimli asosda tahlil qilish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning konseptual mazmunini boyitish va axborot-targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi ilmiy-amaliy platformani shakllantirdi;
Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo aholisi tomonidan tabiiy ofatlarga qarshi kurashish borasida shakllangan tajribani o‘rganish jarayonida qum bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha samarali bilimlarga ega bo‘lgan va ularni amaliyotda qo‘llagan. Shu bilan birga, chigirtkalarga qarshi kurashishning mahalliy usullariga nisbatan shubha bilan qaraganliklari haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston Teleradiokanali» Davlat muassasasi 2024-yil 7-may 06-31-616 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalarning «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilishi tarixiy bilimlarning ommalashtirilishi, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish tajribasining ilmiy asoslangan va hujjatli talqinda yoritilishi hamda telemahsulotlar mazmunining ilmiy-nazariy darajada boyitilishiga xizmat qildi. Bu esa tomoshabinlarga tarixiy voqelikni yanada chuqurroq va asosli tarzda anglash imkoniyatini yaratdi;
Mustamlaka ma’muriyati zilzila, suv toshqinlari va sel kabi tabiiy ofatlar oqibatida aholiga etkazilgan zararlarni qoplash borasida tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsa-da, amaliyotda moliyaviy va ma’muriy cheklovlar sababli tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishda etarli darajada samarali choralar ko‘ra olmaganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston Teleradiokanali» Davlat muassasasi 2024-yil 7-may 06-31-616 son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilishi, tarixiy bilimlarni ommaga etkazishda ilmiy asoslangan va manbaviy dalillarga tayangan yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi. Natijada, telemahsulotlarda tabiiy ofatlar va ularning ijtimoiy oqibatlari haqida tarixiy voqelikni kompleks va asosli tarzda aks ettirish imkoniyati yaratildi hamda tomoshabinlarning tarixiy tafakkurini chuqurlashtirishga zamin tayyorlandi;