Nargiza Fahritdinbek qizi Shirinovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda milliy tib tarixi (19-yuzyillik ikkinchi yarmi ‒ 20-yuzyillik boshlari)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.PhD/Tar583
Ilmiy rahbar: Sherzodxon Mahmudov, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Gavhar Mo‘minova, tarix fanlari doktori, professor;
Azizbek Badalov, tarix fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 19-yuzyillik ikkinchi yarmi – 20-yuzyillik boshlaridagi Turkiston milliy tib tarixini yoritish va sohada ro‘y bergan o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
19-yuzyillikning ikkinchi yarmi – 20-yuzyillik boshlarida Turkistonda tabobatga oid yangi asarlar yaratish sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, xarakter jihatdan bu davrga oid asarlarni uch qisimga ajratish mumkin: birinchisi, shu davrda tadqiqot olib borgan tabiblar tomonidan ham milliy, ham zamonaviy tibbiyot yutuqlarni o‘zida mujassamlashtirgan asarlar, ikkinchisi mavjud tibbiy asarlarni ko‘chirish asnosida yangi bilimlar va tajribalar bilan boyitilgan asarlar va uchinchisi tabiblar va xattotlar tomonidan hech qanday o‘zgartirishlarsiz ko‘chirilgan asarlarga ajralishi dalillangan.
Turkiston o‘lkasida tibbiy ta’lim olish ikki shaklda bo‘lib, birinchisi maxsus tibbiy sohaga ixtisoslashgan madrasalarda (Dorush-shifo), ikkinchisi qolgan barcha madrasalarida maxsus kurs sifatida o‘qitilganligi, Dorush-shifoni bitiruvchilar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni hamohang olib borishgani va bitirgach imtihon asosida tabiblik vasiqasiga ega bo‘lishgani, ikkinchi turdagi madrasa bitiruvchilari ham maxsus tibbiy imtihondan o‘tkazilib, ulardan boshlang‘ich tibbiy bilimlar va giyohlarning xususiyatlari, zararli va foydali tomonlari, ularni ishlatishga doir birlamchi malaka talab qilingani aniqlangan;
Turkistonda faoliyat yuritayotgan tabiblar bu davrda jarrohlik (ko‘z kataraktasi, qalqonsimon bez jarrohligi amaliyoti, xatna qilish, rishtani olib tashlash), emlash (chekchi, chechakka qarshi emlash), siniqchilik va doyalik bilan shug‘ullanib, hududga xos 30 dan ortiq kasalliklarni davolash tajribasiga ega bo‘lishgan va 19-yuzyillikda rus shifokorlari ham ushbu milliy davolash usullaridan foydalanishgan bo‘lishsada, o‘z xotiralari, hisobotlar hamda rasmiy hujjatlarda milliy davolash usullarini kamsitib, yaroqsiz usul sifatida talqin qilishgani dalillangan;
19-yuzyillik oxiri 20-yuzyillik boshlarida tabiblar amaldagi davolash (parhez, dori iste’moli va qo‘l tadbirlari), dori tayyorlash(shifobaxsh o‘simliklar, mineral ma’danlar, hayvon a’zolari orqali) va kasalliklarga qarshi kurashish usullaridan foydalanishgan bo‘lishsada, o‘lkadagi ilg‘or tabiblar(Mahmud Yayfoniy, Mirzo Siroj Hakim, Bositxon Shoshiy) zamonaviy tibbiy yutuqlarni milliy tajribalar bilan uyg‘un holda olib borishgan hamda umummilliy tib tizimini isloh qilishga qaratilgan harakatlarni boshlagani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
19-yuzyillikning ikkinchi yarmi – 20-yuzyillik boshlarida Turkistonda tabobatga oid yangi asarlar yaratish sezilarli darajada kamaygan bo‘lib, xarakter jihatdan bu davrga oid asarlarni uch turga: birinchisi, shu davrda tadqiqot olib borgan tabiblar tomonidan milliy va zamonaviy tibbiyot yutuqlarni o‘zida mujassamlashtirgan asarlar, ikkinchisi mavjud tibbiy kitoblarni yangi bilimlar bilan boyitilgan asarlar va uchinchisi hech qanday o‘zgartirishlarsiz ko‘chirilgan asarlarga ajralganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan PZ 20170921162 “XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Turkistonda tibbiyot va xalq tabobati (toshbosma asarlar, arxiv hujjatlari va davriy matbuot materiallarini tizimlashtirish va tadqiq etish)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 28-fevral sanasidagi 3/1255-531-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari 19–20-yuzyillik boshlaridagi milliy tib merosiga oid bilimlarni kengaytirishga xizmat qilgan.
Turkistonda tibbiy ta’lim maxsus tibbiy sohaga ixtisoslashgan madrasalarda (Dorush-shifo), hamda boshqa madrasalarida maxsus kurs sifatida o‘qitilganligi, Dorush-shifo bitiruvchilari nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni hamohang olib borishgani va bitirgach imtihon asosida tabiblik vasiqasiga ega bo‘lishgani, ikkinchi turdagi madrasa bitiruvchilari ham maxsus tibbiy imtihondan o‘tkazilib, ulardan boshlang‘ich tibbiy bilimlarga doir birlamchi malaka talab qilinganini ko‘rsatib beruvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021-yil 15-apreldagi 02-40-568-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Turkistonda tibbiy ta’lim jarayoni yoki tabiblar tayyorlash tizimiga oid yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilgan.
Bu davrda faoliyat yuritayotgan Turkistonda tabiblari jarrohlik (ko‘z kataraktasi, qalqonsimon bez jarrohligi amaliyoti, xatna qilish, rishtani olib tashlash), emlash (chekchi, chechakka qarshi emlash), siniqchilik va doyalik bilan shug‘ullanganligi, hududga xos 30 dan ortiq kasalliklarni davolash tajribasiga ega bo‘lganligi va 19-yuzyillikda rus shifokorlari ham ushbu milliy davolash usullaridan foydalanganliklari, ammo, manbalarda milliy davolash usullarini kamsitib, yaroqsiz usul sifatida talqin qilganliklarini ko‘rsatib beruvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido” ko‘rsatuvini ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021-yil 15-apreldagi 02-40-568-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston tibbiyot tarixini chuqurroq o‘rganishga xususan, Turkistonning Rossiyaga mustamlaka davrida milliy tib holati haqida to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam bergan.
19-yuzyillik oxiri 20-yuzyillik boshlarida tabiblar amaldagi davolash (parhez, dori iste’moli va qo‘l tadbirlari), dori tayyorlash(shifobaxsh o‘simliklar, mineral ma’danlar, hayvon a’zolari orqali) va kasalliklarga qarshi kurashish usullaridan foydalanishgan bo‘lishsada, o‘lkadagi ilg‘or tabiblar(Mahmud Yayfoniy, Mirzo Siroj Hakim, Bositxon Shoshiy) zamonaviy tibbiy yutuqlarni o‘rganish orqali umummilliy tib tizimini isloh qilishga harakat qilganliklariga oid xulosalardan O‘zR FA Tarix institutida bajarilgan O‘zR Fan va texnologiyalar agentligining OTF 1135 raqamli “XIX – XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual madaniy merosi: anʼanalar va transformatsiya jarayonlari” fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 28-fevral sanasidagi 3/1255-531-sonli ma’lumotnomasi). Natijalari mustamlaka hukumat tomonidan Turkistonda milliy tib qoloq darajada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni inkor etgan holda, yangi xulosalarni shakllantirishga xizmat qilgan.