Boltaev Nazarbek Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Uzumchilik majmuida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt2116
Ilmiy rahbar: Oblomuradov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.05/15.12.2022.I.155.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Erkin Irokovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Sultanov Baxodir Fayzullaevich iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzumchilik majmuida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumzorlarni serhosil va kasallikka chidamli navlar bilan yangilashni rag‘batlantirishda davlat tomonidan ajratiladigan maqsadli kreditlar uchun imtiyozli davrni uzum ko‘chatlarining to‘laqonli hosilga kirish muddati (o‘rtacha 3-4 yil)ni inobatga olgan holda kamida 3 yil muddatdan iborat qilib belgilash taklifi asoslangan;
uzum etishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish, eksport qilish va agroturizm yo‘nalishlarini qamrab oluvchi “Hududiy uzumchilik-vinochilik klasterlari”ni tashkil etish orqali uzumchilik majmuida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish asoslangan;
hududiy uzumchilik-vinochilik klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha valyuta kursining o‘sishi oqibatida kelib chiqadigan zararlarni qisman subsidiyalash, shuningdek uzum hosilini sug‘urtalashda to‘lanadigan sug‘urta mukofotlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekiston uzumchilik majmuida uzum etishtirish hajmiga taʼsir etuvchi omillar, xususan hosilga kirgan tokzorlar maydoni, yog‘ingarchilik miqdori, o‘rtacha yillik harorat va aholi soni dinamikasi hisobga olingan holda 2030 yilgacha uzum etishtirish hajmining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzumchilik majmuida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uzumzorlarni serhosil va kasallikka chidamli navlar bilan yangilashni rag‘batlantirishda davlat tomonidan ajratiladigan maqsadli kreditlar uchun imtiyozli davrni uzum ko‘chatlarining to‘laqonli hosilga kirish muddati (o‘rtacha 3-4 yil)ni inobatga olgan holda kamida 3 yil muddatdan iborat qilib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 24 fevraldagi 05/06-04-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit bosimini engillashtirish fermerlarga uzumzorlarni yangilash, xususan 3 yillik imtiyozli davr mobaynida ko‘chatlarni to‘liq hosilga kirishi hisobiga hosildorlikni kamida 2–2,5 barobar oshirish imkoniyati yaratiladi;
uzum etishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish, eksport qilish va agroturizm yo‘nalishlarini qamrab oluvchi “Hududiy uzumchilik-vinochilik klasterlari”ni tashkil etish orqali uzumchilik majmuida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 24 fevraldagi 05/06-04-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzumchilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek saqlash va qayta ishlash korxonalari hamda ushbu zanjirda ishtirok etuvchi boshqa subektlarning uzum etishtirish – saqlash – qayta ishlash – sotish – eksport qilish bosqichlari bo‘yicha o‘zaro integratsiyalashuvi ta’minlanadi;
hududiy uzumchilik-vinochilik klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha valyuta kursining o‘sishi oqibatida kelib chiqadigan zararlarni qisman subsidiyalash, shuningdek uzum hosilini sug‘urtalashda to‘lanadigan sug‘urta mukofotlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 24 fevraldagi 05/06-04-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzumchilik majmuida nafaqat texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, balki mavjud ilmiy salohiyat, kadrlar hamda moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish, zamonaviy mexanizmlarni joriy etish jihatidan barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratiladi;
O‘zbekiston uzumchilik majmuida uzum etishtirish hajmiga taʼsir etuvchi omillar, xususan hosilga kirgan tokzorlar maydoni, yog‘ingarchilik miqdori, o‘rtacha yillik harorat va aholi soni dinamikasi hisobga olingan holda 2030 yilgacha ishlab chiqilgan uzum etishtirish hajmining prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 24 fevraldagi 05/06-04-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika bo‘yicha uzum etishtirish hajmi 2010 yildagi o‘rtacha 987,3 ming tonnadan 2030 yilga kelib 2034,3 ming tonnaga, yoki 2,1 martaga oshishi, uzum etishtiriladigan tokzorlar maydoni esa mos ravishda 159,4 ming gektarni tashkil etishi prognoz qilingan.