Yuldoshev Ulug‘bek Asqar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanish”, 08.00.13 - “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt2054
Ilmiy rahbari: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish” tushunchasi davlat va xususiy sherikning birgalikdagi mazkur sohaning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish asosida aholini sport ob’ekti va inshootlari bilan etarli darajada ta’minlash, shuningdek, aholi talabini jismoniy tarbiya va sport xizmatlari bilan qondirishga qaratilgan boshqaruv funksiyalaridan foydalanish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
sport inshootlarini barpo etish va ulardan samarali foydalanishda yuqori samarali sport turlari uchun DXSh modelini o‘ziga xos sport sanoati xususiyatlari va asosiy iste’molchilar ehtiyojlariga mos ravishda davlat (0,5-0,65), xususiy sport klublari (0,15-0,25), tomosha korxonalari (0,1-0,2) va aholi (0,12-0,3) ulushining maqbul chegaralariga muvofiq shakllantirish taklifi asoslangan;
moslashtirilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi past talab hamda kam sonli sportchilar uchun davlat sport inshootlarini qurish va foydalanish xarajatlarini shartnomalar orqali ob’ektdan foydalanuvchilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishning to‘liq ta’minlanmasligi sharoitida davlatning uzoq muddatli moliyaviy ko‘magini talab qiladigan “hayotiylik davri” shartnomasidan foydalanish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojlanishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish” tushunchasi davlat va xususiy sherikning birgalikdagi mazkur sohaning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish asosida aholini sport ob’ekti va inshootlari bilan etarli darajada ta’minlash, shuningdek, aholi talabini jismoniy tarbiya va sport xizmatlari bilan qondirishga qaratilgan boshqaruv funksiyalaridan foydalanishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Jismoniy tarbiya va sport iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2023-yil 10-iyundagi 222 I/Ch-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № O‘Q-0000073-sonli nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar ongida davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirishga imkom yaratiladi;
sport inshootlarini barpo etish va ulardan samarali foydalanishda yuqori samarali sport turlari uchun DXSh modelini o‘ziga xos sport sanoati xususiyatlari va asosiy iste’molchilar ehtiyojlariga mos ravishda davlat (0,5-0,65), xususiy sport klublari (0,15-0,25), tomosha korxonalari (0,1-0,2) va aholi (0,12-0,3) ulushining maqbul chegaralariga muvofiq shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Sport vazirligining 2025-yil 12-iyundagi, 02-16/6255-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori samarali sport turlari uchun DXSh modelini davlat, xususiy sport klublari, tomosha korxonalari va aholi ulushining maqbul chegaralariga muvofiq shakllantirish imkoni yaratilgan;
moslashtirilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi past talab hamda kam sonli sportchilar uchun davlat sport inshootlarini qurish va foydalanish xarajatlarini shartnomalar orqali ob’ektdan foydalanuvchilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishning to‘liq ta’minlanmasligi sharoitida davlatning uzoq muddatli moliyaviy ko‘magini talab qiladigan “hayotiylik davri” shartnomasidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Sport vazirligining 2025-yil 12-iyundagi, 02-16/6255-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida sport inshootlari sonini ko‘paytirish va foydalanilmayotgan bino-inshootlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga foydalanish uchun berish maqsadida davlatning uzoq muddatli moliyaviy ko‘magini talab qiladigan “hayotiylik davri” shartnomasidan foydalanish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojlanishning 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Sport vazirligining 2025-yil 12-iyundagi, 02-16/6255-son ma’lumotnomasi). ishlab chiqilgan. Mazkur taklifning prognoz ko‘rsatkichlari asosida respublikada sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari soni 2030-yilda 2024-yilga nisbatan 6,7 barobarga oshirilishiga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish