Askarov Pulat Azadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t tosh kasalligi asoratlangan shakllarini xirurgik davolashda gibrid texnologiyalarni qo‘llash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib873.
Ilmiy maslahatchi: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baymaxanov Bolatbek Bimendeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: A.M.Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch tibbiy yordam va radiatsiya tibbiyot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
zamonaviy gibrid laparoendoskopik texnologiyalarni joriy etish orqali o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan xastalangan bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarda biliar trakt sanatsiyasining uchta usuli (LapXEK+EPST, «Randevu» usuli, LapXEK+LXLT) asosida to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirish, operatsiya davomiyligini kamaytirish va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan;
ilk bor “Randevu” usuli standart EPST bilan solishtirganda klinik va operatsiya ko‘rsatkichlari: kanyulyasiya urinishlari soni, endoskopik bosqich vaqti, postmanipulyasiya pankreatiti chastotasi va operatsiyadan keyingi o‘lim darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishonchli ustunligi isbotlangan;
o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarda endoskopik bosqichi vaqtini qisqartirish, bemorlarning muolajadan keyingi pankreatit bilan kasallanish darajasini pasaytirish va xolesistoxoledoxolitiazli bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash maqsadida endoskopik papillosfinkterotomiya bilan birgalikda bir bosqichli laparoskopik xolesistektomiyani amalga oshirish texnikasi takomillashtirilgan;
ilk bor gibrid aralashuvlar vaqtida operatsiya davomiyligini qisqartiruvchi va biliar traktni xavfsiz tozalash samaradorligini oshiruvchi intraoperatsion xolangiografiya usulining samradorligi asoslangan;
laparoendoskopik aralashuvlar vaqtida ajratib olingan a’zolar va to‘qimalarni qorin bo‘shlig‘idan kirish teshigini kengaytirmasdan chiqarishning laparoendoskopik aralashuvlar xavfsizligini oshiruvchi hamda jarohatlanishni kamaytiruvchi foydali modeli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi ixtiro uchun patent IAP 07438).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t tosh kasalligi asoratlangan shakllarini xirurgik davolashda gibrid texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.2025 y. 19/37-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarda biliar trakt sanatsiyasining uchta usuli (LapXEK+EPST, «Randevu» usuli, LapXEK+LXLT) asosida to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirish, operatsiya davomiyligini kamaytirish va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: asoratlangan xolelitiaz, jumladan xolesistoxoledoxolitiaz va o‘tkir xolangit bilan xastalangan bemorlarning klinik-anatomik xususiyatlarini o‘rganish, turli jarrohlik davolash usullari bilan asoratlarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini aniqlash bo‘lgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.12.2024 y. 170-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (10.12.2024 y. 258-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gibrid texnologiyalardan foydalangan holda o‘t tosh kasalligining (O‘TK) asoratlangan shakllarini tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqildi va amalga oshirildi, bu bemorning anatomik va klinik xususiyatlariga qarab jarrohlik aralashuv usulini tanlashni individuallashtirishga imkon berdi. Ushbu algoritm klinik va laboratoriya parametrlarini baholashni, zamonaviy vizualizatsiya usullarini qo‘llashni va bir vaqtning o‘zida laparoendoskopik aralashuvlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gibrid texnologiyalardan foydalangan holda o‘t tosh kasalligining (O‘TK) asoratlangan shakllarini tashxislash va davolash algoritmi orqali 1 nafar bemorga sarflanadigan xarajatlarini 1185400 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: randevu texnikasi an’anaviy EPST bilan solishtirganda manipulyasiyadan keyingi pankreatit bilan kasallanishni sezilarli darajada kamaytirishga imkon berishi aniqlandi (9,5% ga qarshi 28,5%; r<0,05).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor “Randevu” usuli standart EPST bilan solishtirganda klinik va operatsiya ko‘rsatkichlari: kanyulyasiya urinishlari soni, endoskopik bosqich vaqti, postmanipulyasiya pankreatiti chastotasi va operatsiyadan keyingi o‘lim darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishonchli ustunligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘t yo‘llarini tozalashning uchta usulining samaradorligi va xavfsizligini taqqoslash uchun: EPST bilan ikki bosqichli LapXEK, bir bosqichli "randevu" usullari va laparoskopik xoledoxolitotomiya, asoratlangan xolelitiazli bemorlarda gibrid laparoendoskopik texnologiyalardan foydalanishning klinik va iqtisodiy samaradorligini baholash, shu jumladan kasalxonaga yotqizish muddati, asoratlarning chastotasi va davolanish narxini optimallashtirish hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.12.2024 y. 170-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (10.12.2024 y. 258-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik papillosfinkterotomiya bilan birgalikda bir bosqichli laparoskopik xolesistektomiyani amalga oshirish texnikasi, shuningdek, “Randevu” texnikasi takomillashtirildi, bu esa aralashuvning endoskopik bosqichi vaqtini qisqartirish, bemorlarning muolajadan keyingi pankreatit bilan kasallanish darajasini pasaytirish va xolesistoxoledoxolitiazli bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoskopik papillosfinkterotomiya bilan birgalikda bir bosqichli laparoskopik xolesistektomiyani amalga oshirish texnikasi orqali bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3-5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 875200 so‘mga kamaytirgan shifoxonada 1 kun qolish 286000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: umumiy o‘t yo‘li kengaygan (≥10 mm) va yirik toshlari bo‘lgan bemorlarda laparoskopik xoledoxolitotomiyaning yuqori samaradorligi ko‘rsatilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarda endoskopik bosqichi vaqtini qisqartirish, bemorlarning muolajadan keyingi pankreatit bilan kasallanish darajasini pasaytirish va xolesistoxoledoxolitiazli bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash maqsadida endoskopik papillosfinkterotomiya bilan birgalikda bir bosqichli laparoskopik xolesistektomiyani amalga oshirish texnikasi takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘t yo‘llarining o‘tkazuvchanligini vizual nazorat qilishni ta’minlaydigan va aralashuv xavfsizligini oshiradigan intraoperativ xolangiografiyaning usulini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.12.2024 y. 170-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (10.12.2024 y. 258-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xolelitiazning asoratlangan shakllari bo‘lgan bemorlarda gibrid aralashuvni tanlash mezonlari aniqlandi. LapXEK+EPST usuli diametri 1 sm gacha bo‘lgan bitta toshli va katta o‘n ikki barmoqli ichak so‘rg‘ichi sohasida aniq anatomik o‘zgarishlar bo‘lmagan bemorlarda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Randevu usuli manipulyasiyadan keyingi pankreatitni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda va umumiy o‘t yo‘lini qiyin kanyulyasiyasi holatlarida afzallik beriladi. Laparoskopik xoledoxolitotomiya kengaygan umumiy o‘t yo‘li (diametri 1 sm dan ortiq) va bir nechta toshlari bo‘lgan bemorlarda eng samarali hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: LapXEK+EPST usuli diametri 1 sm gacha bo‘lgan bitta toshli va katta o‘n ikki barmoqli ichak so‘rg‘ichi sohasida aniq anatomik o‘zgarishlar bo‘lmagan bemorlarda foydalanish uchun tavsiya etilgan usul bilan shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 326500 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: xoledoxolitiazni laparoskopik tuzatish uchun intraoperativ xolangiografiyaning original modifikatsiyalangan texnikasi ishlab chiqildi va joriy etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor gibrid aralashuvlar vaqtida operatsiya davomiyligini qisqartiruvchi va biliar traktni xavfsiz tozalash samaradorligini oshiruvchi intraoperatsion xolangiografiya usulining samradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: dastlabki kirishni kengaytirmasdan organlar va to‘qimalarni evakuatsiya qilish uchun patentlangan qurilmadan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish (patent № FAP 2399), uning aralashuv travmasini va operatsiyadan keyingi asoratlarning chastotasini kamaytirishini baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.12.2024 y. 170-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (10.12.2024 y. 258-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gibrid usullarni qo‘llashning klinik va iqtisodiy samaradorligi isbotlangan, bu operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasining pasayishi, kasalxonaga yotqizish muddatining qisqarishi va ikki bosqichli taktikaga nisbatan davolanish narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gibrid aralashuvlar vaqtida operatsiya davomiyligini qisqartiruvchi va biliar traktni xavfsiz tozalash samaradorligini oshiruvchi intraoperatsion xolangiografiya usulida davolash antibakterial terapiyani qo‘llash orqali bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2245100 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: portni kengaytirmasdan troakar kirish orqali organlar va to‘qimalarni evakuatsiya qilish uchun birinchi marta patentlangan qurilma (FAP patenti №2399) qo‘llanildi, bu jarohatni minimallashtiradi.
beshinchi ilmiy yangilik: laparoendoskopik aralashuvlar vaqtida ajratib olingan a’zolar va to‘qimalarni qorin bo‘shlig‘idan kirish teshigini kengaytirmasdan chiqarishning laparoendoskopik aralashuvlar xavfsizligini oshiruvchi hamda jarohatlanishni kamaytiruvchi foydali modeli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: asoratlangan xolelitiazli bemorlarda klinik va anatomik xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘t yo‘llarini sanatsiya qilishning maqbul usulini tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va taklif etish, shuningdek, kundalik klinik amaliyotga patentlangan texnologiyalarni joriy etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.12.2024 y. 170-I-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (10.12.2024 y. 258-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: dastlabki kirishni kengaytirmasdan organlar va to‘qimalarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun patentlangan qurilma ishlab chiqildi va amalga oshirildi, bu to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirish, operatsiya davomiyligini kamaytirish va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirish, operatsiya davomiyligini kamaytirish va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2426500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: toshlarning xususiyatlari hamda davolashning klinik va iqtisodiy natijalari o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlandi (toshlar soni va operatsiya davomiyligi o‘rtasida r = 0,56; r <0,05).