Nurmamatov Sheroz Eralievichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Astronomiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlardan olingan natijalarini tahlil qilish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4157
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.FM.82.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan Birmartalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich - Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor.
Narbaev Azamat Baxramovich - Termiz davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi optik kuzatuvlardan olingan natijalarni tahlil qilish asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida astronomiya kursidan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
astronomiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlardan olingan natijalarni tahlil qilishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari astronomiya fanini o‘qitishning ilg‘or tajribalarini pedagogik ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda integrativ yondashuv va refleksiv tahlilga ko‘ra talabalarning individual akademik faoliyatini motivatsion-faoliyat va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga muvofiq didaktik-modellash asosida aniqlashtirilgan;
kuzatuv natijalarini tahlil qilish asosida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlarni uyg‘unlashtirgan holda reproduktiv, muammoli va tadqiqiy metodlarni birlashtiruvchi mazmunli-protsessual komponentni, bosqichma-bosqich ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish mexanizmlarini hamda baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlarga asoslangan mashg‘ulotlarning metodik talablari va samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minot ishlab chiqilib, optik kuzatuv natijalarini tahlil qilish orqali talabalarda astronomik hodisalarni ilmiy asosda tushunish, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim takomillashtirilgan;
optik kuzatuvlardan olingan natijalarni tahlil qilish orqali talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmasini baholash me’zonlari IRAF va MaxIm DL dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga didaktik material sifatida tadbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Astronomiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlardan olingan natijalarini tahlil qilish metodikasi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
astronomiya fanini o‘qitishning ilg‘or tajribalarini pedagogik ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda integrativ yondashuv va refleksiv tahlilga ko‘ra talabalarning individual akademik faoliyatini motivatsion-faoliyat va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga muvofiq didaktik-modellash asosida aniqlashtirilgan astronomiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlardan olingan natijalarni tahlil qilishning pedagogik-psixologik imkoniyatlariga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2023-yil 24-iyuldagi 04-36-1126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar talabalarning tayanch va fanga oid ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalari tarkibiy qismlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy maqsadlarni uyg‘unlashtirgan holda reproduktiv, muammoli va tadqiqiy metodlarni birlashtiruvchi mazmunli-protsessual komponentni, bosqichma-bosqich ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish mexanizmlarini hamda baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan kuzatuv natijalarini tahlil qilish asosida talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish modeliga doir tavsiyalardan “Astronomiya kursi 1,2 (Astronomiya kursidan laboratoriya ishlari)” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan 416686-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalar astronomiya kursini samaraliroq o‘zlashtirib, ularning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlarga asoslangan mashg‘ulotlarning metodik talablari va samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minot ishlab chiqilib, optik kuzatuv natijalarini tahlil qilish orqali talabalarda astronomik hodisalarni ilmiy asosda tushunish, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizimini takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Astronomiya kursi” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan 260591-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning astronomiya kursini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
optik kuzatuv natijalarini tahlil qilish orqali talabalarda astronomik hodisalarni ilmiy asosda tushunish, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik tizim takomillashtirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda optik kuzatuvlardan olingan natijalarni tahlil qilishning didaktik tizimi, IRAF va MaxIm DL dasturiy vositalarda produktivlikda ishlashga motivatsiyalovchi o‘zaro ta’sirli ish turlarini tezkor monitoringli qo‘llashning amaliy-metodik platformasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan optik kuzatuvlardan olingan natijalarni tahlil qilish orqali talabalarda ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmasini baholash me’zonlariga oid tavsiyalardan O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi M.Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutining VA-FA-F-2-010-raqamli “Sayyoralar tizimi jismlarining fazoviy va kinematik xususiyatlarini optik kuzatuvlar asosida tadqiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (2023-yil 24-iyuldagi 163-sonli ma’lumotnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining dasturiy pedagogik vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.
Ilmiy kengash rais: B.X.Eshchanov
Ilmiy kengash kotibi: S.Z.Raxmanov
Ilmiy rahbar: G.I.Muxamedov
Talabgor: Sh.E.Nurmamatov