Jumaeva Feruza Faxriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6366
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01.
Ilmiy rahbar: Akramova Gulbahor Renatovna , pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professori, Ro‘zieva Dilnoza Islomjonovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompleks va metapredmetli yondashuv asosida ontogenetik rivojlanish bosqichlariga bog‘lagan holda shaxsning kognitiv, ijtimoiy va axloqiy etuklik bosqichlari kabi kategoriyalarni integratsiyalash va differensiatsiyalash orqali o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini shakllantirish usullari asoslab berilgan; 
huquqiy savodxonlikni shakllantirish metodikasi “mikro videodars”, “huquqiy kvest”, “sinf sudiga murojaat”, “yashirin kamera” kabi interfaol usullarni huquqiy mazmunli topshiriqlar mazmuniga singdirish asosida intellektual, affektiv, aksiologik-qadriyatli huquqiy ongni faollashtirish va real ijtimoiy vaziyatlarda huquqiy xulqni modellashtirish imkoniyatlari ochib berilgan hamda huquqiy savodxonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks metodik tizim takomillashtirilgan, shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy bilim, ko‘nikma va munosabatlarini o‘lchovchi mezonlar va indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan; 
kvest texnologiyasini natijaviy-mezonli komponentli konvergent tizim sifatida integratsiyalash orqali huquqqa refleksiv munosabat intensiv takomillashtirilib, boshlang‘ich ta’lim jarayonida huquqiy tushunchalarning o‘zlashtirilish dinamikasini uch bosqichli rivojlantirish mexanizmi (axborot – amaliy – reflektiv) asosida huquqiy savodxonlikni shakllantirishning integrativ, tarbiyaviy va psixologik jihatlarini qamrovchi ilmiy-nazariy kompleks modeli takomillashtirilgan;
huquqiy savodxonlikni shakllantirish metodikasining samaradorligini “edu-quest” texnologiyasi (vizual, emotsional va kognitiv faoliyatni rivojlantiruvchi gamifikatsiya) asosida oshirish tizimini yaratish orqali huquqiy axborotni izlash, tanlash, real vaziyatlarga qo‘llash va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan axborot-metodik ta’minot takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy savodxonlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
kompleks va metapredmetli yondashuv asosida ontogenetik rivojlanish bosqichlariga bog‘lagan holda shaxsning kognitiv, ijtimoiy va axloqiy etuklik bosqichlari kabi kategoriyalarni integratsiyalash va differensiatsiyalash orqali o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini shakllantirish usullari asoslab berilgan, shuningdek, o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Inson huquqi madaniyati markazi Buxoro viloyati bo‘linmasi tomonidan 2024-2025 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi granti asosida “Huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy savodxonlikning ahamiyati” mavzusidagi loyihasi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Inson huquqi madaniyati markazi Buxoro viloyati bo‘linmasi 2025-yil 4-avgustdagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy savodxonlikni shakllantirish bilan bog‘liq nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni qaror toptirishga xizmat qilgan;
huquqiy savodxonlikni shakllantirish metodikasi “mikro videodars”, “huquqiy kvest”, “sinf sudiga murojaat”, “yashirin kamera” kabi interfaol usullarni huquqiy mazmunli topshiriqlar mazmuniga singdirish asosida intellektual, affektiv, aksiologik-qadriyatli huquqiy ongni faollashtirish va real ijtimoiy vaziyatlarda huquqiy xulqni modellashtirish imkoniyatlarini o‘quv topshiriqlari mazmuniga implementatsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va metodik tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yildagi 136-sonli buyrug‘i, № 967290 raqamli nashr ruxsatnomasi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 2-iyundagi 02/01-01-185-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy savodxonlikni shakllantirish metodikasi mazmuni boyitilgan, shuningdek, huquqiy savodxonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks metodik tizim takomillashtirilgan, shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy bilim, ko‘nikma va munosabatlarini o‘lchovchi mezonlar va indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan; 
huquqiy savodxonlikni shakllantirish metodikasining samaradorligini “edu-quest” texnologiyasi (vizual, emotsional va kognitiv faoliyatni rivojlantiruvchi gamifikatsiya) asosida oshirish tizimini yaratish orqali huquqiy axborotni izlash, tanlash, real vaziyatlarga qo‘llash va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv faoliyatini tashkil etish nazorat-tajriba sinovlari jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 2025-yil 15-sentyabrdagi 01/11-6-628-son ma’lumotnomasi). Natijada, huquqiy savodxonlikni shakllantirishning integrativ, tarbiyaviy va psixologik jihatlarini qamrovchi ilmiy-nazariy kompleks modeli takomillashtirilgan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy savodxonlikni shakllantirishga doir faoliyat samaradorligini oshirishning axborot-metodik ta’minot takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish