Haydarova Charos Kosimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ”Polimerlar kimyosi fanidan 3D texnologiyalar asosida interaktiv qo‘llanma yaratish”,
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:   B2022.2PhD/K487
Ilmiy rahbarlar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna k.f.d., prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
Bir martalik IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Pedogogika fanlari nomzodi, professor Qiyamov Nishon Sodikovich-Samarqand davlat universiteti
 kimyo fanlari nomzodi, dotsent  Abdumannotov Abdumajit Matalovich- Samarqand davlat universiteti
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft - gaz sanoati ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun polimerlar kimyosi fanidan 3D texnologiyalar asosida interaktiv qo‘llanma yaratish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnika yo‘nalishi talabalari uchun “Polimerlar kimyosi” fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari kimyoviy jarayonlarini 3D modellar vositasida vizuallashtirish va simulyasiyalash orqali o‘quv materiallarini kognitiv faoliyatga adaptiv-integrativ konstruksiyalash asosida aniqlashtirilgan;
kimyogar-texnologlarning kasbiy kompentensiyalarini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari AR texnologiyalarga asoslangan interaktiv qo‘llanma vositasida kasbiy-amaliy tayyorgarligini intensivlashtirish va texnologik jarayonlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
“Polimerlar kimyosi” fanini o‘qitishning integratsiyalashgan taʼlim modeli 3D polimer.uz platformasi va interaktiv yoʼnaltirilgan texnologiyalar vositasida takomillashtirilgan;
talabalarning “Polimerlar kimyosi” fanini o‘zlashtirish darajasini baholash samaradorligi interaktiv 3D qo‘llanma asosida kasbiy faoliyatga oid texnologik ko‘nikmalar hamda ijodkorlik mezonlariga mos ko‘rsatkichlarga muvofiq aniqlashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga elektron ta’lim muhitida Polimerlar kimyosi fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bo‘lajak kimyogar-texnologlarning kasbiy-sohaviy va texnologik kompetensiyalarini aniqlashtirish, motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir komponentlarning Hemis o‘qitish jarayonini tashkil etishning individual ta’lim bilan integratsiyasini ta’minlashda (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 19 iyun 02-/01-01-54-sonli  ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida polimerlar kimyosi fanidan 3D, VR va AR texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Polimerlar kimyosi fanini o‘qitishning tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, fanini o‘qitish jarayonida innovatsion elektron resurslar bazasidan foydalanishga doir integrativ modelning amaliy komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida  “Umumiy kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘quv  qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan  (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 19 iyun 02-/01-01-54-sonli  ma’lumotnomasi)  Natijada, texnika oliy o‘quv yurtlarida polimerlar kimyosi fanini o‘qitishda talabalarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish, o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish va o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.
Elektron ta’lim muhiti sharoitida pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida, virtual ta’lim resurslaridan ta’lim amaliyotida foydalanib, C++ dasturlash va innovatsion  3D, VR va AR texnologiyalarini qo‘llash orqali Polimerlar kimyosi fanidan https://3dpolimer.uz websayti va “Polimerlar  kimyosi”  elektron qo‘llanma yaratilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2024 yil 19 iyun 02-/01-01-54-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada,“Polimerlar kimyosi” fanini o‘qitish sifati oshirildi va talabalarning mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga hamda ma’ruza mashg‘ulotlarini elektron darsliklardan polimerlarning tuzilishini QR kodlardan foydalanib o‘rgatish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish