Abduvalieva Gulchexra Mamadjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o’quvchilari o‘qish samaradorligini modulli ta’lim sharoitida oshiruvchi interfaol metodlarni takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8571
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Sobirova Mahbuba Yusupdjanovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Lutfullaev Pulatxon Muxibullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish samaradorligini modulli ta’lim sharoitida oshiruvchi interfaol metodlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish samaradorligini modulli ta’lim sharoitida oshirishga doir interfaol metodlarning didaktik xususiyatlari (o‘quvchi shaxsiga yo‘nalganlik, o‘quv-bilish faoliyatining boshqarish, hamkorlik, ijodkorlik) o‘quv fani mavzusi, tayanch tushuncha va bilimlar, ko‘nikma, malakalar kompetensiyalarni ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) bilan ichki integratsiyasining dinamikligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
modulli ta’lim tizimining asosiy tamoyillari, o‘qitish usullari va yondashuvlari aniqlanib, bu tamoyillarni boshlang‘ich ta’limga tatbiq etishning samaradorligi o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos modullarni yaratish va ularni qo‘llash bo‘yicha interfaol metodlar (“Kitobni och”, “Siniq tuxum”, “Soyabon”, “Aql charxi”, “Hikoya”, “Basketbol”, “Pazl”, “Quvnoq delfinchalar”, “Insert”, “Rol o‘ynash”) asosida takomillashtirilgan;
modulli ta’lim muhitidagi o‘qish samaradorligini media texnologiyalarning yangi imkoniyatlari (o‘qish samaradorligini baholash va nazorat qilish) o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash, tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi o‘lchovlar va baholash tizimi, o‘qish darslarini yanada qiziqarli va motivatsion formatda o‘tkazilishini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
modulli ta’lim sharoitida interfaol metodlari orqali o‘qish samaradorligini oshirishga asoslangan yangi motivatsion strategiyalar majmui, ilhomlantiruvchi o‘yinlar, ta’limiy va diagnostik dasturlar (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini aniqlash testi) har bir o‘quvchi uchun individual o‘quv rejalar, baholashning yangi tizimlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Boshlang‘ich sinf o’quvchilari o‘qish samaradorligini modulli ta’lim sharoitida oshiruvchi interfaol metodlarni takomillashtirish” bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qish samaradorligini modulli ta’lim sharoitida oshirishga doir interfaol metodlarning didaktik xususiyatlari (o‘quvchi shaxsiga yo‘nalganlik, o‘quv-bilish faoliyatining boshqarish, hamkorlik, ijodkorlik) o‘quv fani mavzusi, tayanch tushuncha va bilimlar, ko‘nikma, malakalar kompetensiyalarni ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) bilan ichki integratsiyasining dinamikligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid amaliy va metodik takliflar “Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari o‘qish samaradorligini oshirish” nomli uslubiy qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2025-yil 3-maydagi 01/11-6-318-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o’quvchilarida funksional o’qish savodxonligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini aniqlashtirishga erishilgan;
modulli ta’lim tizimining asosiy tamoyillari, o‘qitish usullari va yondashuvlari aniqlanib, bu tamoyillarni boshlang‘ich ta’limga tatbiq etishning samaradorligi o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos modullarni yaratish va ularni qo‘llash bo‘yicha interfaol metodlar (“Kitobni och”, “Siniq tuxum”, “Soyabon”, “Aql charxi”, “Hikoya”, “Basketbol”, “Pazl”, “Quvnoq delfinchalar”, “Insert”, “Rol o‘ynash”) asosida takomillashtirishga doir takliflardan foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2025-yil 3-maydagi 01/11-6-318-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim tizimida dars jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘qish madaniyatini shakllantirish hamda o‘quvchilarning bilim olish faolligini oshirishga qaratilgan real ta’lim muhitida qo‘llanishi natijasida ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
modulli ta’lim muhitidagi o‘qish samaradorligini media texnologiyalarning yangi imkoniyatlari (o‘qish samaradorligini baholash va nazorat qilish) o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash, tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi o‘lchovlar va baholash tizimi, o‘qish darslarini yanada qiziqarli va motivatsion formatda o‘tkazilishini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlarning 2025-yil fevral va aprel oylaridagi sonlari dastur va ssenariysini tayyorlashda foydalanigan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-apreldagi 05-09-511-son ma’lumotnomasi). Natijada, modulli ta’limda mediatexnologiyalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, tahliliy qobiliyati va funksional savodxonligini rivojlantirishga erishilgan;
modulli ta’lim sharoitida interfaol metodlari orqali o‘qish samaradorligini oshirishga asoslangan yangi motivatsion strategiyalar majmui, ilhomlantiruvchi o‘yinlar, ta’limiy va diagnostik dasturlar (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini aniqlash testi) har bir o‘quvchi uchun individual o‘quv rejalar, baholashning yangi tizimlari asosida takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalardan 2023-2024-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 5-iyun 2025-yildagi 1280-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish va ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan.