Kuziev Ravshan Ramazanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini moliyaviy vositalar orqali rivojlantirishning konseptual asoslari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt855
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Hosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Zafar Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini moliyaviy vositalar orqali rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirish va ularni moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
norezident subektlar uchun daromad hajmi 10 milliard so‘mdan oshmagan hollarda soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish, uni er qa’ridan foydalanganlik va aksiz solig‘i to‘lovchilari, faoliyati tugatilgan subektlar hamda daromadlarni bo‘lib ko‘rsatish holatlariga tatbiq etmaslik shartlarini belgilash orqali soliq yukini maqbullashtirishga qaratilgan taklif ishlab chiqilgan;
eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanilishi taklif etilgan;
xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari doirasida tashqi infratuzilmani yaratish bo‘yicha xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish mexanizmini joriy etish tartibini belgilovchi taklif ishlab chiqilgan;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida erkin iqtisodiy hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan bo‘sh er maydonlarini sanoat, transport va aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan erlar toifasiga o‘tkazish orqali ularga soliq imtiyozlarini berish taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 7 kun ichida qoplab berish hamda kameral soliq tekshiruvi orqali ushbu summa asossiz qoplangani aniqlansa, uni belgilangan tartibda undirish mexanizmini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini moliyaviy vositalar orqali rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
norezident subektlar uchun daromad hajmi 10 milliard so‘mdan oshmagan hollarda soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish, uni er qa’ridan foydalanganlik va aksiz solig‘i to‘lovchilari, faoliyati tugatilgan subektlar hamda daromadlarni bo‘lib ko‘rsatish holatlariga tatbiq etmaslik shartlarini belgilash orqali soliq yukini maqbullashtirishga qaratilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 337-moddasida tasdiqlanib amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevral 15-17133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda norezidentlarga xizmat ko‘rsatuvchi doimiy muassasalarning soliq yuki engillashtirilib, mamlakatga jalb qilingan xorijiy investisiyalar ta’sirida xizmatlar eksporti 16,3 foizga oshgan;
eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanilishi yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 464-moddasida tasdiqlanib amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevral 15-17133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha tovarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlari umumiy daromadning 15 foizidan ko‘prog‘ini tashkil esa degan so‘zlari o‘rniga, tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar almashtirish orqali xizmatlar eksportining yalpi hajmdagi ulushi 36 foizdan 38 foizga ko‘tarilishiga va mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligi sezilarli darajada oshishiga erishilgan;
xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari doirasida tashqi infratuzilmani yaratish bo‘yicha xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish mexanizmini joriy etish tartibini belgilovchi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi VMQ-306-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevral 15-17133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 dekabrdagi Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son Qarorining 4-bandida belgilangan: “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida qiymati 250 milliard so‘m miqdordan oshadigan xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarining davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasini ijrosini ta’minlash maqsadida tadqiqotchi tomonidan “Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investisiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgan;
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida erkin iqtisodiy hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan bo‘sh er maydonlarini sanoat, transport va aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan erlar toifasiga o‘tkazish orqali ularga soliq imtiyozlarini berish yuzasidan bergan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11-yanvardagi PQ-3-son qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevral 15-17133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida 2023-2024 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlash lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatini shakllantilgan va Romitan tumanidagi 200 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan bo‘sh turgan yaylov va bo‘sh er maydonlarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar toifasidan sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan erlar toifasiga o‘tkazilgan, hamda ularga soliq imtiyozlar berilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 7 kun ichida qoplab berish hamda kameral soliq tekshiruvi orqali ushbu summa asossiz qoplangani aniqlansa, uni belgilangan tartibda undirish mexanizmini joriy etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi "Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5243-son Qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevral 15-17133-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022–2023 yillarda mazkur mexanizm orqali korxonalar ixtiyoriga 2,1 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ tezkor ravishda qaytarilgan, bu esa ularning aylanma kapitalini to‘ldirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish