Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda pul oqimlarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt909

Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01

Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 

Yetakchi tashkilot: Qo‘qon universiteti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda pul oqimlarini boshqarishga oid uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy barqarorlikni baholashning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, korxonalarning pul oqimlari barqarorligini, investorlar uchun moliyaviy xatar darajasini va korporativ kredit reytinglarini baholash maqsadida kompleks indikator sifatida “Kesh-mustaqillik indeksi” (KMI) ishlab chiqilgan;
korxonalar moliyaviy rejalashtirish va tahlil jarayonlarini integratsiyalash orqali pul oqimlarini baholashdagi aniqlikni oshirish hamda standart moliyaviy hisobotlarda noaniq mablag‘larni vizual ifodalash imkonini beruvchi innovatsion yondashuv sifatida “Gibrid pul oqimlari” kategoriyasi taklif etilgan;
korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xatarlarni boshqarishning ilmiy asoslarini takomillashtirish maqsadida bazaviy, ijobiy va salbiy iqtisodiy sharoitlarda operatsion, investisiyaviy va moliyaviy oqimlarni kompleks baholash orqali naqd pul oqimlari barqarorligini ta’minlashning innovatsion usuli sifatida “Ssenariyli pul oqimlari modeli” taklif etilgan;
operatsion faoliyatdan tushgan naqd pul tushumlari orqali investision va moliyaviy xarajatlarni qoplash darajasini aniqlash hamda kelgusi pul oqimlari ehtiyojini prognoz qilish imkonini beruvchi instrument sifatida “Pul oqimlari samaradorligi indeksi” integral ko‘rsatkichi taklif etilgan;
pul oqimlari barqarorligini oshirish, dividend siyosati samaradorligini ta’minlash, xatarlarga qarshi bardavom boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda korxonalarning uzoq muddatli foydalilik darajasini yaxshilash maqsadida yagona mezonlar va zamonaviy baholash usullarini qamrab olgan integral usullar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar pul oqimlarini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy barqarorlikni baholashning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib, korxonalarning pul oqimlari barqarorligini, investorlar uchun moliyaviy xatar darajasini va korporativ kredit reytinglarini baholash maqsadida kompleks indikator sifatida “Kesh-mustaqillik indeksi” (KMI)ga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Andijon biokimyo zavodi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03/05-17/4276-sonli, “Andijon biokimyo zavodi” AJning 2025-yil 21-oktyabrdagi 208/07-01-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, “Kesh-Mustaqillik Indeksi”dan foydalanish yirik sanoat korxonalarida qarz mablag‘larini jalb qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, qarz yukini optimal darajada ushlab turish, likvidlik tavakkallarini kamaytirish hamda korporativ kredit reytinglarini yaxshilash imkonini berish bilan bir qatorda, indeksdan amaliyotda foydalanish korxonalarning pul oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirib, moliyaviy intizomni mustahkamladi, investision faoliyat uchun ichki manbalar ulushini kengaytirishga hamda moliyaviy barqarorlikni uzoq muddatli istiqbolda ta’minlashga imkon bergan. 
korxonalar moliyaviy rejalashtirish va tahlil jarayonlarini integratsiyalash orqali pul oqimlarini baholashdagi aniqlikni oshirish hamda standart moliyaviy hisobotlarda noaniq mablag‘larni vizual ifodalash imkonini beruvchi innovatsion yondashuv sifatida “Gibrid pul oqimlari” kategoriyasiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Andijon biokimyo zavodi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03/05-17/4276-sonli, “Andijon biokimyo zavodi” AJning 2025-yil 21-oktyabrdagi 208/07-01-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, pul oqimlarini vizuallashtiruvchi raqamli analitik panellar orqali hisobot ma’lumotlarini qayta formatlash va tasniflash amaliyoti yo‘lga qo‘yish bilan gibrid pul oqimlarini ajratib ko‘rsatish korxonalarning pul oqimlari tahlilidagi hisob-kitob aniqligini o‘rtacha 18 foizga oshirgan, pul oqimlari prognozi va likvidlik rejalashtirishda xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini keskin pasaytirish orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli ma’lumotlar bazasini ta’minlagan.
korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xatarlarni boshqarishning ilmiy asoslarini takomillashtirish maqsadida bazaviy, ijobiy va salbiy iqtisodiy sharoitlarda operatsion, investisiyaviy va moliyaviy oqimlarni kompleks baholash orqali naqd pul oqimlari barqarorligini ta’minlashning innovatsion usuli sifatida “Ssenariyli pul oqimlari modeli”ni ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Andijon biokimyo zavodi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03/05-17/4276-sonli, “Andijon biokimyo zavodi” AJning 2025-yil 21-oktyabrdagi 208/07-01-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ssenariyli pul oqimlari modelini joriy etish korxonalarga moliyaviy rejalashtirish jarayonida likvidlik buferini hisobga olgan holda naqd pul oqimlari barqarorligini ta’minlash, haddan ortiq qarz yukining oldini olish va kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish imkonini bergan. Shuningdek, ushbu taklif joriy etilishi korxonalarning sof foydasidan to‘lanadigan dividendlar miqdorini prognozini investisiyaviy va moliyaviy xarajatlarini pul oqimlaridan kelib chiqib belgilash imkonini bergan.
operatsion faoliyatdan tushgan naqd pul tushumlari orqali investision va moliyaviy xarajatlarni qoplash darajasini aniqlash hamda kelgusi pul oqimlari ehtiyojini prognoz qilish imkonini beruvchi instrument sifatida “Pul oqimlari samaradorligi indeksi” integral ko‘rsatkichiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Andijon biokimyo zavodi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03/05-17/4276-sonli, “Andijon biokimyo zavodi” AJning 2025-yil 21-oktyabrdagi 208/07-01-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, mazkur indeks 2024–2025 yillarda pilot tarzda yirik ishlab chiqarish korxonalarida, xususan “Andijon biokimyo” AJda qo‘llanilib, operatsion pul tushumlari hisobiga investision xarajatlarni qoplash darajasi o‘rtacha 12–15 foizga oshishga, aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi yaxshilangan hamda qarz yuki 8 foizga kamayishiga erishilgan. 
pul oqimlari barqarorligini oshirish, dividend siyosati samaradorligini ta’minlash, xatarlarga qarshi bardavom boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda korxonalarning uzoq muddatli foydalilik darajasini yaxshilash maqsadida yagona mezonlar va zamonaviy baholash usullarini qamrab olgan integral usullar majmuasini ishlab chiqishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Andijon biokimyo zavodi” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03/05-17/4276-sonli, “Andijon biokimyo zavodi” AJning 2025-yil 21-oktyabrdagi 208/07-01-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, pul oqimlarini tahlil va boshqarishning yangi usullar majmuasi 2024–2025 yillarda ishlab chiqarish korxonalarida, xususan “Andijon biokimyo” AJda joriy etilgan, hamda bu korxonalarda naqd pul oqimlari barqarorligini 10–14 foizga oshirishga, dividend to‘lovlari barqarorligi mustahkamlashga, qarz yukini o‘rtacha 7 foizga qisqarishiga hamda kredit reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanib, uzoq muddatli foydalilik darajasining o‘sishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish