Umarov Davron Shavkatovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklari daromadlarini oshirish asosida moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Kurbonbekova Mohichehra Turobjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Rahimjon Xamid o‘g‘li , iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Asakabank ATB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bank moliyaviy barqarorligini ta'minlashda daromadlilikni oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank kredit siyosatida mijozning kreditga layoqatliligini baholash jarayoniga bankning joylashgan mikrohudud omilini integratsiya qilish asosida kredit foiz stavkalarining differensiallashuvini ta’minlab, bankning foizli daromadlarining barqaror o‘sishi asoslangan;
banklarda moliyaviy menejmentning vertikal shakllanish tizimiga nomonetar omillarni gorizontal-vertikal integratsiya asosida qo‘shish orqali banklarning moliyaviy rentabelligini oshirish asoslangan;
bank taqsimlanmagan foydasi bank kapitali rentabelligi shakllanishiga ijobiy ta'sir etuvchi omil ekanligini inobatga olish asosida banklarning moliya bozoridagi daromadliligini oshirish taklif etilgan.
bank aktivlarining rentabelligida foizsiz daromadlarning roli kamayib borayotganligini inobatga olib operasion xarajatlarni raqamlashtirish orqali banklarning daromadliligini oshirishni moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga uyg‘unlashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta'minlashda daromadlilikni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank kredit siyosatida mijozning kreditga layoqatliligini baholash jarayoniga bankning joylashgan mikrohudud omilini integratsiya qilish asosida kredit foiz stavkalarining differensiallashuvini ta’minlab, bankning foizli daromadlarining barqaror o‘sishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son farmonining 4-xatboshisi ijrosini ta'minlashga xizmat qildi (O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATBning 2025 yil 2 apreldagi 03-07/6728-son ma'lumotnomasi). Natijada, bank daromadlarida kreditlardan olingan foizlarning ulushi 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga oshgan;
banklarda moliyaviy menejmentning vertikal shakllanish tizimiga nomonetar omillarni gorizontal-vertikal integratsiya asosida qo‘shish orqali banklarning moliyaviy rentabelligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son farmonining 2-ilovasi 40-bandi ijrosini ta'minlashga xizmat qildi (O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATBning 2025 yil 2 apreldagi 03-07/6728-son ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bankda xodimlar faoliyat samaradorligi oshishi orqali bank daromadliligi 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobarga oshgan;
bank taqsimlanmagan foydasi bank kapitali rentabelligi shakllanishiga ijobiy ta'sir etuvchi omil ekanligini inobatga olish asosida banklarning moliya bozoridagi daromadliligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son farmonining 1-bandi 1-xatboshi ijrosini ta'minlashga xizmat qildi (O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATBning 2025 yil 2 apreldagi 03-07/6728-son ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bankning moliya bozoridagi faoliyati bo‘yicha daromadlilgi 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga oshgan;
bank aktivlarining rentabelligida foizsiz daromadlarning roli kamayib borayotganligini inobatga olib operasion xarajatlarni raqamlashtirish orqali banklarning daromadliligini oshirishni moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga uyg‘unlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son farmonining 1-ilovasi 3-bo‘limi 3-bandi ijrosini ta'minlashga xizmat qildi (O‘zbekiston sanoat-qurilish banki ATBning 2025 yil 2 apreldagi 03-07/6728-son ma'lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bank raqamli texnologiyalarni joriy etishi natijasida operasion xarajatlari 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan 7,1 foizga kamaygan.