MUXAMEDOVA Muyassar Gafurdjanovna: «Surunkali yurak etishmovchiligida neyrogumoral va endotelial tizimlar buzilishiga bog‘liq holda siydik haydovchi vositalar  bilan differensial davolash» (14.00.06) – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (100007, Toshkent, Parkent ko‘ch., 51. Tel/faks: 268-17-44; info@tipme.uz ), (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy  maslahatchi: B.A. Alyavi

    Ish bajarilgan tashkilotlar: Respublika Ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

    Rasmiy opponentlar: G.N. Arutyunov, M.A. Xujamberdiev, A.B. Shek

    Yetakchi tashkilot: « Moskva Davlat  tibbiy-stomatologiya universiteti»

    Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga  molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: ishemik genezga ega  surunkali yurak etishmovchiligida qovuzloqli siydik haydovchi vositalar va L-argininning markaziy gemodinamikaga, yurakning sistolik va diastolik faoliyatiga, neyrogumoral omillarga va endoteliyga tobe vazodilyatatsiyaga ta’sirini qiyosiy baholashdan iborat.

    II.Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

    ishemik genezga ega SYuE bo‘lgan bemorlarda periferik qondagi NUP konsentratsiyasini  diagnostik ahamiyati aniqlangan. SYuE bor bemorlar qon zardobida miya natriyuretik peptid konsentratsiyasining haqiqiy yuqoriligi va uning chap qorincha (ChQ) sistolik faoliyati bilan korrelyasiyasi aniqlangan;

    torasemidning SYuEni bazisli davolashda qo‘llanilishi SYuE avj olishining neyrogumoral mexanizmlari ya’ni MNUP va al`dosteron faolligining elektrolitlarni balansida kuchli siljishlarsiz pasayishiga olib kelishi isbotlanib berilgan;

    endoteliyning funksional holati ChQning sistolik funksiyasiga ko‘ra aniqlangan, SYuEli bemorlarda L-arginin konsentratsiyasining salmoqli pasayishi bilan birga endotelial neytrosintaza faolligining haqqoniy kamayganligi aniqlangan, bunda  ChQning sistolik faoliyati pasaygan bemorlarda  azot oksidi barqaror metabolitlari konsentratsiyasi baland bo‘lishi kuzatilgan. Ayni vaqtda ChQ otilish fraksiyasi saqlanib qolgan bemorlarda ularning pereferik qondagi konsentratsiyasi sog‘lom  guruhidagilarga qaraganda pastroq bo‘lgan;

torasemidning uzoq muddat qo‘llanilishi SYuEli bemorlarda ChQ miokardiga antiremodellovchi ta’sir ko‘rsatishi, ChQ endotelial funksiyasini yaxshilanishi hamda o‘pka gipertenziyasi darajasini kamaytirishiga yordam berishi aniqlangan;

SYuEli bemorlarni davolash rjasiga qo‘shimcha ravishla L-arginining kiritilishi  NO metabolizmi  va endoteliy funksional holatiga salmoqli ta`sir ko‘rsatishi aniqlangan;

    qovuzloqli diuretiklar NO sintezi stimulyatori yordamida SYuEni differensial davolashga kompleks yondoshuv ishlab chiqilgan, bu SYuEli bemorlarni  kuzatib borishni mutanosiblashtirishga, bemorlar holatini barqarorlashtirishga, sindromning zo‘rayishni sekinlashtirishga, dekompensatsiya xavfini pasaytirishga va qo‘llanilayotgan davoning nojo‘ya  ta’sirlarini kamaytirishga imkon bergan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi:  Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda torasemid qo‘llanilishi», «Surunkali yurak etishmovchiligi: erta tashxislash va zamonaviy davolash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyalar tayorlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan bo‘lib, gospitalizatsiyalar sonini kamaytiradi va kasallik dekompensatsiya holatini engillashtiradi, shuningdek, SYuEli bemorlarda nogironlik ko‘rsatkichini kamaytiradi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18.12.2013 yildagi 83/01-sonli  xulosalari).

Yangiliklarga obuna bo‘lish