Mirsaidov Maxmudjon Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarish korxonalari texnik suvlari tarkibidagi neft moylarini ajratish va tozalangan moyni texnologiyaga qaytarish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5023.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, professor; Kodirov Orifjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat chiqindi suvlari tarkibidan neft moylarini ajratib olish hamda tozalangan neft moylarini texnologiyaga qaytarishning samaradorli texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta ishlagan moy tarkibidagi suv miqdori 8% dan 1,09% gacha kamaytirishga va fazalar chegarasida massa almashinuvining 13 % ga ortishi aniqlangan;
regeneratsiyalangan moyning zichligi I-20 rusumli import moyga nisbatan 0,23% ga, kinematik qovushqoqligi esa 3,8% gacha farq qilishi aniqlangan;
qurilmada moyning termik parchalanmasligi hamda ularga ishlov berish rejimlarida uglevodorod molekulalarining dastlabki tuzilishini saqlab qolishi aniqlangan;
taklif etilayotgan bug‘latish qurilmasining maqbul (optimal) rejim ko‘rsatgichlari: unga ko‘ra bug‘ sarfi 5,54 kg/s, isitish maydoni 272 m2, bir sikl davomida yuklanishi 2000 l, taklif etilayotgan bug‘latish qurilmasida bitta sikl davomida 103,43 kg suvni chiqarib yuborishi va 1640 kg tozalangan moyni texnologiyaga qaytarishi isbotlangan;
taklif etilayotgan texnologiya orqali kalsiy va muhitning kislotali komponentlari o‘rtasida kislota qoldiqlarining to‘liq bog‘lanishini ta’minlaydigan stexiometrik nisbatga erishish bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat suvlari tarkibidagi neft moylarini ajratib olish va qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik jarayonlardan ajralib chiqayotgan texnik suvlarni yumshatish va mexanik qo‘shimchalardan tozalash texnologiyasi Namangan “Elektr qishloq qurilish” AJga qarashli “Metall konstruksiya zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (“Elektr qishloq qurilish” AJga qarashli “Metall konstruksiya zavodi”ning 2025 yil 12 fevraldagi 325-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishdagi texnik suvlar tozalanib texnologik jarayonga soatiga 25,78 m3 toza suvni qaytarish imkonini bergan;
termik qayta ishlash bo‘limida suv bilan yuvilib chiqayotgan chiqindi neft moyini tozalash va qayta ishlash texnologiyasi Namangan “Elektr qishloq qurilish” AJga qarashli “Metall konstruksiya zavodi”da amaliyotga joriy etilgan (“Elektr qishloq qurilish” AJga qarashli “Metall konstruksiya zavodi”ning 2025 yil 12 fevraldagi 325-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik suvlar tarkibidan ajratib olingan neft moyini sifati import qilib olib kelinayotgan neft moyi sifati bilan bir hil hamda ushbu moyni ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlatish imkonini bergan.