Maxmudova Sitora Nasriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimini loyihalashda ergonomik moslikni antropometrik ta’minlash” 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3728
Ilmiy rahbar: Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Gafurova Nigora Tuymuradovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi antropometrik tadqiqotlar asosida bolalar kiyimlarining ergonomik muvofiqligini ta’minlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kiyim materiali va konstruksiyasiga mos ravishda, bolalar tana harakati erkinligini ta’minlovchi old va orqa bo‘lak funksional-konstruktiv bo‘linmalari, jumladan, orqa kengligi, eng va yoqa o‘miz kengligiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning gavda o‘lchamlarining yosh-jins va regional o‘zgaruvchanligiga taqsimlanish bogʻlanishlari, yangi o‘lcham tipologiyasi hamda razmer va bo‘ylar shkalasi qomatning jadal o‘sish suratlariga kiyim konstruksiyasini moslashtirishini e'tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
yetakchi o‘lchamlar oraligʻida maktabgacha yoshdagi bolalarning qomatlar taqsimlanishini ifodalovchi, ikkilamchi o‘lcham ko‘rsatkichlari qiymatini hisoblash va antropometrik standartlardan konstruktorlik standartlariga o‘tish imkonini beruvchi analitik bogʻlanishlar olingan;
maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimini konstruktiv parametrlarning tashqi dinamik mosligiga bog‘liqligining regressiya tenglamalari va matematik modellari ishlab chiqilgan hamda ular asosida koʼkrak aylanasi boʼyicha kiyim erkinligi uchun beriladigan qo‘shimcha haqning optimal qiymati Pg=4,5 sm, elka aylanasiga beriladigan qo‘shimcha haq qiymati Pop =6 sm tengligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar gavdasining antropometrik tadqiqotlari natijalari asosida kiyimni ergonomik muvofiqligiga erishishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
xorijiy mamlakatlarning bolalar aholisining o‘lchamli tipologiyalari va klassifikatsiyalarining tahlili natijasida moslashtirilgan o‘lchamli shkalalari “OFS” MChJ, “Al-HakimPlus” MChJ, “UzPolCharm ” MChJ, “Delta Rumino” MChJ tikuvchilik korxonalarida joriy ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekto‘qimachilikengil sanoat” uyushmasining 2023 yil 2 noyabrdagi 03/25-2304 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijalari mahalliy korxonalar mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish imkoni va bolalar sifatli, ergonomik jihatdan qulay hamda arzon maxsus kiyim bilan ta’minlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimini ishlab chiqarish bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlar, andazalar to‘plami va kiyim namunalari “OFS” MChJ, “Al-HakimPlus” MChJ, “UzPolCharm” MChJ, Delta Rumino” MChJ tikuvchilik korxonalarida joriy etilgan (“O‘zbekto‘qimachilikengil sanoat” uyushmasining 2023 yil 2 noyabrdagi 03/25-2304 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish asosida kiyimning bola tanasiga ergonomik muvofiqligi va uning o‘sish jarayonini hisobga oluvchi kiyim transformatsiya elementlaridan foydalanish imkoniyati ta’minlangan.