Xusanova Dilfuza Xushbaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Perilen asosidagi nanokristallar nukleatsiyaoldi jarayonlari mexanizmlarini o‘rganish”, 01.04.03 – Molekulyar fizikasi va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1096.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Sirojiddin Zaynievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Qutliev Uchqun Otoboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Jabborov Xayitmurod Ishmo‘min o‘g‘li, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
turli muhitlarda (vakuum, suv, organik eritmalar) hamda katalizatorlar ishtirokida nukleatsiyaoldi perilen klasterlarning hosil bo‘lish kinetikasi va ularning termodinamik barqarorligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor vakuumda perilen va uning hosilalari nukleatsiyaoldi klasterlarining kinetikasi va termodinamikasi molekulyar tuzilishga bog‘liqligi aniqlandi;
perilen nukleatsiyaoldi klasterlarining erituvchiga bog‘liq shakllanish mexanizmlari va buning noklassik nukleatsiyaga selektiv ta’siri ilk marta ko‘rsatildi;
birinchi marta Ni, NiO va a-SiO₂ nanoklasterlarining perilen nukleatsiyaoldi klasterlari kinetikasiga ta’siri qiyoslanib, NiO ning yuqori katalitik faolligi aniqlandi;
perilen hosilalalaridagi funksional guruhlarning katalizator ishtirokida kechuvchi nukleatsiyaoldi jarayonlaridagi sterik ta’siri ilk bor baholandi;
turli kristall tagliklarning perilen nukleatsiyaoldi klasterlari geometriyasi, adsorbsiya energiyasi va termodinamik barqarorligiga ta’siri birinchi marta kompleks ravishda aniqlandi;
ilk marta perilenning Ni(111) va SiO2(0001) katalizatorlari sirtida dastlabki nukleatsiyaoldi strukturalarining o‘sish rejimlari atom darajasidagi molekula-sirt va molekula-molekula o‘zaro ta’sir kuchlariga bog‘lab tushuntirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perilen nanokristali nukleatsiyaoldi jarayonlarida SiO2 nanozarralarining o‘zaro ta’siri bo‘yicha natijalardan O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida 2022-2024 yillarda bajarilgan IL-4821091630 sonli “Muqobil kremniy manbaalari va mezagenik templantlar asosida asoslangan tartibli mezog‘ovak materiallar sintezi va fizik-kimyoviy xususiyatlari” nomli O‘zbekiston-Belarus hamkorligidagi qo‘shma fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 12.06.2025-yildagi № 1-10/8-867-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish nanoo‘lchamli mezag‘ovakli materiallarning fizik-kimyoviy parametrlarini baholash bo‘yicha olingan tajriba natijalarini ma’lum darajada tahlil qilish imkonini bergan.
Perilen hosilalaridagi funksional guruhlarning LaSrMnO katalizatori ishtirokidagi jarayonlardagi sterik ta’sir bo‘yicha olingan natijalar O‘zR FA Materialshunoslik institutida 2021-2023 yillarda mo‘ljallangan FZ-201906066 “Noyob er metallari asosidagi qattiq oksidli yoqilg‘i elementlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” nomli ilmiy amaliy loyihasini bajarishda tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 19.06.2025-yildagi №201-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalardan foydalanish amaliy loyihada o‘rganilgan nanoo‘lchamli LaSrMnO katalizator materiallarning ion otkazuvchanligiga Ni(111)-perilen tagligining ta’sirini aniqlash imkonini bergan.