Obloqulov Zahriddin To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoq ichak perforatsiyasi bilan bemorlarda peritonit kechishining og‘irligini bashoratlash va xirurgik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4703.
Ilmiy rahbar: Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘n ikki barmoq ichak yara perforatsiyasi bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini peritonit og‘irligini bashorat qilish asosida operatsiya hajmini tanlashni optimallashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
peritonit payti qorin bo‘shlig‘i mikroflorasining xarakteri undagi ekssudatning rN ko‘rsatgichi bilan o‘zgarishining qonuniy bog‘liqligi, bunda rN 6,4 dan kam bo‘lgan taqdirda barcha bemorlarda bakterial mikroflora aniqlangan;
yara perforatsiyasi penetratsiya, piloroduodenal stenoz va duodenal yarali qon ketish bilan birgalikda uchraganda o‘n ikki barmoq ichak yarasining ushbu rivojlangan asoratlarini ustuvor ravishda bartaraf etishda xirurgik taktikani tanlash usuli ishlab chiqilgan;
o‘n ikki barmoq ichak yara perforsiyasida birlamchi operativ aralashuvning minimal hajmi yarani kesib olish bilan piloroplastika va rN qiymati 6,4 dan yuqori bo‘lganda esa yara perforatsiyasi penetratsiya, piloroduodenal stenoz va duodenal yarali qon ketishi bilan birgalikda uchraganda patogenetik jihatdan asoslangan operatsiyalar hajmi aniqlangan;
o‘n ikki barmoq ichak yara perforatsiyasida bemorlarni taklif etilgan xirurgik taktikani qo‘llash orqali davolash natijasida o‘lim va operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayganligi bilan ushbu usullarning samaradorigi klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘n ikki barmoq ichak perforatsiyasi bilan bemorlarda peritonit kechishining og‘irligini bashoratlash va xirurgik davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.12.2024 y. 10/33-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: peritonit payti qorin bo‘shlig‘i mikroflorasining xarakteri undagi ekssudatning rN ko‘rsatgichi bilan o‘zgarishining qonuniy bog‘liqligi, bunda rN 6,4 dan kam bo‘lgan taqdirda barcha bemorlarda bakterial mikroflora aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 103-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4222-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: soperatsiya hajmini tanlashda perforatsiya paytidan boshlab o‘tgan vaqtga emas, balki qorin bo‘shlig‘i ekssudatining rN qiymatiga e’tibor qaratish lozimligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: peritonit payti qorin bo‘shlig‘i mikroflorasining xarakteri undagi ekssudatning rN ko‘rsatgichi bilan jarrohlik amaliyoti aralashuvi doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 10-12 kun uchun 2145600 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 877450 so‘m sarflanadi. Xulosa: qorin bo‘shlig‘i mikroflorasi xarakterining o‘zgarishida uning rN ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi tasdiqlangan. Qorin bo‘shlig‘i ekssudatining rN qiymati 6,4 va undan kam bo‘lganda bemorlarning 100 % da va bunda perforatsiya vaqtidan 24 soatgacha bog‘liq holda 19,4%, 24 soatdan ortiq bo‘lganda esa - 54,2% holatlarda batsillyar mikroflora aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yara perforatsiyasi penetratsiya, piloroduodenal stenoz va duodenal yarali qon ketish bilan birgalikda uchraganda o‘n ikki barmoq ichak yarasining ushbu rivojlangan asoratlarini ustuvor ravishda bartaraf etishda xirurgik taktikani tanlash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 103-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4222-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: peritonit kechishining og‘irligini bashorat qilish uchun qulay usul ishlab chiqilgan va agar ekssudatning rN qiymati 6,4 dan ortiq bo‘lsa bemorga patogenetik jihatdan asoslangan birlamchi operativ aralashuvi o‘tkazilishi mumkin, rN qiymati 6,4 dan kam bo‘lganda esa birlamchi operativ aralashuvining minimal adekvat hajmi, ya’ni bu yarani kesish bilan piloroplastika tavsiya qilingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: patogenetik jihatdan asoslangan birlamchi operativ aralashuvi o‘tkazilishi natijasida ijobiy natijalar asosiy guruxdagi 47 nafar bemorda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 21255400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qorin bo‘shlig‘i ekssudatining rN qiymati patogenetik jihatdan asosli birlamchi operativ aralashuvni amalga oshirish qulayligini aniqlash imkonini beradi. rN 6,4 dan yuqori bo‘lganda patogenetik jihatdan asosli xirurgik aralashuvni amalga oshirish mumkin, rN 6,4 dan past bo‘lganda esa yarani kesib olib piloroplastika yoki uni tikish bilan kifoyalanmoq lozim.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoq ichak yara perforsiyasida birlamchi operativ aralashuvning minimal hajmi yarani kesib olish bilan piloroplastika va rN qiymati 6,4 dan yuqori bo‘lganda esa yara perforatsiyasi penetratsiya, piloroduodenal stenoz va duodenal yarali qon ketishi bilan birgalikda uchraganda patogenetik jihatdan asoslangan operatsiyalar hajmi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 103-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4222-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yara perforatsiyasi penetratsiya, piloroduodenal stenoz va duodenal yarali qon ketish bilan birgalikda uchraganda o‘n ikki barmoq ichak yarasining ushbu rivojlangan asoratlarini ustuvor ravishda bartaraf etishda xirurgik taktikani tanlash prinsiplari optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoq ichak yara perforsiyasida birlamchi operativ aralashuvning minimal hajmi yarani kesib olish bilan piloroplastikasi asosida operatsiyasidan keyingi davrda odatda umumiy o‘rtacha 14556200 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: peritonitning og‘ir kechishi bashorat qilingan bemorlarda optimal operatsiya hajmi yarani kesib olish bilan birgalikda piloroplastikani o‘z ichiga oladi, bunda o‘lim darajasi uni tikish bilan choklar etishmovchiligi solishtirganda 17,8% ga kam (tikishdan keyin choklar etishmovchiligi - 22,2% tashkil etadi). Tavsiya etilgan mezonlarga muvofiq birlamchi operatsiyaning patogenetik jihatdan asosli hajmini tanlash ularning hajmini 18,7% ga oshirish imkonini beradi, piloroduodenostenoz va yaradan qon ketish bilan bemorlar soni hamda residivlar sonini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoq ichak yara perforatsiyasida bemorlarni taklif etilgan xirurgik taktikani qo‘llash orqali davolash natijasida o‘lim va operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayganligi bilan ushbu usullarning samaradorigi klinik jihatdan asoslab berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15.11.2024 y. 103-son buyrug‘i va Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 19.11.2024 y. 4222-7-107-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoq ichak yara perforatsiyasi bilan bemorlarda peritonit agressivligini bashorat qilish asosida birlamchi operatsiya hajmini tanlash taktikasini qo‘llash o‘lim va asoratlarni kamaytirish bilan patogenetik asoslangan birlamchi operatsiyalar sonining sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘n ikki barmoq ichak yara perforatsiyasida bemorlarni taklif etilgan xirurgik taktikani qo‘llash orqali davolash natijasida reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi, xayot sifatining yaxshilanishi va mexnat faoliyatining tiklanishi tufayli yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: o‘n ikki barmoq ichak yara perforatsiyasi bilan bemorlarda peritonit agressivligini bashorat qilish asosida birlamchi operatsiya hajmini tanlash taktikasini qo‘llash o‘lim darajasini 9,3% dan 3,8% gacha va operatsiyadan keyingi asoratlarni 12,3% dan 2,9% gacha statistik jihatdan sezilarli darajada pasayishiga olib kelgan.