Kadirova Aziza Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli yosh toifalaridagi ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning klinik-patogenetik xususiyatlari, diagnostikasi va davolashni optimallashtirish», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib3805.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Gulnora Kutpitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxamedjanovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning rivojlanishida genetik, gormonal, metabolik va psixoemotsional xavf omillari o‘rtasidagi o‘zaro patogenetik bog‘liqlikni aniqlash, erta diagnostika va terapiya usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning rivojlanishida yoshga oid farqlanuvchi etiopatogenetik omillar taxlil qilinib, fertil yoshdagi ayollarda serebrovaskulyar kasalliklar irsiy trombofiliya va genetik mutatsiyalar bilan, postmenopauzal yoshda esa qon-tomir va metabolik o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqligi aniqlangan;
fertil yoshdagi ayollarda serebrovaskulyar kasalliklar rivojlanishida MTHFR C677T, F5 G1691A, F2 G20210A va PAI-1 4G/5G gen polimorfizmlarining gipergomotsisteinemiya, trombofiliya va endotelial disfunksiya bilan bog‘liqligi hamda ularning arterial gipertoniya, dislipidemiya va akusherlik anamnezi bilan birgalikda ishemik kasalliklarning erta va og‘ir kechishini belgilaydigan asosiy molekulyar-genetik omillar ekani asoslangan;
yosh ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning rivojlanish xavfini baholashda, klinik ko‘rsatkichlar me’yorda saqlangan holatlarda ham yashirin irsiy trombofiliyani erta aniqlashda molekulyar-genetik skriningni qo‘llash insul`t xavfini erta bashorat qilishi isbotlangan;
genetik mutatsiya turi, yoshga oid fiziologik xususiyatlar va trombofiliya holatini hisobga olgan holda serebrovaskulyar kasalliklar uchun differensial davo mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarni aniqlash va davolashda genetik profil hamda yosh toifasini inobatga olgan individual yondashuvlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ayollarda ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning rivojlanishida yoshga oid farqlanuvchi etiopatogenetik omillar ilmiy jihatdan asoslanib, fertil yoshdagi ayollarda kasallikning genetik trombofiliya va mutatsiyalar bilan, postmenopauzal yoshda esa qon-tomir va metabolik o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatuvchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 2024 yil 22 avgustda tasdiqlangan «Algoritm kliniko-nevrologicheskoy diagnostiki ostrogo narusheniya mozgovogo krovobrashheniya u lis molodogo vozrasta s giperkoagulyasionnom sindromom» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, №08-24/350-t. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filiali klinik amaliyotiga (2025 yil 28 apreldagi № 94-T buyrug‘i) va Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga (2025 yil 13 fevraldagi № 36 buyrug‘i) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: yosh guruhlarda klinik namoyon bo‘lishidan oldin skrining o‘tkazish imkoniyati yaratildi, bu esa yuqori xavf guruhlarini aniqlash va profilaktik tadbirlarni ertaroq boshlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: ishemik insul`t bilan kasallangan ayol bemorni bir yil davomida kuzatish va davolash xarajatlari - statsionar davolash (taxminan 5000000 so‘m), dori-darmonlar ( 1000000 so‘m), ambulator kuzatuv va laboratoriya tekshiruvlari (3 00000 so‘m) - jami 1200000 so‘mni tashkil etadi. Skrining orqali kasallikka moyillik erta aniqlanganda bu xarajatlar 9400000 so‘mgacha tushadi, ya’ni har bir bemorga 2600000 so‘m iqtisodiy foyda (12000000 – 9400000). 30 nafar ayolni qamrab olgan holda umumiy iqtisodiy samara 78000000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: yosh ayollarda genetik determinantalarni aniqlash insul`tning erta skriningi va individual profilaktikasini asoslash imkonini berdi, bu esa insul`t holatlarini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: fertil yoshdagi ayollarda ishemik hodisalar rivojlanishi bilan bog‘liq MTHFR C677T, F5 G1691A, F2 G20210A va PAI-1 4G/5G gen polimorfizmlarining gipergomotsisteinemiya, trombofiliya va endotelial disfunksiya bilan bog‘liqligi, shuningdek ishemik kasalliklarning erta va og‘ir kechishini belgilaydigan asosiy molekulyar-genetik omillar ekanini ko‘rsatuvchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 2024 yil 22 avgustda tasdiqlangan «Algoritm kliniko-nevrologicheskoy diagnostiki ostrogo narusheniya mozgovogo krovobrashheniya u lis molodogo vozrasta s giperkoagulyasionnom sindromom» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, №08-24/350-t. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filiali klinik amaliyotiga (2025 yil 28 apreldagi № 94-T buyrug‘i) va Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga (2025 yil 13 fevraldagi №36 buyrug‘i) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: genetik jihatdan moyil ayol bemorlarni erta aniqlash imkoni yaratildi, bu esa ularning xabardorligini oshirish, profilaktik kuzatuvni tashkil etish va natijada reproduktiv hamda mehnat salohiyatini saqlab qolishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: moyillikni erta aniqlash va ishemik holatlarning oldini olish imkoniyati orqali xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Fertil yoshdagi ayollarda skrining joriy etilganda bir bemorni bir yil mobaynida kuzatish va profilaktik davolash xarajatlari (maslahatlar, profilaktik terapiya va genetik testlarni o‘z ichiga olgan holda - taxminan 1400000 so‘m) insul`t rivojlangan holdagi davolash xarajatlariga (yiliga 12000000 so‘mgacha) nisbatan ancha past hisoblanadi. Demak, bir bemor uchun yiliga 10600000 so‘mgacha tejamga erishish mumkin bo‘ladi, bu esa mazkur modelni erta aralashuv dasturlari doirasida yuqori samarali deb baholash imkonini beradi. Xulosa: polimorfizmlarni ishemik insul`tlar prediktori sifatida aniqlash reproduktiv yoshdagi ayollarda erta tashxis aniqligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samaradorligi isbotlangan personallashtirilgan profilaktikani joriy etish imkonini yaratadi.
uchinchi ilmiy yangilik: yosh ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning rivojlanish xavfini baholashda, klinik ko‘rsatkichlar me’yorda saqlangan holatlarda ham yashirin genetik trombofiliyani erta aniqlashda molekulyar-genetik skriningni qo‘llash insul`t xavfini erta bashorat qilish imkonini berishi haqidagi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 2024 yil 22 avgustda tasdiqlangan «Metodi laboraorno-instrumental`noy diagnostiki ostrogo narusheniya mozgovogo kravoobshheniya u lis molodogo vozrasta s giperkoagulyasionnim sindromom» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, № 08-24/350-t. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filiali klinik amaliyotiga (2025 yil 28 apreldagi № 94-T buyrug‘i) va Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga (2025 yil 13 fevraldagi № 36 buyrug‘i) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: ushbu yondashuv erta tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish va avval aniqlanmagan xavf guruhlari uchun profilaktik kuzatuvni ta’minlash imkonini berdi. Bu, ayniqsa, insul`tlar bo‘yicha oilaviy tarixga, TIA epizodlariga, shuningdek, tug‘ruqdan keyingi yoki gormonal fon o‘zgarishi davrida kuzatilgan trombotik asoratlarga ega ayollar uchun dolzarb hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: Genetik xolat haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan va yuqori irsiy xavfga ega deb gumon qilingan ayollar uchun to‘liq laborator tahlillar ( o‘rtacha 600000 so‘m), kamida ikki mutaxassis bilan maslahatlashuv, shuningdek, antiagregantlar, antigipertenziv va gipolipidemik vositalarni o‘z ichiga olgan empirik davolash kurslari talab etiladi. Xulosa: taklif etilgan tashxis modeli nafaqat iqtisodiy jihatdan asoslangan, balki xatarni erta aniqlash imkonini oshiradi, bu esa yosh ayollarda serebrovaskulyar patologiyani boshqarishda individual yondashuvni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: genetik mutatsiya turi, yoshga oid fiziologik xususiyatlar va trombofiliya holatini hisobga olgan holda serebrovaskulyar kasalliklar uchun differensial davo mezoni ishlab chiqilib, uning ishlatilishi individual terapiya taktikasi va klinik natijalarni yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatuvchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori bilan 2024 yil 22 avgustda tasdiqlangan «Metodi laboratorno-instrumental`noy diagnostiki ostrogo narusheniya mozgovogo kravoobshheniya u lis molodogo vozrasta s giperkoagulyasionnim sindromom» nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, № 08-24/350-t. Tadqiqot natijalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filiali klinik amaliyotiga (2025 yil 28 apreldagi № 94-T buyrug‘i) va Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga (2025 yil 13 fevraldagi № 36 buyrug‘i) joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: mehnatga layoqatlilikni saqlab qolish va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali aholi salomatligini yaxshilashda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorlik: bir bemorni davolash xarajatlari o‘rtacha 12000000 so‘mni tashkil etadi, residiv xavfi 50% ga kamayganda esa 6000000 so‘m tejaladi. 30 nafar bemorda bu ko‘rsatkich 180000000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Genetik asoslangan differensial davo algoritmining joriy etilishi ayollarda serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, qaytalanish holatlarini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.