Ro‘ziev Jamshid Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polipoz rinosinusit davosini takomillashtirish va oldini olish», 14.00.04 –Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib.4036.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev G‘ayrat Umrilloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;Vladimirova Tat`yana Yul`evna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polipoz rinosinusit kechishining og‘irlik darajasi qon zardobidagi D vitamini konsentratsiyasiga bog‘liq burun va burun yondosh bushliqlari shilliq qavati fibroblast xujayralar proliferatsiyasi, qondagi periostin konsentratsiyasiga mutanosibligi prognostik mezon ekanligi aniqlangan;
ilk bor yallig‘lanish jarayonining og‘irligini baholash uchun  polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda, tizimli va mahalliy eozinofil yallig‘lanish darajasi, hamda hujayra infil`tratsiyasi intensivligining gradatsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda FESS,  septoplastika va pastki burun chig‘anoqlarining shilliq osti vazotomiyasi operatsiyasidan keyingi davrda  ingalyasion intranazal GKS va D vitaminini buyurish orkali ana’naviy davolash usuli takomilashtirilgan;
polipoz rinosinusit residivlari oldini olish uchun taklif kilingan profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligi mahalliy eozinofil yallig‘lanishning uzok muddat  kuzatilmagani va qaytalanishlar sonining 87% ga kamayishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor polipoz rinosinusit kechishining og‘irlik darajasi qon zardobidagi D vitamini konsentratsiyasiga bog‘liqligining prognostik ahamiyati,ya’ni burun va burun yondosh bushliqlari shilliq qavati fibroblast xujayralar proliferatsiyasiga ta’siri, qondagi periostin konsentratsiyasiga mutanosibligi aniqlangan;bu yangilik Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 111-U/2025-sonli va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.02.2025 yildagi 23-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: polipoz rinosinusitning asosiy klinik belgilarini aniqlash va baholash mezonlarini ishlab chiqish, kasallikni erta tashxislash va qaytalanishining oldini olishga asos bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: polipoz rinosinusitni Lund-Kennedi shkalasi bo‘yicha, endoskopik tekshirish va KT tasvirlarini Lund-Makkey shkalasi bo‘yicha baholash, kasallikning og‘irlik darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zaruratini bartaraf etdi. Xulosa: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda, kasallikning og‘irlik darajasini asoslash, kasallikni erta tashxislash va qaytalanishining oldini olish uchun asos bo‘lib, bu "Polipoz rinosinusitning epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi, tashxislash va davolash asoslari" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritildi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan)
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor yallig‘lanish jarayonining og‘irligini baholash uchun  polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda, tizimli va mahalliy eozinofil yallig‘lanish darajasi hamda hujayra infil`tratsiyasi intensivligining gradatsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;Bu yangilik Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 111-U/2025-son buyrug‘i va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.02.2025 yildagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: burundan ajralgan ajralmani mikrobiologik tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, mikroblarga qarshi dori vositalarini buyurish dori-darmonlar bilan davolash samaradorligini oshirdi va qo‘shimcha mikroblarga qarshi dori vositalarini buyurishni istisno qilish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi mikrobiologik tekshiruv natijalariga ko‘ra, makrolidlar va III-IV avlod respirator ftorxinolonlarni qo‘llash yallig‘lanish jarayonlarining tezda bartaraf etilishiga olib keldi va operatsiyadan keyingi yiringli asoratlarning oldini olish orqali, statsionar davolanish muddatini 8 kundan 5 kungacha qisqartirdi, bu esa 1 nafar bemor uchun 750000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.Xulosa: Antibiotiklarga chidamlilikni rivojlanishining oldini olish va  qo‘zg‘atuvchilarga ta’sirini hisobga olgan holda mikroblarga qarshi dori vositalarini tayinlash va operatsiyadan keyingi statsionar davolanish muddatini 8 kundan 5 kungacha qisqartirish orqali erishildi.Bu ma’lumot "Polipoz rinosinusitning epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi, tashxislash va davolash asoslari" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritildi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan).
uchinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda FESS,  septoplastika va pastki burun chig‘anoqlarining shilliq osti vazotomiyasi operatsiyasidan keyingi davrda  ingalyasion intranazal GKS va D vitaminini buyurish orkali ana’naviy davolash usuli takomilashtirilgan. Ushbu kompleks davolash usuli Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 111-U/2025-son buyrug‘i va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.02.2025 yildagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda qaytalanishini oldini olish uchun operatsiyadan oldingi va keyingi davrda davolash chora tadbirlarini ketma-ketligini qo‘llash va otorinolaringolog,allergolog-imunolog,pul`manolog xamkorlikda ish olib borish  zarurligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: polipoz rinosinusitni davolashda chora tadbirlar ketma ketligini qo‘llash natijasida xar bir nafar bemor uchun 350 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.  Xulosa: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda davolash chora tadbirlari ketma-ketligini qo‘llash orqali qaytalanish xavfini kamaytirish imkonini berdi. Bu ma’lumot "Polipoz rinosinusitning epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi, tashxislash va davolash asoslari" uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga kiritildi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: polipoz rinosinusit residivlari oldini olish uchun taklif kilingan profilaktika chora-tadbirlarining samaradorligi mahalliy eozinofil yallig‘lanishning uzok muddat  kuzatilmagani va qaytalanishlar sonining 87% ga kamayishi bilan isbotlangan. Bu yangilik Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 111-U/2025-son buyrug‘i va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 02.02.2025 yildagi 23-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17-sonli xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda periostin miqdori yuqori va D vitamini miqdori past bo‘lsa, kasallikning qaytalanish xavfi yuqori ekanligi aniqlandi. Bu kashfiyot kasallik qaytalanishining oldini olish chora-tadbirlarini erta boshlash uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlar qon zardobidagi periostin va D vitamini miqdori asosida polipozli rinosinusitning qaytalanish ehtimolini aniqlash hisobiga har bir bemor uchun qo‘shimcha KT o‘tkazishda 250000 so‘m va endoskopik tekshiruvlar o‘tkazishda 150000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: polipoz rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarda qondagi D vitaminining past konsentratsiyasi va periostinning yuqori darajasi qaytalanish xavfining yuqori prognostik omillari ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot "Polipoz rinosinusitning epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi, tashxislash va davolash asoslari" uslubiy tavsiyanomasi tarkibiga kiritildi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 6 noyabrdagi 3-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan).

Yangiliklarga obuna bo‘lish