Xasanova Dildora O‘ktam qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari etishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”
08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4694
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Abdugʻaniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kasimov Azamat Abdukarimovich va iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sauxanov Janibek Kazievichlar tavsiya etiladi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hududlarda chorvachilik mahsulotlarini etishtirish jarayonlarini statistik tahlil qilish hamda ekonometrik modellarini tuzish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholini asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash “chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasi” (TK = 0,30), “narxlarining o‘zgarib turish darajasi” (NO‘ = 0,25), “daromadlarning o‘rtacha narxlarga nisbati” (ADO‘N = 0,25), “ichki ishlab chiqarish barqarorligi darajasi” (IIChB = 0,20) o‘rtasidagi mezonlari bo‘yicha vazn qiymatlari ishlab chiqilgan;
hudud aholisining chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash “juda yuqori” (TDBjyu≥0,8), “yuqori” (0,6≤TDByu≤0,79), “o‘rta” (0,4≤TDBo‘≤0,59), “past” (0,2≤TDBp≤0,39), “juda past” (TDBjp<0,2) guruhlari qiymat chegaralarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
chorvachilik mahsulotlarini ichki ishlab chiqarish barqarorligi yillik ishlab chiqarish hajmining standart og‘ishi, o‘rtacha yillik o‘zgarish hajmi ko‘rsatkichlardan kelib chiqan holda narx o‘zgarishining oziq-ovqat xavfsizligiga ta'sirini ifodalovchi “past o‘zgaruvchanlik” (0-5%), “o‘rta o‘zgaruvchanlik” (5%-10%), “yuqori o‘zgaruvchanlik” (10% dan yuqori) shkalalari asoslangan;
Surxondaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ko‘p variantli ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chorvachilik mahsulotlarini asosiy turlarini etishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholini asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash “chorvachilik mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasi” (TK = 0,30), “narxlarining o‘zgarib turish darajasi” (NO‘ = 0,25), “daromadlarning o‘rtacha narxlarga nisbati” (ADO‘N = 0,25), “ichki ishlab chiqarish barqarorligi darajasi” (IIChB = 0,20) o‘rtasidagi mezonlari bo‘yicha vazn qiymatlaridan foydalanish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyadagi 07-07/9729-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Surxondaryo viloyatida asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari yrtishtirish samaradorligini 4-5 foizga yaxshilash imkonini yaratgan;
hudud aholisining chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash “juda yuqori” (TDBjyu≥0,8), “yuqori” (0,6≤TDByu≤0,79), “o‘rta” (0,4≤TDBo‘≤0,59), “past” (0,2≤TDBp≤0,39), “juda past” (TDBjp<0,2) guruhlari qiymat chegaralarini belgilash orqali takomillashtirish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyadagi 07-07/9729-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda chorvachilik mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarni individual yondoshuv asosida qo‘llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqilib, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,32 barobarga oshgani aniqlangan;
chorvachilik mahsulotlarini ichki ishlab chiqarish barqarorligi yillik ishlab chiqarish hajmining standart og‘ishi, o‘rtacha yillik o‘zgarish hajmi ko‘rsatkichlardan kelib chiqan holda narx o‘zgarishining oziq-ovqat xavfsizligiga ta'sirini ifodalovchi “past o‘zgaruvchanlik” (0-5%), “o‘rta o‘zgaruvchanlik” (5%-10%), “yuqori o‘zgaruvchanlik” (10% dan yuqori) shkalalaridan foydalanish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyadagi 07-07/9729-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududlarda chorvachilik sohasini barqarorlashtirishdada yo‘l xaritalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p variantli ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlarni hamda yangidan o‘zlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyadagi 07-07/9729-sonli ma’lumotnomasi). Olingan prognoz natijalari asosida Surxondaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlarining asosiy turlarini 2030-yilgacha ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan va ularning istiqbolli o‘sish tendensiyalari belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish