Kuchkarov Toxir Safarovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasi  g‘aznachiligi axborot tizimini  takomillashtirish», 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Iqt164.

Ilmiy maslahatchi: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Abdugaffarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataniyazov Boltaboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasi g‘aznachiligi axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

davlat byudjeti daromadlarining g‘aznachilik axborot tizimi sharoitida yagona g‘aznachilik hisob raqamida to‘planishi va ularning samarali ravishda boshqarilishining nazariy va uslubiy jihatlari raqamli iqtisodiyot texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;

g‘aznachilik axborot tizimini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholashda byudjet to‘lovlarini elektron holda amalga oshirish natijasida inson omilining keskin kamayishi, vaqt va resurslarning iqtisodi, mamlakat va tarmoq rivojlanishi strategiyasiga mos kelishi  oqibatida erishiladigan sotsial-iqtisodiy samaradorliklarni ham qo‘shib jamlagan holda  baholash usulini qo‘llash metodikasi ishlab chiqilgan;

g‘aznachilik axborot tizimi sharoitida byudjet ijrosi jarayonlari qatnashchilarining yagona axborot makoni doirasida o‘zaro axborot almashinuvi integratsiyasining uslubiy konseptual tizimi raqamli iqtisodiyot texnologiyalari, elektron raqamli imzo va xavfsizlik tizimini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

O‘zbekistonda milliy g‘aznachilik axborot tizimining funksional va dasturiy ta’minotlari asoslab berilgan va ularni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

O‘zbekistonda g‘aznachilik axborot tizimini yaratish bo‘yicha g‘aznachilik axborot tizimi uchun “TREASURE” dasturiy kompleksi yaratilgan;

g‘aznachilik axborot tizimi va byudjet tashkilotlarining «O‘zASBO byudjet tashkilotlarida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy majmuasi» tizimlari orasida raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron raqamli imzo va axborot xavfsizligi himoyasi vositalarini qo‘llash orqali o‘zaro axborotlar almashinish integratsiyasining samarali funksional modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasi g‘aznachiligi axborot tizimini takomillashtirish sohasida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

davlat byudjeti daromadlarining g‘aznachilik axborot tizimi sharoitida yagona g‘aznachilik hisob raqamida to‘planishi va ularning samarali ravishda boshqarilishini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Moliya vazirligi g‘aznachiligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/26-35-18-01/83-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika bo‘yicha byudjet daromadlari soliq tashkilotlariga emas to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika yagona g‘aznachilik hisob raqamigaga kelib tushadigan bo‘lgan va byudjet daromadlari yig‘ilishining iqtisodiy samaradorligi keskin oshgan;

g‘aznachilik axborot tizimini joriy etishning iqtisodiy samaradorligini baholashda byudjet to‘lovlarini elektron holda amalga oshirish natijasida inson omilining keskin kamayishi, vaqt va resurslarning iqtisodi, mamlakat va tarmoq rivojlanishi strategiyasiga mos kelishi oqibatida erishiladigan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorliklarni ham qo‘shib jamlagan holda  baholash usulini qo‘llash metodikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/26-35-18-01/83-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘aznachilik axborot tizimini joriy etishning samaradorligini baholashda, nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki qo‘shimcha erishilgan ijtimoiy samaradorlik, o‘zaro axborot almashinishda inson omilining kamayishi, axborot almashish tezligi va qulaylik kabi omillarni hisobga olgan holda  ishlab chiqilgan va joriy etilgan;

g‘aznachilik axborot tizimi sharoitida byudjet ijrosi jarayoni qatnashchilarining yagona axborot makoni doirasida o‘zaro axborot almashinuvi integratsiyasi to‘g‘risidagi ishlab chiqilgan takliflar Moliya vazirligi g‘aznachiligi tizimi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/26-35-18-01/83-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron to‘lovlarni amalga oshirishda elektron raqamli imzo va axborotlarni himoyalash tizimlarini qo‘llab inson omili  ishtirokisiz respublika bo‘yicha barcha byudjet tashkilotlari va g‘aznachilik bo‘limlari axborot tizimlari o‘rtasida samarali axborot almashinuvi integratsiyasi amalga oshirilgan;

O‘zbekistonda milliy g‘aznachilik axborot tizimining funksional va dasturiy ta’minotlarini yaratish asoslab berilgan va ularni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha berilgan takliflar Moliya vazirligi tizimiga joriy qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/26-35-18-01/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgan takliflar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini yaratishga bo‘lgan talablar nomli asosiy hujjat tarkibiga kiritilgan, «Davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosining axborot tizimi» nomli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining grifi bilan yaratilgan o‘quv qo‘llanma g‘aznachilik tizimi xodimlarining malakasini oshirish tizimida ularning malakasini oshirishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonda g‘aznachilik axborot tizimini yaratish takliflari bo‘yicha g‘aznachilik axborot tizimi uchun yaratilgan “TREASURE” dasturiy kompleksi  Moliya vazirligi g‘aznachiligi tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/26-35-18-01/83-son ma’lumotnomasi). Respublika  g‘aznachilik tizimi faoliyatiga “TREASURE” dasturiy kompleksining joriy etilishi natijasida yillik 0,4 mlrd so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan;

g‘aznachilik axborot tizimi va byudjet tashkilotlarining «O‘zASBO byudjet tashkilotlarida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy majmuasi» tizimlari orasida raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron raqamli imzo va axborot xavfsizligi himoyasi vositalarini qo‘llash orqali o‘zaro axborotlar almashinish integratsiyasining samarali funksional modeli Moliya vazirligi tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi AK/26-35-18-01/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasining 23 mingdan ortiq byudjet tashkilotlari g‘aznachilik axborot tizimiga va u orqali banklar, statistika bo‘limlari, elektron birja va boshqa tashkilotlar axborotlar tizimlariga raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini qo‘llash orqali samarali bog‘lanish imkoniyati ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish