Sarvar Mahmudovich Quldashevning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Devonu lug‘otit turk” davlat boshqaruvi bo‘yicha muhim manba”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”.
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqami: B2025.3.PhD/Tar1625
Ilmiy rahbar: Azamat Ziyo, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ablat Xo‘jaev, tarix fanlari doktori, professor;
Ravshan Xudoyberganov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarini davlat boshqaruvi tarixiga oid muhim manba sifatida ilmiy muomalaga kiritish hamda undagi ma’lumotlar asosida 11-yuzyillik o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimini ilmiy jihatdan ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
11-yuzyillikda turkiy davlatlar boshqaruvi tizimida ikki pog‘onali kengash tizimi — oliy davlat kengashi (hukmdor, yirik mansabdorlar va harbiy zodagonlardan iborat) hamda xalq kengashi (urug‘ oqsoqollari, jamoa vakillari va mahalliy sardorlardan iborat) bo‘lganligi va davlat kengashi urush e’lon qilish, davlat siyosatini belgilash, qonunlarni tasdiqlash va diplomatik masalalarni hal etish bilan, xalq kengashi esa ariq kovlash, ekin ekish, hosil yig‘imi, yaylov taqsimoti kabi ijtimoiy-xo‘jalik masalalar bilan shug‘ullangani dalillangan;
11-yuzyillikda kishilarni mansabga tayinlash va unvonlar berish jarayoni, Somoniylar, G‘aznaviylar va Anushteginiylar davrida qo‘llanilgan tiroz(oltin iplar bilan bezatilgan, chetlari zarrin yoqali yozuvlar tushirilgan hukmdorga xos maxsus kiyim) va hilat(tirozning hukmdor tomonidan boshqalarga berilishi) ramziy marosimlaridan farqli o‘laroq, vazirlikka tayinlanganga qora chodir, viloyatga hokim bo‘lganlarga ot, jangchilarga esa nayza berish kabi turkiy anʼanalar saqlanib qolgani bilan dalillangan;
Mazkur davrda O‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimida dastlab turkiycha bo‘lgan tayang‘u, ag‘ichi, alimg‘a, suboshi, o‘rduboshi kabi mansablarning o‘rnini Islom dini keng tarqalishi va arab-fors madaniy ta’siri kuchayishi natijasida hojib, mustofiy, kotib, sipohsalar, farrosh singari lavozimlar egallagani hamda boshqaruv an’analari mazmunan saqlangan holda islomiy boshqaruv shakliga moslashganligi aniqlangan;
Turkiylarning ilk harbiy amaliyotida ko‘chmanchilikka xos tezkor hujum va pistirma usullari ustunlik qilgan bo‘lsa, 11-yuzyillikdan boshlab faol o‘troqlikka o‘tish natijasida ularning harbiy amaliyotida qarg‘u (kuzatuv minorasi), ukaklar (qal’a devoridagi pana joy) kabi inshootlardan foydalanish va qo‘riqchi hamda chegarachilarni faoliyatini ham mudofaa
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
11-yuzyillikda turkiy davlatlar boshqaruvi tizimida ikki pog‘onali kengash tizimi — oliy davlat kengashi (hukmdor, yirik mansabdorlar va harbiy zodagonlardan iborat) hamda xalq kengashi (urug‘ oqsoqollari, jamoa vakillari va mahalliy sardorlardan iborat) bo‘lganligi va davlat kengashi urush e’lon qilish, davlat siyosatini belgilash, qonunlarni tasdiqlash va diplomatik masalalarni hal etish bilan, xalq kengashi esa ariq kovlash, ekin ekish, hosil yig‘imi, yaylov taqsimoti kabi ijtimoiy-xo‘jalik masalalar bilan shug‘ullanganiga oid ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida amalga oshirilgan FZ-202007287 raqamli “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” loyihasida foydalanilgan. Natija asosida “Devon” asari “davlat boshqaruvi bo‘yicha manba” sifatida platformaning elektron bazasiga kiritilib, manbashunoslik bo‘limining asosiy tarkibiy qismi sifatida tasniflangan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 7-maydagi 3/1255-1129-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy qilinishi o‘rta asr boshqaruv tizimini aks ettiruvchi manbalarni raqamli formatda tizimlashtirish va ilmiy foydalanishga qulay sharoit yaratishga xizmat qilgan.
11-yuzyillikda kishilarni mansabga tayinlash va unvonlar berish jarayoni, Somoniylar, G‘aznaviylar va Anushteginiylar davrida qo‘llanilgan tiroz(oltin iplar bilan bezatilgan, chetlari zarrin yoqali yozuvlar tushirilgan hukmdorga xos maxsus kiyim) va hilat(tirozning hukmdor tomonidan boshqalarga berilishi) ramziy marosimlaridan farqli o‘laroq, vazirlikka tayinlanganga qora chodir, viloyatga hokim bo‘lganlarga ot, jangchilarga esa nayza berish kabi turkiy anʼanalar saqlanib qolgani haqidagi ilmiy yangilik “Tarix maydoni” ko‘rsatuvining “Devonu lug‘otit turk — turkiy madaniyat ko‘zgusida” mavzusi ssenariysida yoritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” DMning 2025-yil 10-oktyabrdagi 15-33/751-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijaning joriy etilishi qadimgi turkiy siyosiy marosimlarning o‘ziga xos an’analarini keng jamoatchilik ongiga ilmiy asosda etkazishga xizmat qilgan.
Mazkur davrda O‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimida dastlab turkiycha bo‘lgan tayang‘u, ag‘ichi, alimg‘a, suboshi, o‘rduboshi kabi mansablarning o‘rnini Islom dini keng tarqalishi va arab-fors madaniy ta’siri kuchayishi natijasida hojib, mustofiy, kotib, sipohsalar, farrosh singari lavozimlar egallagani hamda boshqaruv anʼanalari mazmunan saqlangan holda islomiy boshqaruv shakliga moslashganligi haqidagi ilmiy xulosa “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysida yoritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” DMning 2025-yil 17-martdagi 01-30/155-sonli ma’lumotnomasi). Bu natijaning amaliyotga tatbiqi 11-yuzyillik boshqaruvdagi madaniy-ta’siriy o‘zgarishlarni xalqchil va ilmiy-ommabop shaklda yoritishga xizmat qilgan.
Turkiylarning ilk harbiy amaliyotida ko‘chmanchilikka xos tezkor hujum va pistirma usullari ustunlik qilgan bo‘lsa, 11-yuzyillikdan boshlab faol o‘troqlikka o‘tish natijasida ularning harbiy amaliyotida qarg‘u (kuzatuv minorasi), ukaklar (qalʼa devoridagi pana joy) kabi inshootlardan foydalanish va qo‘riqchi hamda chegarachilarni faoliyatini ham mudofaa uslubiga moslashishi yuz berayotgani haqida berilgan ilmiy yangilik “Tarix maydoni” ko‘rsatuvining “Devonu lug‘otit turk — turkiy madaniyat ko‘zgusida” mavzusida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” DMning 2025-yil 10-oktyabrdagi 15-33/751-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning joriy qilinishi turkiy harbiy madaniyatdagi strategik o‘zgarishlarni keng jamoatchilik ongiga tarixiy manbalar asosida etkazishga xizmat qilgan.