Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘lining
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt897
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutdjan Karimovna iqtisodiyot fanlari doktori professor, Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna iqtisodiyot fanlari doktori professor, Yusupxo‘jaeva Gulchexra Baxodirovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarish metodologiyasini yanada takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoati korxonalarining strategik boshqaruv faoliyati samaradorligini yaxlit integral ko‘rsatkich asosida baholash uslubiyoti strategik boshqaruv obektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyati darajasi bo‘yicha 0,1-0,5 intervalida aniqlangan vazn koeffisientlari va boshqaruv quyi tizimlari sifat ko‘rsatkichlari (boshqaruv tizimidagi xodimlarning malaka darajasi, resurslardan foydalanish unumdorligi, ahborot almashinuvi tezligi kabi mezonlarning 1-10 ball shkalasida baholanishi) o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning raqobatbardoshligi mustahkamlash, bozordagi o‘zgaruvchan talabni to‘liq va barqaror qondirish xamda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonlari, resurslar taqsimoti va marketing strategiyalarini ilmiy asoslangan prognozlar asosida muvofiqlashtirib, doimiy ravishda yangilanib boruvchi kompleks boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida multiplikativ samarani aniqlash metodologiyasi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar daromadning o‘sish sur’ati, rentabellik va likvidlik koeffisientlari)ni baholash, resurs ta’minotini tizimli shakllantirish, moliyaviy boshqaruv usullarini tanlash va natijalarni prognoz qilish hamda samaradorlikni baholash kabi strategik vazifalarni algoritmik tizimlash asosida takomillashtirilgan;
resurslarning aniq davriy talab dinamikasini va o‘rtacha resurs talabini hisobga oluvchi mavsumiylik indeksini 15-20%ga hamda mavsumiylik omilining salbiy ta’sirini 25-30% darajada kamaytirishga yo‘naltirilgan davriy dekompozisiyalash modeli orqali oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatidagi mavsumiylik ta’sirini pasaytirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatiga kiritilayotgan investisiyalar hajmi, axoli jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining mutloq o‘sish darajasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari soni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati va oziq-ovqat mahsulotlari eksportining tarmoq yalpi mahsuloti hajmiga ta’siringi ifodalovchi ko‘p omilli ARIMA modeli asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoati korxonalarining strategik boshqaruv faoliyati samaradorligini yaxlit integral ko‘rsatkich asosida baholash uslubiyoti strategik boshqaruv obektlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyati darajasi bo‘yicha 0,1-0,5 intervalida aniqlangan vazn koeffisientlari va boshqaruv quyi tizimlari sifat ko‘rsatkichlari (boshqaruv tizimidagi xodimlarning malaka darajasi, resurslardan foydalanish unumdorligi, ahborot almashinuvi tezligi kabi mezonlarning 1-10 ball shkalasida baholanishi) o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash jihatidan takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 14-iyuldagi 14-77/07-2025-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion rivojlantirishni strategik boshqarish konsepsiyasini shakllantirish aniqligi ortib, korxonalar boshqaruvning alohida quyi tizimlarini o‘zida birlashtiruvchi yaxlit tizimda boshqaruv samaradorligining umumiy sifat ko‘rsatkichini baholash aniqligi 9-13 foizga ortgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxonaning raqobatbardoshligi mustahkamlash, bozordagi o‘zgaruvchan talabni to‘liq va barqaror qondirish hamda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonlari, resurslar taqsimoti va marketing strategiyalarini ilmiy asoslangan prognozlar asosida muvofiqlashtirib, doimiy ravishda yangilanib boruvchi kompleks boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanoat iqtisodiyoti” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti uslubiy Kengashining 2025-yil 2-iyundagi 2-son bayoni va O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 14-iyuldagi 14-77/07-2025-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda doimiy ravishda yangilanib boruvchi kompleks boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini strategik boshqarish tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarida multiplikativ samarani aniqlash metodologiyasi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar daromadning o‘sish sur’ati, rentabellik va likvidlik koeffisientlari)ni baholash, resurs ta’minotini tizimli shakllantirish, moliyaviy boshqaruv usullarini tanlash va natijalarni prognoz qilish hamda samaradorlikni baholash kabi strategik vazifalarni algoritmik tizimlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 14-iyuldagi 14-77/07-2025-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalarida yondosh tarmoqlarning multiplikativ samarasi hisobiga hududlarda oziq-ovqat sanoati korxonalari foydasining miqdori 5-7 foizga ortgan;
resurslarning aniq davriy talab dinamikasini va o‘rtacha resurs talabini hisobga oluvchi mavsumiylik indeksini 15-20%ga hamda mavsumiylik omilining salbiy ta’sirini 25-30% darajada kamaytirishga yo‘naltirilgan davriy dekompozisiyalash modeli orqali oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatidagi mavsumiylik ta'sirini pasaytirish taklifi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 14-iyuldagi 14-77/07-2025-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati korxonalarida resurs zaxirasidagi barqarorlikni ta’minlash hisobiga mavsumiylik omilining salbiy ta’siri darajasi 8-11 foizga qisqargan;
O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatiga kiritilayotgan investisiyalar hajmi, aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining mutloq o‘sish darajasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari soni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati va oziq-ovqat mahsulotlari eksportining tarmoq yalpi mahsuloti hajmiga ta’siringi ifodalovchi ko‘p omilli ARIMA modeli asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlar O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 14-iyuldagi 14-77/07-2025-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oziq-ovqat sanoati tarmog‘i faoliyati uchun o‘rta va uzoq muddatli davrga maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi va uni amalga oshirish vazifalarini optimal tashkil etish aniqligi ortgan.