Egamberdieva Mashhura Egamberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi ochiq burchakli nazla bilan og‘rigan bemorlarda kombinatsiyalangan oftal`mogipotenziv dorilarning klinik samaradorligini qiyosiy baholash», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Tib3542.
Ilmiy rahbar: Narzikulova Kumri Islomovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Normatova Nargiza Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zagidullina Aygul` Shamil`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: «Ozarbayjon tibbiyot universiteti» (Ozarbayjon).
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayonida ularning hayot sifatini hisobga olgan holda, kombinatsiyalangan oftal`mogipotenziv preparatlarning klinik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda bir kator oftal`mogipotenziv dorilarning tarkibidagi molekulalarining o‘zaro kuchaytiruvchi ta’siri, «yuvilib ketish» xususiyati xamda gipotenziv faolligi inobatga olinib  samaradorligi asoslangan;
birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda birmonidin va brinzolamid asosidagi konservantsiz fiksatsiyalangan kombinatsiyali dori vositasini qo‘llash ko‘z ichki bosimini ishonchli darajada pasayishi hamda ko‘z ichki suyuqligining oqib ketish koeffisientining yaxshilanishi aniklangan;
birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarni konservativ davolash jarayonida, o‘zbek tiliga moslashtirilgan NEIVFQ-25 so‘rovnomasi asosida hayot sifati ko‘rsatkichlari baholanganda, ko‘z ichki bosimi pasayishi bilan hayot sifati yaxshilanishi o‘rtasida mutanosib korrelyasiya aniqlangan;
birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda davlat tilidagi NEIVFQ-25 so‘rovnomasining klinik ishonchliligi va terapevtik jarayondagi prognostik ahamiyati al`fa-Kronbax koeffisientining yuqori ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi 14-sonli xulosasiga asosan quyidagilar taqdim etildi:
 birinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda bir kator oftal`mogipotenziv dorilarning tarkibidagi molekulalarining o‘zaro kuchaytiruvchi ta’siri, «yuvilib ketish» xususiyati xamda gipotenziv faolligi inobatga olinib  samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari brimonidin va brinzolamidning noyob kombinatsiyasi asosida ishlab chiqilgan preparatning samaradorligini tasdiqladi, bu esa zamonaviy oftal`molog arsenalida yangi fiksatsiyalangan kombinatsiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu ma’lumotlar “Glaukoma bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini hayot sifati ko‘rsatkichlari yordamida baholash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida  tasdiqlangan №06-24/325-t 21 iyun 2024 yil) tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Jizzax filiali (RIKMIATM) klinik amaliyotiga joriy etildi (29.08.2024 yildagi №35/1-sonli buyruq), shuningdek O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi milliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (12.09.2024 yildagi №OI-03/52-sonli buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: yangi preparatning BOBG bilan kasallangan bemorlarda ambulator sharoitda qo‘llanilishi ko‘rish qobiliyatining qaytmas yo‘qolishini o‘z vaqtida oldini olish imkonini beradi, bu esa mehnatga layoqatlilikni saqlash va nogironlik darajasini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: flakonlar sonining kamayishi hisobiga brimonidin va brinzolamidning fiksatsiyalangan kombinatsiyasidan foydalanish fiksatsiyalanmagan terapiyaga nisbatan ikki baravar arzon bo‘ladi. Har bir bemor, bir flakon uchun 27500 so‘m, yiliga esa 330000 so‘m tejashi mumkin. Xulosa: glaubrinza preparatini joriy etish glaukomani davolashda katta rivojlanishga hissa qo‘shadi, chunki u yuqori klinik samaradorlik, xavfsizlik va bemorlar uchun iqtisodiy jihatdan maqbullikni birlashtirishi aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda birmonidin va brinzolamid asosidagi konservantsiz fiksatsiyalangan kombinatsiyali dori vositasini qo‘llash ko‘z ichki bosimini ishonchli darajada pasayishi hamda ko‘z ichki suyuqligining oqib ketish koeffisientining yaxshilanishi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: BOBGni davolashda brimonidin va brinzolamid preparatlarining fiksatsiyalangan va fiksatsiyalanmagan kombinatsiyalarining gipotenziv faolligini zamonaviy tekshiruv usullaridan foydalangan holda qiyosiy tadqiq etish birinchi marta amalga oshirilgan va olingan ma’lumotlar fiksatsiyalangan kombinatsiyaning gipotenziv samaradorligi preparatning alohida komponentlarini ketma-ket tomizishga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar “Glaukoma bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini hayot sifati ko‘rsatkichlari yordamida baholash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida  tasdiqlangan №06-24/325-t 21 iyun 2024 yil) tarkibiga kiritilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Jizzax filiali (RIKMIATM) klinik amaliyotiga joriy etildi (29.08.2024 yildagi №35/1-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi milliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (12.09.2024 yildagi №OI-03/52-sonli buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: fiksatsiyalangan kombinatsiyalangan terapiya bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, ular qatoriga davolash sxemalarini soddalashtirish va bemorlarning davolanishga moyilligini oshirish kiradi. Iqtisodiy samaradorligi: flakonlar sonining kamayishi hisobiga brimonidin va brinzolamidning fiksatsiyalangan kombinatsiyadan foydalanish monoterapiyaga nisbatan ikki baravar arzonga tushadi. Xulosa: fiksatsiyalangan kombinatsiyalarni joriy etish glaukomani samarali va iqtisodiy jihatdan maqbul davolash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi, terapiyaning ijtimoiy va klinik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi isbotlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarni konservativ davolash jarayonida, o‘zbek tiliga moslashtirilgan NEIVFQ-25 so‘rovnomasi asosida hayot sifati ko‘rsatkichlari baholanganda, ko‘z ichki bosimi pasayishi bilan hayot sifati yaxshilanishi o‘rtasida mutanosib korrelyasiya aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: moslashtirilgan so‘rovnoma O‘zbekistonda ko‘z kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning HS baholashni standartlashtirishda muhim qadam bo‘ldi, bu respublika aholisining mentaliteti, milliy, til va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi va ushbu so‘rovnomadan foydalanish glaukomaning bemorlarning HSga ta’sirini ob’ektiv baholash, ularning holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlar “Birlamchi ochik burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini aniqlash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida  tasdiqlangan №06-24/325-t 21 iyun 2024 yil). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Djizzax filiali (RIKMIATM) klinik amaliyotiga joriy etildi (29.08.2024 yildagi №35-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi milliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (12.09.2024 yildagi №OI-03/52-sonli buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: moslashtirilgan so‘rovnoma asosida skrining o‘tkazish orqali glaukoma bilan kasallangan bemorlarni erta aniqlash qaytmas ko‘rish buzilishlarini oldini olish imkonini beradi, ko‘zning klinik-funksional ko‘rsatkichlari va bemorlarning hayot sifatini saqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: glaukoma bilan kasallangan bemorlarni to‘liq diagnostikalash va kuzatish yiliga o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etadi va konservativ davolash xarajatlari yiliga 1,3–1,7 million so‘mni tashkil qiladi, glaukomani erta aniqlash uchun skrining usullarini joriy etish esa bu xarajatlarni 50%ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: moslashtirilgan NEI-VFQ-25 so‘rovnomasi glaukomani erta aniqlash va bemorlarning hayot sifatini monitoring qilishda samarali vosita sifatida o‘zini isbotlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda davlat tilidagi NEIVFQ-25 so‘rovnomasining klinik ishonchliligi va terapevtik jarayondagi prognostik ahamiyati al`fa-Kronbax koeffisientining yuqori ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yangilik tibbiy standartlarni yaxshilash va ko‘rsatilayotgan oftal`mologik yordam sifatini oshirishga hissa qo‘shadi. Ushbu ma’lumotlar “Birlamchi ochik burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini aniqlash” deb nomlangan metodik tavsiyalar (TTA Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashida  tasdiqlangan №06-24/325-t 21 iyun 2024 yil). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiy markazi Djizzax filiali (RIKMIATM) klinik amaliyotiga joriy etildi (29.08.2024 yildagi №35-sonli buyruq), shuningdek, O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi milliy tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etildi (12.09.2024 yildagi №OI-03/52-sonli buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: HS baholash terapiyaning ahamiyatini bemorga namoyon etadi, bu esa davolash rejimiga rioya qilish va unga moyillikni oshiradi va kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi, bemorlarning HS nazorat qilish ularning mehnat qobiliyatini saqlab qolish, nogiron hamda keksalarga qarash bilan bog‘liq ijtimoiy xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: so‘rovnomani oftal`mologik amaliyotga joriy etish, quyidagilar hisobiga bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan yillik xarajatlarni 10–15% ga qisqartirish imkonini beradi: asossiz dori vositalarini almashtirish holatlarining kamayishi, qo‘shimcha shifokor qabullari sonining ozayishi hamda davolash jarayonini samarali monitoring qilish imkoniyatlarining yaxshilanishi. Xulosa: so‘rovnoma ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi bilan bog‘liq holda bemorlarning HS pasayishini erta bosqichlarda aniqlashga yordam beradi va terapiyani o‘z vaqtida nazorat qilish, asoratlarning rivojlanishini va qimmatbaho jarrohlik aralashuvlari zaruriyatini oldini olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish