Xusanova Yulduz Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi nuqsonlarni to‘qima konstruksiyalari bilan davolashni optimallashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.3.PhD/Tib3059.
Ilmiy rahbar: Xramova Natal`ya Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Braylovskaya Tat`yana Vladislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi). 
Yetakchi tashkilot: Volgograd davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyaci).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘iz bo‘shlig‘i nuqsonlarini davolashda biriktiruvchi to‘qima hujayralariga asoslangan hujayra terapiyasini qo‘llashni eksperimental-klinik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
disaggregatsiya va loskut passaji usullarining kombinatsiyasi ikki hafta ichida yashovchan hujayralarning shoshilinch sonini aniqlash va uzoq vaqt davomida dermal fibroblastlar etishtirishni saqlab qolish imkonini berishi isbotlangan;
allofibroblastlarni qo‘shimcha yuborish bilan qaynatilgan ipak dokadan allofibroblastlar bilan birga foydalanish ALT, ACT, ishqorli fosfataza fermentlari darajasini oshirmasligi va gamma-glutamil transpeptidaza, umumiy oqsil, albumin, xolesterin, glyukoza, umumiy bilirubinning miqdori fiziologik me’yor doirasidan tashqariga chiqmasligi, bu esa laboratoriya hayvonlaridagi og‘iz bo‘shlig‘i nuqsonlarni davolashda organizmga toksik ta’sir bo‘lmasligini tasdiqlashi asoslangan;
qaynatilgan ipak dokadan allofibroblastlar bilan birga foydalanilganda va allofibroblastlar qo‘shimcha yuborilganda, kapillyar hosil bo‘lish va granulyasion to‘qimalarining ko‘pligi tufayli laboratoriya hayvonlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tiklanish tezligi optimallashtirilib, beshinchi kuni 87% ni tashkil qilganligi aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda biriktiruvchi to‘qima hujayralariga asoslangan hujayrali texnologiyalardan foydalanish qon tomirlarining shakllanishini rag‘batlantirishi, yangi hosil bo‘lgan shilliq qavatning sifatini yaxshilashi va qo‘pol biriktiruvchi to‘qimalarning shakllanishiga to‘sqinlik qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nuqsonlarini to‘qima-muhandislik konstruksiyalari yordamida davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/50-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: dezagregatsiya va loskut passaji usullarining kombinatsiyasi ikki hafta ichida yashovchan hujayralarning shoshilinch sonini aniqlash va uzoq vaqt davomida dermal fibroblastlar etishtirishni saqlab qolish imkonini berishi isbotlangan; ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘linmasida, Toshkent shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida, Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining pullik xizmat bo‘limida amalga oshirildi(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil, 3-apreldagi №04-p/144-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: hujayralarni avtomatik hisoblash etishtirish jarayonini optimallashtirishga imkon beradi, mehnat xarajatlarini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: hujayra bo‘yicha mutaxassislarning ish vaqtini qisqartirish, shuningdek, etishtirilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ushbu mahsulot laboratoriya sharoitida o‘stirilayotgan hujayralarga bo‘lgan ehtiyojni 100% qoplab beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: allofibroblastlarni qo‘shimcha yuborish bilan qaynatilgan ipak dokadan allofibroblastlar bilan birga foydalanish ALT, ACT, ishqorli fosfataza fermentlari darajasini oshirmasligi va gamma-glutamil transpeptidaza, umumiy oqsil, albumin, xolesterin, glyukoza, umumiy bilirubinning miqdori fiziologik me’yor doirasidan tashqariga chiqmasligi, bu esa laboratoriya hayvonlaridagi og‘iz bo‘shlig‘i nuqsonlarni davolashda organizmga toksik ta’sir bo‘lmasligini tasdiqlashi asoslangan; ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘linmasida, Toshkent shahar Shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohlik bo‘limida, Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-sonli bolalar stomatologiya klinikasining pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limida amalga oshirildi(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil, 3-apreldagi №04-p/143-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: allofibroblastlar bilan qaynatilgan ipak dokani allofibroblastlarni qo‘shimcha yuborish bilan birga qo‘llash laboratoriya hayvonlari organizmiga toksik ta’sir ko‘rsatmaydi, bu bizga uni klinik foydalanish uchun tavsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nuqsonlarini davolashning yangi yuqori texnologiyali usullariga bo‘lgan ehtiyojni 50% ga to‘ldiradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: qaynatilgan ipak dokadan allofibroblastlar bilan birga foydalanilganda va allofibroblastlar qo‘shimcha yuborilganda, kapillyar hosil bo‘lish va granulyasion to‘qimalarining ko‘pligi tufayli laboratoriya hayvonlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tiklanish tezligi optimallashtirilib, beshinchi kuni 87% ni tashkil qilganligi aniqlangan; ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida, Toshkent shahar Shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida, Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limida amalga oshirildi(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil, 3-apreldagi №04-p/143-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: allofibroblastlar bilan qaynatilgan ipak dokadan foydalanganda allofibroblastlar bilan qo‘shimcha in’eksiyalar yuborish og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining to‘liq tiklanishiga yordam beradi, buni yara bitishini optimallashtirish uchun operatsiyadan oldingi va keyingi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nuqsonlarini davolashga yangi texnologiya sifatida tavsiya etish mumkin. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i nuqsonlari holatida operatsiyadan keyingi yaraning bitishini optimallashtiradi, bu ushbu guruhdagi  bemorlarni davolash natijalarini 50% ga yaxshilaydi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda biriktiruvchi to‘qima hujayralariga asoslangan hujayrali texnologiyalardan foydalanish qon tomirlarining shakllanishini rag‘batlantirishi, yangi hosil bo‘lgan shilliq qavatning sifatini yaxshilashi va qo‘pol biriktiruvchi to‘qimalarning shakllanishiga to‘sqinlik qilishi isbotlangan; ilmiy yangilikni amaliyotga tatbiq etish:Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining kattalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘linmasida, Toshkent shahar Shoshilinch tibbiy yordam klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida, Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-sonli bolalar stomatologiya poliklinikasining pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limida amalga oshirildi(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil, 3-apreldagi №04-p/143-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hujayra texnologiyalari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni davolash jarayonida nuqson bitishini optimallashtirish uchun qo‘shimcha terapiya hisoblanadi. Davolash natijalarini yaxshilash uchun ularni operatsiya qilishdan oldin to‘qimalarni tayyorlash uchun ishlatish tavsiya etiladi, agar zarurat tug‘ilsa, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyin ham foydalanish mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yangi hujayra texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda, hozirgi vaqtda biriktiruvchi to‘qima hujayralariga asoslangan taklif etilayotgan hujayra texnologiyalari xorijiy analoglardan uch barobar arzon tushadi, transport xarajatlari ham yo‘q, bu esa O‘zbekiston Respublikasida hujayra terapiyasiga bo‘lgan ehtiyojni 100 foiz qoplaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish