Rayimberdiev Suhrob Abduxalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli patologik holatlarda buyrak usti bezlarining morfofunksional holatini sud-tibbiy baholash», 14.00.24 - Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4664.
Ilmiy rahbar: Baxriev Ibragim Isomadinovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Islomov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Otabek Jo‘raqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozoqiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli patologik holatlarda inson buyrak usti bezlarida rivojlanadigan morfofunksional o‘zgarishlarning xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, shuningdek, yurak ishemik kasalligi natijasida o‘lim holatlarida buyrak usti bezlarining morfofunksional holati nafaqat turli tanatogen stressorlarga xos umumiy o‘zgarishlar, balki muayyan tanatogen stressor turiga yuqori darajada bog‘liq bo‘lgan morfofunksional belgilar majmuasi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
bosh miya jarohatlarida buyrak usti bezlarida turli darajadagi dissirkulyator, distrofik-nekrotik va disregenerativ o‘zgarishlar rivojlanishi kuzatilishi, mazkur o‘zgarishlar asosan po‘stloq qismining koptokchali va tutamli zonalarida namoyon bo‘lib, parenxima hujayralarining vakuolizatsiyasi, bo‘shashishi va ayrim joylarda to‘liq destruksiyasi bilan kechishi isbotlangan;
asfiksiyadan o‘lim holatlarida buyrak usti bezining po‘stloq va mag‘iz qavatlarida asosiy morfologik o‘zgarishlar sifatida keskin to‘laqonlik, interstisial shish, diapedez qon quyilishlari, lipidli kiritmalarning ko‘payishi, bazofil kiritmalarning kamayishi, multifokal nekroz va katexolamin hujayralarining giperplaziyasi kuzatilishi asoslangan;
o‘tkir yurak ishemik kasalliklarida buyrak usti bezida adaptatsion stress sindromini aks ettiruvchi gipertrofiya va giperplaziya, endokrin hujayralarda distrofik-nekrotik o‘zgarishlar, markaziy vena qon tomirlari devori mushaklarining giperplaziyasi va arterial tomirlar devorining gialinozi kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli patologik holatlarda buyrak usti bezlarining morfofunksional holatini sud-tibbiy baholashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, shuningdek, yurak ishemik kasalligi natijasida o‘lim holatlarida buyrak usti bezlarining morfofunksional holati nafaqat turli tanatogen stressorlarga xos umumiy o‘zgarishlar, balki muayyan tanatogen stressor turiga yuqori darajada bog‘liq bo‘lgan morfofunksional belgilar majmuasi bilan tavsiflanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiklangan «Buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini baholash orqali ayrim zo‘raki o‘lim holatlarini sud tibbiy tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 01.11.2024 yildagi 16-/“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 07.11.2024 yildagi 23-i/ch-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.11.2024 yildagi 123/24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish tashxisotning ilmiy asoslanganligini, birlamchi murda ekspertizasi sifatini va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da murda sud tibbiy ekspertizasida asosiy ichki a’zolar bilan birgalikda buyrak usti bezlarining strukturaviy o‘zgarishlarini baholash tartibining sud tibbiyoti amaliyoti uchun muhimligi ko‘rsatilgan va bitta ekspertiza hisobiga 150000 so‘m byutjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miya jarohatlarida buyrak usti bezlarida turli darajadagi dissirkulyator, distrofik-nekrotik va disregenerativ o‘zgarishlar rivojlanishi kuzatilishi, mazkur o‘zgarishlar asosan po‘stloq qismining koptokchali va tutamli zonalarida namoyon bo‘lib, parenxima hujayralarining vakuolizatsiyasi, bo‘shashishi va ayrim joylarda to‘liq destruksiyasi bilan kechishining isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiklangan «Buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini baholash orqali ayrim zo‘raki o‘lim holatlarini sud tibbiy tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 01.11.2024 yildagi 16-/“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 07.11.2024 yildagi 23-i/ch-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.11.2024 yildagi 123/24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish tashxisotning ilmiy asoslanganligini, birlamchi murda ekspertizasi sifatini va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da murda sud tibbiy ekspertizasida asosiy ichki a’zolar  bilan birgalikda buyrak usti bezlarining strukturaviy o‘zgarishlarini baholash tartibining sud tibbiyoti amaliyoti uchun muhimligi ko‘rsatilgan va bitta ekspertiza hisobiga 150000 so‘m byutjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: asfiksiyadan o‘lim holatlarida buyrak usti bezining po‘stloq va mag‘iz qavatlarida asosiy morfologik o‘zgarishlar sifatida keskin to‘laqonlik, interstisial shish, diapedez qon quyilishlari, lipidli kiritmalarning ko‘payishi, bazofil kiritmalarning kamayishi, multifokal nekroz va katexolamin hujayralarining giperplaziyasi kuzatilishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiklangan «Buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini baholash orqali ayrim zo‘raki o‘lim holatlarini sud tibbiy tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 01.11.2024 yildagi 16-/“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 07.11.2024 yildagi 23-i/ch-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.11.2024 yildagi 123/24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish tashxisotning ilmiy asoslanganligini, birlamchi murda ekspertizasi sifatini va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da murda sud tibbiy ekspertizasida asosiy ichki a’zolar  bilan birgalikda buyrak usti bezlarining strukturaviy o‘zgarishlarini baholash tartibining sud tibbiyoti amaliyoti uchun muhimligi ko‘rsatilgan va bitta ekspertiza hisobiga 150000 so‘m byutjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir yurak ishemik kasalligida buyrak usti bezida adaptatsion stress sindromini aks ettiruvchi gipertrofiya va giperplaziya, endokrin hujayralarda distrofik-¬nekrotik o‘zgarishlar, markaziy vena qon tomirlari devori mushaklarining giperplaziyasi va arterial tomirlar devorining gialinozi kuzatilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiklangan «Buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini baholash orqali ayrim zo‘raki o‘lim holatlarini sud tibbiy tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filiali bo‘yicha 01.11.2024 yildagi 16-/“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 07.11.2024 yildagi 23-i/ch-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.11.2024 yildagi 123/24-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da buyrak usti bezlarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish tashxisotning ilmiy asoslanganligini, birlamchi murda ekspertizasi sifatini va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: turli patologik holatlar (bosh miya jarohati va mexanik asfiksiya, yurak ishemik kasalligi)da murda sud tibbiy ekspertizasida asosiy ichki a’zolar  bilan birgalikda buyrak usti bezlarining strukturaviy o‘zgarishlarini baholash tartibining sud tibbiyoti amaliyoti uchun muhimligi ko‘rsatilgan va bitta ekspertiza hisobiga 150000 so‘m byutjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish