Ermakova Jamilaxon Muxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Danakmevalilarni sublimatsion usulda quritishda dastlabki ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi 06.01.11 - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.2.PhD/Qx723
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamsiev Ja’far Abdusalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Danakmevalilarni sublimatsion usulda quritishda dastlabki ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish orqali yuqori sifatli quritilgan mahsulot olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rik va olxo‘ri navlarida quruq mahsulot chiqish miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich tabiiy (oftobda) va sun’iy (konvektiv) usullarda quritilganda o‘rikni Subxoni hamda olxo‘rini Ispolinskaya navlari, sublimatsion usulda quritilganda o‘rikni Qandak navi va olxo‘rining Ispolinskaya navlari eng maqbul ekanligi isbotlangan;
sublimatsion usulda butun (danaksiz) holda quritilganda tovarboplik va organoleptik jihatdan o‘rikning Isfarak navidan tayyorlangan quruq mahsulot eng yuqori baholanib 98,6 ballga, olxo‘rining Vengerka fioletovaya navi esa 97,8 ballga baholanganligi aniqlangan;
butun (danaksiz) holda quritilgan o‘rik va olxo‘ri mevalari sifat jihatidan eng yaxshi natijani bergan, jumladan, bu usulda quritilganda, o‘rikning Qandak navida C vitamini 88,7% , olxo‘rining Ispolinskaya navida esa C vitamini 89,1% saqlanib qolganligi aniqlangan;
sublimatsion usulda 40°C haroratda quritish vaqtini 2 soatga qisqarishi orqali eng yuqori ko‘rsatkich o‘rikning Qandak navida tayyor mahsulot chiqishi 14,2% va olxo‘rining Ispolinskaya navida tayyor mahsulot chiqishi 14,3% bo‘lishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Danakmevalilarni sublimatsion usulda quritishda dastlabki ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
O‘rik va olxo‘ri navlarining mevalarini sublimatsion usulda quritish ishlanmasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “IHLOS ACB” MChJ da 1 tonna mahsulotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi № 05/06-04-147-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida quruq mahsulot chiqish miqdori bo‘yicha esa eng yuqori ko‘rsatkich quritilgan o‘rikdan 345-350% hamda quritilgan olxo‘ridan 265-270% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Olxo‘ri navlarini sun’iy (konvektiv) usulda quritish ishlanmasi Xo‘jaobod tumanidagi “NAVIGUL” QK MChJ da 1 tonna mahsulotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi № 05/06-04-147-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida olxo‘ri navlarida quruq mahsulot chiqish miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich quritilgan olxo‘ridan 180-195% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
O‘rik navlarini tabiiy usulda quritish ishlanmasi Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida 3 gektar maydonda etishtirilgan mahsulotga nisbatan joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi № 05/06-04-147-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rik navlarida quruq mahsulot chiqish miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich quritilgan o‘rikdan 145-150% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.