Rafikov Sanjar Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bachadon va qin ikkilanishida hayz kelishi bir tomonlama buzilishi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasini takomillashtirish”, 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3698.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuksanova Dilbar Ismatovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bachadon va qinning to‘liq ikkilanishi mavjud bo‘lgan ayollarda hayz qon oqimining bir tomonlama buzilishida tashxislashning oqilona usullarini va jarrohlik yo‘li bilan samarali davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida bachadon va qinning to‘liq ikkilanishida hayz ko‘rish qonining bir tomonlama buzilishi bo‘lganda kasallik chanoqdagi siklik og‘riqlar (100%), progressiv dismenoreya (94,5%), assimetrik hosila (86,2%) kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan va tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida tashxislashdagi tibbiy xatolar 34,5% ni, asoratlar soni 41,4% ni tashkil etganligi asoslangan;
bachadon va qinning ikkilanishini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida “oddiydan murakkabga” metodikasini qo‘llash, ya’ni rekto-abdominal tekshirish, zondlash va ultratovushni o‘z ichiga olgan diagnostika algoritmidan foydalanish orqali anomaliyani erta tashxislash 38,5% ga oshganligi va tibbiy xatolar sonini 3,5 barobar kamayganligi aniqlangan;
ilk bor bachadon va qinning to‘liq ikkilanishi mavjud o‘smirlarda hayz ko‘rish qonining bir tomonlama buzilishida transvaginal yondashuv orqali to‘silib qolgan gemivagina devori kesib olinib, uni "oval oyna" shaklida qayta tikish natijasida jarrohlik texnikasi takomillashtirilgan;
ilk bor davolash guruhlari o‘rtasida qisqa muddatli va uzoq muddatli natijalarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, asoratlar soni va radikal aralashuvlarning sezilarli darajada kamayganligi, hamda a’zoni saqlab qoluvchi takomillashtirilgan jarrohlik usulning (93,1%) yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon va qinning ikkilanishi va xayz qon oqimining bir tomonlama buzilishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashdan so‘ng reabilitasiya usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/07-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘smirlik davrida bachadon va qinning to‘liq ikkilanishida hayz ko‘rish qonining bir tomonlama buzilishi bo‘lganda kasallik chanoqdagi siklik og‘riqlar (100%), progressiv dismenoreya (94,5%), assimetrik hosila (86,2%) kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan va tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida tashxislashdagi tibbiy xatolar 34,5% ni, asoratlar soni 41,4% ni tashkil etganligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Bachadon va qin ikkilanishi bo‘lgan bemorlarda bir tomonlama obstruktiv sindrom yoki OHVIRA-sindromining tashxisot usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 4 fevraldagi 2-sonli buyruq asosida, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limida 2025 yil 18-fevraldagi 113-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/07-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorlik: anomaliyalarni erta aniqlash imkoniyati yaratilib, tashxis xatolari kamaytirildi va jarrohlik davolashga yo‘llash tezlashtirildi. Bu esa o‘smirlarda reproduktiv salomatlikni saqlab qolishga va hayot sifatini oshirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: tibbiy resurslardan samarali foydalanish ta’minlandi, statsionarda yotish muddati 10,5 kundan 4 kungacha qisqarib, har bir bemorga o‘rtacha 130000 so‘m dori-darmon uchun mablag‘ tejaldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bachadon va qinning ikkilanishini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida “oddiydan murakkabga” metodikasini qo‘llash, ya’ni rekto-abdominal tekshirish, zondlash va ultratovushni o‘z ichiga olgan diagnostika algoritmidan foydalanish orqali anomaliyani erta tashxislash 38,5% ga oshganligi va tibbiy xatolar sonini 3,5 barobar kamayganligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Bachadon va qin ikkilanishi bo‘lgan ayollarda bir tomonlama obstruktiv sindrom yoki OHVIRA-sindromining tashxisot usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 4 fevraldagi 2-sonli buyruq asosida, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limida 2025 yil 18-fevraldagi 113-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/07-sonli xulosasiga ko‘ra).Ijtimoiy samaradorlik: bolalarda reproduktiv tizim anomaliyalari erta aniqlandi va shoshilinch holatlarda noto‘g‘ri tashxislash darajasi va jarrohlik amaliyotlari soni kamaydi. Psixoemotsional holat yaxshilanib, ijtimoiy moslashuv oshdi. Iqtisodiy samaradorlik: To‘g‘ri tashxis tufayli ortiqcha xizmatlardan voz kechildi. Har bir bemorga kuniga o‘rtacha 220000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bachadon va qinning to‘liq ikkilanishi mavjud o‘smirlarda hayz ko‘rish qonining bir tomonlama buzilishida transvaginal yondashuv orqali to‘silib qolgan gemivagina devori kesib olinib, uni "oval oyna" shaklida qayta tikish natijasida jarrohlik texnikasi takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Bachadon va qin ikkilanishida hayz kelishi bir tomonlama buzilishi bo‘lgan bemorlarni olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 4 fevraldagi 2-sonli buyruq asosida, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limida 2025 yil 18-fevraldagi 113-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/07-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorlik: jarrohlikdan keyingi tiklanish tezlashdi, og‘riqlar kamaydi, reproduktiv organlarni saqlash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorlik: Qisqa muddatli statsionar yotish, asoratlarning kamayishi va shifoxona xarajatlarining pasayishi ta’minlandi. Statsionarda yotoq kunlari 10,5 kundan 4 kungacha qisqarib, har bir bemorga o‘rtacha 130000 so‘m dori-darmon uchun mablag‘ tejaldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor davolash guruhlari o‘rtasida qisqa muddatli va uzoq muddatli natijalarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, asoratlar soni va radikal aralashuvlarning sezilarli darajada kamayganligi, hamda a’zoni saqlab qoluvchi takomillashtirilgan jarrohlik usulning (93,1%) yuqori samaradorligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2025 yil 29 yanvardagi 6-soni bilan tasdiqlangan «Bachadon va qin ikkilanishida hayz kelishi bir tomonlama buzilishi bo‘lgan bemorlarni olib borish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025 yil 4 fevraldagi 2-sonli buyruq asosida, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limida 2025 yil 18-fevraldagi 113-k-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/07-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorlik: jaroxlik amaliyotidagi asoratlar 24,8% dan 2,3% ga, kasallik residivlari 15,1% dan 0,8% ga kamaydi. Bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligi oshdi. Iqtisodiy samaradorlik: Radikal jarrohlik ehtiyoji kamayganligi natijasida dori-darmon va qo‘shimcha davolash xarajatlari uchun byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.