Saidova Subhinigor Azizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari tomonidan ayollarni tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt494
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ibodullaeva Ma’rifat To‘lqin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari tomonidan ayollarni tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tadbirkor ayol» tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy xizmatlar, investisiyalar va texnologiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol` o‘ynaydigan va o‘z biznesiga ega bo‘lgan va biznesini  yuritadigan ishbilarmon, boshqaruvchi, lider ayol nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan ayollar loyihalarini kraudfanding asosida moliyalashtirishda «xayriya kraudfanding», «aksiyadorlik kraudfanding», «kollending» va «kraudfandingni mukofotlash» turlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali manbalar sonini oshirish va aholini bo‘sh pul mablag‘larini loyihalarga jalb etish taklifi asoslangan;
ayollar tadbirkorligini rivojlanishda daromad darajasi bo‘yicha «yuqori daromadli» (0,86-1,00), «o‘rta yuqori daromadli» (0,70-0,85), «quyi o‘rta daromadli» (0,55-0,69) va «quyi daromadli» (0-0,54) toifalarga ajratish orqali ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga olib keluvchi miqdoriy chegaralar asoslangan;
tijorat banklari tomonidan ikkilamchi obligatsiyalar chiqarish yordamida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari va daromadligini oshirish asosida aktivlarni sekyuritizatsiyalash orqali ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish manbalarini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari tomonidan ayollarni tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tadbirkor ayol» tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy xizmatlar, investisiyalar va texnologiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol` o‘ynaydigan va o‘z biznesiga ega bo‘lgan va biznesini  yuritadigan ishbilarmon, boshqaruvchi, lider ayol nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Investision banklar» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 27 dekabrdagi 446-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tijorat banki tomonidan ishlab chiqiluvchi kredit siyosatiga muvofiq ravishda o‘zaro ta’sir etuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi ikki yoki undan ortiq elementlarning ob’ektiv, yaxlit hamda yagona tavsifga ega bo‘lgan yig‘indisi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan «ayollar tadbirkorligi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari tomonidan ayollar loyihalarini kraudfanding asosida moliyalashtirishda «xayriya kraudfanding», «aksiyadorlik kraudfanding», «kollending» va «kraudfandingni mukofotlash» turlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali manbalar sonini oshirish va aholini bo‘sh pul mablag‘larini loyihalarga jalb etish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 4 dekabrdagi №05-12/32701-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bank omonatlaridan foydalanishning kengayishi banklardagi resurs taqchilligini bartaraf etish, kredit portfelidagi ayollarga ajratilgan salmog‘ini oshirish imkoni yaratilgan;
ayollar tadbirkorligini rivojlanishda daromad darajasi bo‘yicha «yuqori daromadli» (0,86-1,00), «o‘rta yuqori daromadli» (0,70-0,85), «quyi o‘rta daromadli» (0,55-0,69) va «quyi daromadli» (0-0,54) toifalarga ajratish orqali ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga olib keluvchi miqdoriy chegaralardan foydalanish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan(«Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 4 dekabrdagi № 05-12/32701-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kredit ta’minoti sifatini baholash mezonlarini sinflarga ajratilishi kredit operatsiyalari bo‘yicha risklarni minimallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bank kredit portfelidagi muddati o‘tgan kreditlar ulushi 3,0 foizni (532 mlrd. so‘m) tashkil etgan;
tijorat banklari tomonidan ikkilamchi obligatsiyalar chiqarish yordamida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari va daromadligini oshirish asosida aktivlarni sekyuritizatsiyalash orqali ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish manbalarini takomillashtirish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki faoliyati amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 4 dekabrdagi №05-12/32701-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida 2024 yil holatiga yuqori likvidli aktivlari hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 1,8 foizga, qimmatli qog‘ozlarga investisiyalarning mutlaq hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 46 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish