Viy Xin (Wei Xin)ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq hisobotlarni shakllantirish va tahlil qilishni takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3808
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Mahbuba Mirxalilovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq hisobotlarni shakllantirish va tahlil qilishni tashkil etish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” nomli 1-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga muvofiq moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan umumiy talablar asosida uzoq muddatli aktivlarning klassifikatsiyasini har bir moddalar bo‘yicha qayd etish ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni “tuzatish” (Adjustment), “rad etish” (Reject), “qayta tuzatish” (Reforword) bosqichlaridan iborat uch bosqichli transformatsiya qilish tartibi ishlab chiqilgan;
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni tuzish hamda ma’lumotlarni ochib berish tartibi ma’muriy, sotish va boshqa operatsion xarajatlarni baholashning funksional usuli asosida takomillashtirilgan;
xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlari asosida moliyaviy va iqtisodiy koeffisient ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali samaradorlikni va iqtisodiy barqarorlikni baholash tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq hisobotlarni shakllantirish va tahlil qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
“Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” nomli 1-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga muvofiq moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan umumiy talablar asosida uzoq muddatli aktivlarning klassifikatsiyasini har bir moddalar bo‘yicha qayd etish ketma-ketligiga oid taklifi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK hamda “Ohangaronsement” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AKning 2023-yil 28-avgustdagi 01-188/06-06-sonli, “Ohangaronsement” AJning 2024-yil 12-maydagi 450-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda uzoq muddatli aktivlarni klassifikatsiyasini har bir moddalar buyicha qayd etish ketma ketligi va faoliyatning uzlyuksizligidan kelib chiqib, buxgalteriya hisobining hisoblash va joriy bo‘lmagan farqni o‘z ichiga oladigan jarayonlarida ijobiy natijaga erishish imkoni yaratilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni “tuzatish” (Adjustment), “rad etish” (Reject), “qayta tuzatish” ((Reforword) bosqichlaridan iborat uch bosqichli transformatsiya qilish tartibi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK hamda “Ohangaronsement” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AKning 2023-yil 28-avgustdagi 01-188/06-06-sonli, “Ohangaronsement” AJning 2024-yil 12-maydagi 450-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydalanuvchilarga aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standart talablariga movofiq tuzilgan transformatsiya jadvallarini uch bosqichli (AJE, RJE, RFW) usullaridan foydalangan holda transformatsiya jadvallarini joriy qilish imkoni yaratilgan;
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni tuzish hamda ma’lumotlarni ochib berish tartibi ma’muriy, sotish va boshqa operatsion xarajatlarni baholashning funksional usuli asosida takomillashtirish taklifi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK hamda “Ohangaronsement” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AKning 2023-yil 28-avgustdagi 01-188/06-06-sonli, “Ohangaronsement” AJning 2024-yil 12-maydagi 450-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan tuziladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shakllarini funksional usulda foyda va zararlar hamda umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot shakllari bilan ta’minlash imkoni yaratilgan;
xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlari asosida moliyaviy va iqtisodiy koeffisient ko‘rsatkichlarini tahlil qilish orqali samaradorlikni va iqtisodiy barqarorlikni baholash tartibini takomillashtirish taklifi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK hamda “Ohangaronsement” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AKning 2023-yil 28-avgustdagi 01-188/06-06-sonli, “Ohangaronsement” AJning 2024-yil 12-maydagi 450-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan taqdim etiladigan samaradorlikni baholashning muhim ko‘rsatkichlarining tahlili orqali ishlab chiqilgan model foydalanuvchilar uchun aniq va ishonarli axborot bilan ta’minlashda samarali natija bergan.