Xalimova Fayyoza Nafasovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlantirishning marketing strategiyasi” 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.11-“Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4633.
Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/10.12.2019.I.16.01 
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmamatov Diyor Haqberdievich  iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya institut.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlantirishning marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “MICE turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni konferensiyalar, xalqaro anjumanlar, kongress va forumlar hamda ko‘rgazmalar tashkil etish va o‘tkazish orqali turistik xizmatlarning tarmoqlararo kooperatsiyasini ta’minlash, mintaqaviy iqtisodiy faollikni oshirish hamda turistik xarajatlarning multiplikativ ta’siri orqali mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini o‘stirish imkonini beruvchi strategik turizm segmenti jihatidan takomillashtirilgan; 
O‘zbekistonda “MICE turizmi”ni tashkil etishda respublikada mavjud zamonaviy infratuzilma tarkibiga kiruvchi 200 o‘rindan ortiq joyga ega konferens-zallar, xalqaro standartlarga mos mehmonxonalar, ko‘rgazma pavilonlari va logistika ob’ektlari asosida maxsus reestr shakllantirish hamda ushbu ob’ektlarni baholash uchun asosiy talab mezonlariga ko‘ra hududlar bo‘yicha MICE ob’ektlarining potensial xaritasini yaratish taklifi asoslangan;
marketing strategiyalarining “MICE turizmi”ni rivojlanishiga ta’sirni qisman eng kichik kvadratlar usuli yordamida tuzilmaviy tenglamalarni modellashtirish orqali baholashda yo‘l koeffisientlarining o‘zaro ta’sir darajalarini “juda kuchsiz” (0 – 0,10), “kuchsiz” (0,10 – 0,30), “o‘rtacha” (0,30 – 0,50), “kuchli” (0,50 – 1,00) mezonlari asoslangan;
O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlanishiga marketing strategiyasi ta’siri omillarining ekonometrik modellari orqali asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2028- yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlantirishning marketing strategiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “MICE turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini konferensiyalar, xalqaro anjumanlar, kongress va forumlar hamda ko‘rgazmalar tashkil etish va o‘tkazish orqali turistik xizmatlarning tarmoqlararo kooperatsiyasini ta’minlash, mintaqaviy iqtisodiy faollikni oshirish hamda turistik xarajatlarning multiplikativ ta’siri orqali mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini kengaytirish imkonini beruvchi strategik turizm segmenti jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizmda elektron marketing” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i, ro‘yhatga olish raqami 328-046). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda strategik turizm segmenti jihatidan takomillashtirilgan “MICE turizmi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda “MICE turizmi”ni tashkil etishda respublikada mavjud zamonaviy infratuzilma tarkibiga kiruvchi 200 o‘rindan ortiq joyga ega konferens-zallar, xalqaro standartlarga mos mehmonxonalar, ko‘rgazma pavilionlari va logistika ob’ektlari asosida maxsus reestr shakllantirish hamda ushbu ob’ektlarni baholash uchun asosiy talab mezonlariga ko‘ra hududlar bo‘yicha MICE ob’ektlarining potensial xaritasini yaratish taklifi mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishda qabul qilingan “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida  turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”da Respublika hududlarida turizm va u bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 2025-yil 6-oktyabr 03-10-17-10324-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda mavjud zamonaviy infratuzilma ob’ektlari asosida maxsus reestr shakllantirish hamda hududlar bo‘yicha MICE ob’ektlarining potensial xaritasini yaratish imkoni yaratilgan;
marketing strategiyalarining “MICE turizmi”ni rivojlanishiga ta’sirini qisman eng kichik kvadratlar usuli yordamida tuzilmaviy tenglamalarni modellashtirish orqali baholashda yo‘l koeffisientlarining o‘zaro ta’sir darajalarini “juda kuchsiz” (0 – 0,10), “kuchsiz” (0,10 – 0,30), “o‘rtacha” (0,30 – 0,50), “kuchli” (0,50 – 1,00) mezonlarini asoslash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18-iyuldagi PF-102-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan turizm brendining maqsadli bozorlar (auditoriya) talablaridan kelib chiqib, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari to‘g‘risida kontentlar yaratish bosqichlarini tatbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 2025-yil 6-oktyabr 03-10-17-10324-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida marketing strategiyalarining “MICE turizmi”ni rivojlanishiga ta’sirni baholashda yo‘l koeffisientlarining o‘zaro ta’sir darajalari mezonlarini asoslash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlanishiga marketing strategiyasi ta’siri omillarining ekonometrik modellari orqali asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2028- yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishda qabul qilingan “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida  turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”da 2019-2025 yillarda turizm sohasini rivojlantirishda turizmning milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini oshirish hamda turistik infratuzilmani, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va samarali reklama marketing ishlarini olib borishni takomillashtirish vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 2025-yil 6-oktyabr 03-10-17-10324-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi marketing strategiyasi omillari hamda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish