G‘afurov Olimjon G‘olib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4065.
Ilmiy rahbar: Rejapov Xayrullo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Izbosarov Bobur Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdurasulov Jaxongir Abduvalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi fililali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda tijorat banklarining davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi bozoridagi ishtirokini kengaytirish orqali Markaziy bankning REPO hamda ochiq bozor operasiyalari hajmini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari hajmini kredit portfelida 10 foizdan oshirmaslik hamda ortgan qismiga 1,2 koeffisient qo‘llash orqali milliy valyutaning qisqa muddatli davrdagi barqarorligini ta’minlash taklif etilgan;
milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qadrini oshirishda banklarning kredit porfelida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushini 30 foizdan oshirmaslik hamda xorijiy valyutadagi aktiv va passivlar muvozanatini saqlash orqali milliy valyutaga bo‘lgan bosimni kamaytirish taklif etilgan;
milliy valyuta barqarorligini mustahkamlashda markaziy bank majburiy zaxira stavkalarini tijorat banklari depozitlarining miqdori va muddatiga nisbatan belgilash orqali pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda tijorat banklarining davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi bozoridagi ishtirokini kengaytirish orqali Markaziy bankning REPO hamda ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasiga kiritilgan. («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024 yil 12 dekabrdagi 09-06/2186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan 1,2 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari sotib olingan va bank daromadi 0,82 foizga oshgan;
tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari hajmini kredit portfelida 10 foizdan oshirmaslik hamda ortgan qismiga 1,2 koeffisient qo‘llash orqali milliy valyutaning qisqa muddatli davrdagi barqarorligini ta’minlash taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasiga kiritilgan. («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024 yil 12 dekabrdagi 09-06/2186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning kredit portfelida qisqa muddatli kreditlar ulushi 17,6 foizdan 9,4 foizgacha tushurilgan;
milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qadrini oshirishda banklarning kredit porfelida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushini 30 foizdan oshirmaslik hamda xorijiy valyutadagi aktiv va passivlar muvozanatini saqlash orqali milliy valyutaga bo‘lgan bosimni kamaytirish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasiga kiritilgan. («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024 yil 12 dekabrdagi 09-06/2186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning kredit porfelida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushini 24,6 foizni tashkil etgan;
milliy valyuta barqarorligini mustahkamlashda markaziy bank majburiy zaxira stavkalarini tijorat banklari depozitlarining miqdori va muddatiga nisbatan belgilash orqali pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024-2026-yillarda rivojlanish strategiyasiga kiritilgan. («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2024 yil 12 dekabrdagi 09-06/2186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning jalb qilingan 486,0 mlrd.so‘m depozitlarini summasi va muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish amaliyoti kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish