Tajibaeva Kizlargul Ajiniyazovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Korxona moliyaviy holatini baholash metodologiyasi va uni barqarorlashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt590
Ilmiy maslahatchi: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Mamadiyarov Zokir Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyatini belgilaydigan omillar va sharoitlar majmuasini kompleks tahlil qilish asosida korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash yo‘nalishlari va usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarining joriy va istiqbolli moliyaviy holatini xolisona aks ettirish imkonini beruvchi koeffisientli, trendli va omilli tahlilni o‘z ichiga qamrab olgan korxona moliyaviy holatini baholashning integratsiyalashgan mexanizmi joriy etilgan;
moliyaviy risklarni avtomatik aniqlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlashda neyron tarmoqlari algoritmlari va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan korxonalar moliyaviy holatini baholashning raqamli ekspert tizimi ishlab chiqilgan;
korxonaning barqaror rivojlanishni ta’minlashning innovatsion yondashuvi sifatida uning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va rentabelligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beruvchi samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) qamrab olgan moliyaviy barqarorlikning pasayishi to‘g‘risida barvaqt ogohlantirish tizimi taklif etilgan;
korxonalar va tarmoqlar kesimida taqqoslash hamda strategik boshqaruv qarorlarini ilmiy asosda qabul qilish imkonini beruvchi kompleks balli tizimga asoslangan korxona moliyaviy holatini baholashning integratsiyalashgan reyting shkalasi joriy etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion boshqaruv mexanizmini shakllantirishda aktivlarni boshqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va qarz majburiyatlarini qayta tuzilmalashtirish orqali moslashuvchan inqirozga qarshi choralar modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonaning moliyaviy holatini baholash metodologiyasi va uni barqarorlashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarining joriy va istiqbolli moliyaviy holatini xolisona aks ettirish imkonini beruvchi koeffisientli, trendli va omilli tahlilni o‘z ichiga qamrab olgan korxona moliyaviy holatini baholashning integratsiyalashgan mexanizmiga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 23-maydagi 06-454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning joriy va istiqbolli moliyaviy holatini baholash aniqligi va ishonchliligi oshirilgan, joriy va istiqboldagi holat xolisona aks ettirilgan, va bu esa korxonalarning strategik va taktik mavqelarini mustahkamlanishga olib kelgan.
moliyaviy risklarni avtomatik aniqlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlashda neyron tarmoqlari algoritmlari va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan korxonalar moliyaviy holatini baholashning raqamli ekspert tizimi ishlab chiqishga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 23-maydagi 06-454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dastlabki ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirish, soha mezonlari bilan taqqoslash va boshqaruv bo‘yicha tavsiyalarga aylantirish orqali kompleks tahlil amalga oshirishga erishilgan.
korxonaning barqaror rivojlanishni ta’minlashning innovatsion yondashuvi sifatida uning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va rentabelligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beruvchi samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) qamrab olgan moliyaviy barqarorlikning pasayishi to‘g‘risida barvaqt ogohlantirish tizimiga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 23-maydagi 06-454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimning asosini 2015-2024-yillarda uchta kimyo sanoati korxonasining joriy likvidlik koeffisienti bog‘liq o‘zgaruvchi sifatida, aktivlar rentabelligi, kapital rentabelligi, zaxiralar aylanuvchanligi va zaxiralarning joriy aktivlardagi ulushi esa asosiy omillar sifatida panel ma’lumotlariga asoslangan ekonometrik model tashkil etgan va bu korxonada real vaqt rejimida ko‘rsatkichlarni kuzatish va inqirozli tahdidlarning oldini olish imkonini beruvchi xavflarni boshqarish paneli yaratilgan.
korxonalar va tarmoqlar kesimida taqqoslash hamda strategik boshqaruv qarorlarini ilmiy asosda qabul qilish imkonini beruvchi kompleks balli tizimga asoslangan korxona moliyaviy holatini baholashning integratsiyalashgan reyting shkalasiga doir taklifi  “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 23-maydagi 06-454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, baholash shkalasi rang ko‘rsatkichlari va boshqaruv tavsiyalari bilan oltita darajani o‘z ichiga olib, har bir reyting ehtimoliy xavflar va strategik tavsiyalarning talqini bilan ta’minlangan, hamda bu kimyo sanoati korxonalari uchun firmalararo va tarmoqlararo taqqoslash o‘tkazish, xavf-xatarlarni ko‘rgazmali tarzda aks ettirish hamda strategik qarorlar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.
aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion boshqaruv mexanizmini shakllantirishda aktivlarni boshqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va qarz majburiyatlarini qayta tuzilmalashtirish orqali moslashuvchan inqirozga qarshi choralar modelini ishlab chiqishga doir taklifi “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 23-maydagi 06-454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aktivlar, zaxiralar va debitorlik qarzlarining aylanma tezligini hisobga oluvchi inqirozga qarshi barqarorlikning integral indeksi moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilishi, tahliliy jarayonlarning tezlashtirilishi, baholash tartib-qoidalarining standartlashtirilishi va tizimning korxonaning korporativ axborot muhitiga uyg‘unlashtirilishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish