Kurchastova Anna Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi rus adabiyotida “oilaviy saga” janrining transformatsiyasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5264
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10
Rasmiy opponentlar: Ikromxonova Firuza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Ekabsons Aleksandra Valerevna, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi – XX asrning oxiri – XXI asr boshidagi rus adabiyotida  oilaviy sagani poetika, tematik dominant va tarixiy, madaniy xotirani aks etish jihatlarida janroviy transformatsiyasini o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oilaviy saga janr ta’rifi oilaviy roman va xronikaning xususiyatlarini sintez qiluvchi transformatsion shakl sifatida aniqlandi, keng ko‘lamli epik xronotop, davriy (tsiklik) vaqt, avlodlar (genealogic) tuzilish va axloqiy va ekzistensial masalalariga urg‘u berishi bilan ajralib turadi;
hozirgi rus adabiyotida oilaviy saga janrining o‘zgarishining asosiy yo‘nalishlari ta’kidlangan: avloddan-avlodga meros bo‘lib qolishlik aksentli epik modelidan (V. Aksyonov) kamer ayollarga markazlashirilgan shaklga (L. Uliskaya), so‘ngra oilaning bo‘linib ketishining va avlod tanazzulining invers xronikasi (R. Senchin) ajratib olingan;
oila tarixi etnik solnomaning shakli sifatida baholangan N. Ilishkinaning «Ulan Dalay» romani misolida “cho‘l sagasi” janr tagi mavjudligi asoslangan, shuningdek hozirgi zamon oilaviy sagada ayollar personajlarini yangi funksiyalari – ayollar nafaqat avlod xotirasi egasi, biroq ma’naviy rahnamolikning markaziy zotlari sifatida belgilangan (E. Kolina va M. Stepnovaning qahramonlari misolida); 
hozirgi zamon oilaviy sagada uy timsoli – meros bo‘lib qolishlikning barqaror timsolidan (V.Aksyonov, E. Kolina) judolik va yakkalanib qolishlik xronotopigacha (R. Senchin), yoxud N.Ilishkinaning cho‘l sagasidagi yer va marosimiy makon metaforasi sifatida o‘zgarishi namoyish etilgan;
XXI asr rus adabiyotidagi oilaviy saga tarixiy xotira, jarohatlar va madaniy o‘ziga xoslikni badiiy refleksiya tushunish shakliga asoslanganligi isbotlangan, bu esa possovet inqirozi sharoitida oila, uzlyuksizlik va milliy o‘ziga xoslik tushunchalarini yangicha talqin qilishni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy saga janridagi asarlarni tahlil qilishda jarayonida ishlab chiqilgan natija va xulosalar, uslubiy va amaliy takliflar asosida:
dissertatsiyaning oilaviy saga janridagi asarlarni tahlil qilish bo‘yicha ilmiy natija va xulosalari fundamental tadqiqot loyihasida  598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-sonli Markaziy Osiyo va Xitoyda bilimlarni uzatish bo‘yicha universitet hamkorli doirasi (UNICAC) (2025 yil 20 iyundagi 04/11-7709-sonli ma’lumotnomasi)da qo‘llanilgan. Natijada, “oilaviy saga”, “oilaviy roman” va “oilaviy xronika” tushunchalari bo‘yicha nazariy xulosalar chiqarilgan, ushbu atamalar magistratura talabalarining onlain kurslardagi konseptual apparatini (syujet, xronotop, kompozisiya, sagadagi personajlar tizimi) kengaytirish imkonini bergan, bu esa zamonaviy asarlarni tahlil qilish texnikasini takomillashtirish, shuningdek, oilaviy matnlarning rus va o‘zbek variantlarini taqdim etish, janrlarni farqlash imkonini bergan;
dissertatsiyaning ilmiy natija va xulosalari «Ulug‘ yo‘l» gazetasi uchun material tayyorlashda foydalanilgan (2025 yil 23 may 67/25-sonli ma’lumotnomasi), unda ishning ilmiy va nazariy xulosalari, xususan, zamonaviy oila sagadagi ayol obrazlari tahlili keltirilgan. Natijada, o‘quvchilar adabiyotidagi yangi hodisalarning mohiyati, yangi janrning o‘z Vataniga muhabbat va uy tuyg‘usini tarbiyalashdagi roli bilan tanishilgan;
«O‘zbekiston-24» kanalidagi «Radiojurnal» dasturi uchun material sifatida foydalanilgan (FM – 87.9) (2024 yil 9 iyul 03-09-355-sonli ma’lumotnomasi). Eshittirishni tayyorlashda E.Kolinaning «Saga o bednix Gol`dmanax» (“Kambag‘al Goldmanlar haqida saga”), R.Senchinning «Eltishevi» (“Eltishevlar”), V.Aksyonovning «Moskovskaya saga» (“Moskva sagasi”), M. Stepnovaning «Jenshhini Lazarya» (“Lazarning ayollari”) asarlari tahlil qiluvchi materiallardan foydalanilgan. Natijada, radio tinglovchilari oilaviy saga janri va unda ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligi bilan tanishilgan, bu nafaqat ularning dunyoqarashini kengaytirdi, balki ularda oilaviy va bag‘rikenglik tuyg‘usini ham uyg‘otgan (singdirgan);
dissertatsiyaning ilmiy natija va xulosalari O‘zbekiston Rossiya madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan  «Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar» ilmiy-amaliy seminari doirasidagi «Oilaviy saga» janri badiiy va metodologik jihatdan» mavzusidagi ma’ruza uchun materiali sifatida foydalanilgan (2023 yil 4 noyabr 02/79-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seminar ishtirokchilari “oilaviy saga”, “etnomadaniy o‘xshashlik”, ”avlodiy xotirasi“ kabi tushunchalar bilan tanishib, oilaviy saga janri tahlil qilish metodikasini o‘zlashtirdilar, shuningdek, o‘smir talaba-o‘quvchilarga ushbu janrlarni har tomonlama tushunishga imkon beradigan jihatlarni aniqlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish