Raxmatullaeva Umida Xomidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noverbal muloqot vositalarining gender tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4687
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10 Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor, Abduazizova Durdona Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tilida noverbal muloqotini gender aspektida o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ularning o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek nutqiy muloqoti noverbal vositalarini tasniflash orqali gender tahlili amalga oshirilib, ingliz va o‘zbek milliy madaniyati va zamonaviy jamiyat madaniyatiga asoslangan gender ifodasining nazariy modeli ilmiy dalillangan;
ingliz va o‘zbek madaniyatida noverbal xulq-atvorini kontekstual-diskursiv, diniy-kulturologik, madaniy va ijtimoiy omillar ta’sirida adresatga axborot berish, adresat ongiga ta’sir qilish hamda ishontirish kabi asosiy omillar gender jihatdan yondashuv negizida shakillanganligi ilmiy asoslangan;
qiyoslanayotgan tillarda noverbal muloqot asosining ijtimoiy normalari (din, oilaviy munosabatlar, milliy-madaniy an’analar) funksiyalari gender nuqtai nazardan tahlil qilinib, madaniyatlararo noverbal kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish kabi ijtimoiy ahamiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek noverbal vositalari psixolingvistik xarakterdagi, ya’ni imo-ishoralarning konnotativ ma’nosi ularning ekspressivligi va emotsional ifodasi bilan bog‘liq omillarni birlashtiradigan hamda pragmatik yo‘nalishni amalga oshiradigan vositalar, ya’ni tilning real qo‘llanilishi, muloqotchilar orasidagi munosabat, nutqning maqsadi, ta’sir mexanizmi va nutqiy strategiyalarning noverbal vositalarda namoyon bo‘lishi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noverbal muloqot vositalarining (ingliz va o‘zbek tillari misolida) gender jihatdan tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: jestlarni gender nuqtai nazardan tahlil qilishga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan HHM Radiotexnika qo‘shinlari o‘quv-terminologik lug‘ati “Erudit” shifrli yopiq maqsadli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2024-yil 16-Fevraldagi №10/373-son ma’lumotnomasi). Natijada, noverbal muloqotning taktil, okulesik va kinesik vositalarining konnotativ ma’nolari tasnif qilingan.
tilning noverbal vositalari gender assimetriyasini (nomutonosibligini) ifodalanishini, turli semiotik vositalardan foydalanishni gender jihatdan namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan “Al-Jome’ as-sahih” to‘plami hadislarining zamonaviy talqinini yaratish” nomli MU-FZ-201912073 amaliy loyiha doirasini bajarishda foydalanilgan. Ingliz va o‘zbek madaniyatida noverbal xulq-atvor tahlil qilinib, erkak va ayol noverbal xulq-atvorining gender jihatdan o‘ziga xosliklarini shakllantirishga yordam beruvchi ijtimoiy, madaniy va psixologik omillar aniqlangan. (O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasining 2023-yil, 19-fevraldagi №5-069 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiya loyiha doirasida chop etilgan dastur va qo‘llanmalarda muloqotning nokinesik vositalari milliy-madaniyat gender modeli o‘zbek jamiyatida erkak va ayollarning proksemik, prosodik xulq-atvorini dolzarblashtirish usullari orqali ijtimoiy-jinsiy muomalani ifodalash, xususiyatlarini ochib berishda alohida ahamiyatga molikdir.
noverbal muloqotni pragmatik, semiotik va gender aspektida tahlil etish orqali umummadaniy kompetentlik xususiyati sifatida o‘zida umummadaniy bilimdonlik, umummadaniy qadriyatlar tizimida gender xususiyatini aniqlash imkoniyati va madaniy etuklikni namoyon qilish qobiliyatini aks ettiruvchi omil ekanligini ko‘rsatib beruvchi noverbal vositalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarining senariysini tayyorlashda (2023-2024 yillarda) foydalanilgan va asoslab berilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, 2024-yil, 15-yanvardagi №04-36-69 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha noverbal kommunikativ kompetentlilikning amaliy blogi ijtimoiy-psixologik, mantiqiy-kompozision va, albatta, nutqiy kommunikativ malakalarini asoslashda muhim ahamiyat kasp etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish