Shamsiddinova Zebo Fazliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek va xitoy tillarida o‘tgan zamon fe’l shakllarining chog‘ishtirma tadqiqi”; 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil3612
Ilmiy rahbar: Hashimova Sabohat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSC.03/30.12.2019.Fil. 21.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muhammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek va xitoy tillaridagi fe’lning o‘tgan zamon shakllarini chog‘ishtirma aspektda tadqiq etish va ularga xos umumiy va farqlovchi xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi fe’lning o‘tgan zamon shakllari xitoy tilidagi o‘tgan zamon shakllaridan variativligi, morfologik, funksional-semantik xususiyatlari kengligi, mayl kategoryasi bilan sinkretik munosabatda bo‘lishi jihatidan tafovutlarni yuzaga keltirishi aniqlangan;
hozirgi o‘zbek tilidagi fe’lning o‘tgan zamon shakllarining ma’no ko‘chish hodisasi hozirgi xitoy tilidagi o‘tgan zamon shakllariga ham xosligi jihatidan ikki tilda lingvistik universaliya mavjudligi ilmiy asoslangan;
o‘zbek tilidagi fe’llarning o‘tgan zamon sintetik -di, -ib, -gan fe’l shakllari xitoy tilidagi 了 (le) va 过 (guò) suffikslariga ekvivalent sifatida muvofiq kelishi hamda analitik -gan edi, -ib edi, -(a)yotgan edi, -ar edi fe’l shakllari xitoy tilidagi ...时(shí) ishtirokidagi konstruksiyalarga, temporal so‘zlarga muqobil bo‘lishi dalillangan;
hozirgi o‘zbek va xitoy tilidagi fe’llarning o‘tgan zamon shakllari ish-harakatning inxoativlik (boshlanganlik), durativlik (davomiylik), xabituallik (doimiylik), iterativlik (takroriylik) va perfektivlik (tugallanganlik) kabi xususiyatlarni ifodalashi va matnga bevosita bog‘liq holda invariantlik va kontekstuallik belgilarini namoyon qilishi isbotlangan;
o‘zbek tilidan farqli o‘laroq, xitoy tilida fe’lning o‘tgan zamon shakllari fe’llarning odatda, temporallikni bildiruvchi 以前(yǐqián), 那时候(nà shíhòu),上个月(shàng gè yuè) , 昨天(zuótiān) kabi leksik vositalar, hamda turg‘un ...的时候(...de shíhòu) ishtirokidagi konstruksiyalar orqali yuzaga chiqishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va xitoy tillarida o‘tgan zamon fe’l shakllarining chog‘ishtirma tadqiqi yuzaѕidan eriѕhilgan ilmiy natiјalari aѕoѕida:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 26-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘iga asosan 5A120202 – Sinxron tarjima yoʻnalishining talabalari uchun tavsiya etilgan “Sinxron va ketma-ket tarjima amaliyoti” nomli o‘quv darsligida (S.Hashimova, Z.Shamsiddinova hammuallifligida) tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lisenziya berilgan nashriyotlarda nashr qilishga ruxsat berilgan (ro‘yxatga olish raqami 676-283). Tadqiqot ishining natijalari hozirgi o‘zbek va xitoy tillaridagi o‘tgan zamon fe’l shakllarining bir-biriga muvofiq va muvofiq kelmaslik holatlarini yoritishga, fe’llarda o‘tgan zamon ma’nosini ifodalashda o‘zbek tilidagi -di, -ib affikslari xitoy tilidagi 了 (le) morfemasining, o‘zbek tilidagi -gan affiksining xitoy tilidagi 过 (guò) morfemasiga ekvivalentlari sifatida muvofiq kelishini yoritishga xizmat qilgan.
o‘zbek tilida -ar edi va -(a)yotgan edi vositalari bilan yasalgan fe’l shakllari ifodalagan o‘tgan zamon ma’nosi xitoy tilida ...时(shí) ishtirokidagi konstruksiyalar yordamida hosil qilingan o‘tgan zamon ma’nosiga, -gan ekan, -gan emish vositalari bilan yasalgan analitik shakllar anglatgan o‘tgan zamon ma’nosi esa xitoy tilida vaqtni bildiruvchi temporal so‘zlar, 听说 (tīng shuō – “aytishlaricha”), ...说 (...shuō – “(kimningdir) aytishicha” kabi subektiv ma’noni anglatuvchi so‘zlar orqali yuzaga chiquvchi ma’noga muqobil (alternativ) variantlari bo‘yicha olingan nazariy xulosalar TDShU huzuridagi Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida o‘quv faoliyati jarayoniga keng tatbiq qilinmoqda (Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti 2025-yil 10-fevraldagi 01/25-sonli ma’lumotnoma). Xususan, o‘zbek va xitoy tili o‘tgan zamon fe’l shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy o‘zbek va xitoy tili o‘tgan zamon fe’l shakllarining tarjima xususiyatlari “Xitoy tili” fanidan davom ettiruvchi guruhlarda darslar jarayonida qo‘llanilib kelinmoqda. Joriy etilgan materiallar Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida olib borilayotgan xitoy tili darslarida o‘zbek tilidagi o‘tgan zamon fe’l shakllarining xitoy tilidagi muqobil (alternativ) shaklini aniq belgilashda, ularni to‘g‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarga tushuntirishda xizmat qilmoqda.
o‘zbek tilida o‘tgan zamon fe’l shakllari variativligi bilan ajralib turishi, xitoy tilida esa o‘tgan zamon fe’l shakllariga variativlik xos emasligi, bu tilda了(le), 过 (guò) morfemalari o‘tgan zamon shakllarini yasovchi mahsuldor vositalari xususidagi xulosalardan o‘zbek va xitoy tili chog‘ishtirma grammatikasiga oid qo‘llanmalarni yaratishda, xitoy tilidan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan xitoy tiliga tarjima qilishda Erasmus+ dasturining “Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” grant loyihasida foydalanilgan, natijada magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslar ѕaviyaѕi yanada oѕhib, talabalar bilimlarining ѕhakllaniѕhida alohida ahamiyat kaѕb etdi.