Nizomov Farxod Muso o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Luqmon Bo‘rixon, Abduqayum Yo‘ldosh qissalarida ramziylik va xarakter yaratish», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.PhD/Fil1496
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Abduhamid filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11
Rasmiy opponentlar: Nosirov Azmiddin Normamatovich filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Luqmon Bo‘rixon va Abduqayum Yo‘ldoshev qissalarida ramziylik va xarakter yaratish mahorati, psixologizm, individual uslub masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek qissachiligida biografik elementlarning mavjudligi, tarixga murojaat, qadriyatlarni ulug‘lash kabi an’anaviylik va psixologik portretlar, voqelikda kinoyaning ustunligi, ijtimoiy muhitni tasvirlashda ramziy detallarning yetakchiligi ochib berilib, Xizr obrazi, tush, yo‘l, daraxt kabi fol`klor motivlari asosida olamning poetik manzarasini yaratish jihatlari aniqlangan;
Luqmon Bo‘rixon va Abduqayum Yo‘ldoshev qissalaridagi yolg‘izlik, loqaydlik, o‘z meni qobig‘idan chiqmaslik hamda tabiat va inson, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi psixologik konfliktlar Baxtiyor, No‘mon, Ubaydulla Xo‘jaev, Erjigit, Erali, Nozima singari obrazlarda qo‘llanilganligi asoslangan;
«Xizr ko‘rgan yigit», «Olis qo‘rg‘on fuqarosi», «Yurakdagi iz» qissalarida qarg‘ish, ulug‘lardan qo‘l olish, muqaddas kitoblarga ishonish, fol ochish, qasam kabi diniy-ma’rifiy motivlarning ahamiyati yoritilib, real va badiiy voqelikda ramziylikning ko‘ngil, may, soch, xonumon singari mumtoz va qo‘rg‘on, sibizg‘a, to‘lqin, soya, 13-uy, tuproq kabi zamonaviy adabiyotdagi obrazlarning hayotga nisbatan falsafiy qarashlarini ifoda etganligi ochib berilgan;
«Jadid», «Osmon og‘ushi», «Gudbay, Amerika», «Bir tomchi yosh», «Sirli muallim», «Quyosh hali botmagan» qissalarida yozuvchining xarakter yaratishdagi individualligi, ijtimoiy va psixologik konfliktlardan unumli foydalanishi, xarakter ruhiyatini yoritishda peyzaj tasvirini qo‘llashi, syujetni takomillashtirish orqali xarakterning dinamik yuksalishiga erishganligi, voqelikning xarakter mantiqiga bo‘ysunishi kabi mahorati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Luqmon Bo‘rixon, Abduqayum Yo‘ldosh qissalarida ramziylik va xarakter yaratishni tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
o‘zbek qissachiligida biografik elementlarning mavjudligi, tarixga murojaat, qadriyatlarni ulug‘lash kabi an’anaviylik va psixologik portretlar, voqelikda kinoyaning ustunligi, ijtimoiy muhitni tasvirlashda ramziy detallarning yetakchiligi ochib berilib, Xizr obrazi, tush, yo‘l, daraxt kabi fol`klor motivlari asosida olamning poetik manzarasini yaratish jihatlari aniqlangan ilmiy xulosalardan 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli «O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingiz tillarida) elektron platformasini yaratish» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-fevraldagi 04/1-532-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi nazariy, tahliliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Luqmon Bo‘rixon va Abduqayum Yo‘ldoshev qissalaridagi yolg‘izlik, loqaydlik, o‘z meni qobig‘idan chiqmaslik hamda tabiat va inson, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi psixologik konfliktlar Baxtiyor, No‘mon, Ubaydulla Xo‘jaev, Erjigit, Erali, Nozima singari obrazlarda qo‘llanilishi asoslanganligi borasidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2020-yildagi 503-son qarori bilan ta’sis etilgan «Ilhom» mukofotining 2021- hamda 2022-yilgi yakuniy bosqich natijalarida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan adiblar ijodini ommalashtirish, ularning hayoti va ijodi haqida ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025-yilning 27-martdagi 1/08-4-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, istiqlolning qadriga etish, adabiyot, san’atni targ‘ib etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rag‘batlantirishga ko‘mak berdi;
«Xizr ko‘rgan yigit», «Olis qo‘rg‘on fuqarosi», «Yurakdagi iz» qissalarida qarg‘ish, ulug‘lardan qo‘l olish, muqaddas kitoblarga ishonish, fol ochish, qasam kabi diniy-ma’rifiy motivlarning ahamiyati yoritilib, real va badiiy voqelikda ramziylikning ko‘ngil, may, soch, xonumon singari mumtoz va qo‘rg‘on, sibizg‘a, to‘lqin, soya, 13-uy, tuproq kabi zamonaviy adabiyotdagi obrazlarning hayotga nisbatan falsafiy qarashlarini ifoda etganligi ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2022–2024-yillarda o‘tkazilgan respublika «Zomin» seminari hamda uyushma qoshida tashkil etilgan “Umid” to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalarda va ijodkorlar bilan uchrashuvlarda
unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 24-yanvardagi 01-03/24-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnni puxta tahlil qilish, novator adiblar izlanishlarining betakror talqinlari borasidagi mulohazalar bilan ijodiy seminar va to‘garak mashg‘ulotlarining boyishiga manba bo‘lib xizmat qilgan;
«Jadid», «Osmon og‘ushi», «Gudbay, Amerika», «Bir tomchi yosh», «Sirli muallim», «Quyosh hali botmagan» qissalarida yozuvchining xarakter yaratishdagi individualligi, ijtimoiy va psixologik konfliktlardan unumli foydalanishi, xarakter ruhiyatini yoritishda peyzaj tasvirini qo‘llashi, syujetni takomillashtirish orqali xarakterning dinamik yuksalishiga erishganligi, voqelikning xarakter mantiqiga bo‘ysunishi kabi mahorati isbotlanganligiga doir mulohazalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining «Assalom, yangi kun», «Qadriyat», «Adabiy muhit», «Alisher Navoiy va zamonamiz», «Tarixdan saboqlar”, «Adabiyot burchagi», «Moziyga nazar» kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarda dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan. (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 1-martdagi 02/02.26-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar L. Bo‘rixon, A. Yo‘ldoshev asarlarida vatanparvar yoshlar obrazi, ma’rifatli avlod xarakteri, ijtimoiy voqelik va shaxs ma’naviyati, til va uslub masalalari, kitobxon o‘quvchilarni ko‘paytirish, ilm-fan, kasbga sadoqat, zamonamiz yoshlari qiyofasiga doir nazariy fikr-mulohazalar bilan boyitilgan.