Sattorov Anvar Ergashovichning Pedagogika fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida futbol to‘garaklarini tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-pedagogik asoslari” 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped809
Ilmiy maslahatchilar; Mardanov Shukurullo Kuldashevich pedagogika fanlari doktori, professor, Abdullaev Mehriddin Junaydilloevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Raxmatova Dilnoza Nigbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Artikov Askar Akbarovich
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida futbol to‘garaklarini tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodika samaradorligini ilmiy-nazariy va eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari futbol to‘garaklari sportchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligini (kuch, tezlik va epchillik) takomillashtiruvchi va musobaqa jarayonlarida katta ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni yuqori shiddatda (V=5-6,11 m/s dan katta) hamda anaerob-glikoletik sharoitda bajartirish hisobiga jismoniy sifatlarni takomillashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
futbol to‘garaklari mashg‘ulotlarda murakkab texnik harakatlar (zarba berish, to‘pni qabul qilish, to‘p bilan tez harakatlanish, pressing holatlarida pozisiyani saqlash) kabi maxsus tayyorgarlik elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan yillik o‘quv-mashg‘ulot modelini takomillashtirish hisobiga sportchilarning texnik-taktik harakatlarni aniq, tezkor va barqaror bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sportchilarning futbol mashg‘ulotlari va musobaqa faoliyatida bajarilgan yuklama shiddatini “Catapult” dasturiy tizimida taqqoslagan holda funksional tayyorgarligi (V1= 2 m/s gacha; V2 = 2,3-3,9 m/s; V3 = 4,0-4,9 m/s; V4 =5,0-6,11 m/s va V5 = 6,12 m/s dan oshiq YuQS 100-120 zar/daq; 121-140 zar/daq; 141-160 zar/daq. va 160 zar/daq.dan) shiddat zonalarini nazorat qilish hisobiga mashqlarni yuklama shiddatini rejalashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
to‘garaklarda mashg‘ulotlarida sportchilarning tayyorlashda psixologik holatini baholash va nazorat qilish mobil platformasi qo‘llash hisobiga elektron ishlanmalar orqali futbolchilarni mashg‘ulot va musobaqa jarayonida (iroda kuchini, deprissiya holatini, xavotir darajasini, muvaffaqiyat motivatsiyasini, muvaffaqiyasizlikdan qo‘rqish hissi) operativ axborotlar olish imkoniyatlari oshirilgan;
futbol mashg‘ulotlarida sport murabbiylari, trenerlar va jamoalar uchun mo‘ljallangan PlayDrill onlayn vositani tizimli qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarga tezlik zonalari, to‘p bilan harakatlanish, pressing, zonalarga ko‘ra yugurish va texnik-taktik harakatlarni sodda, vizual jihatdan grafik va animatsiya orqali tushunarli tarzda nazariy jihatdan o‘rgatish imkoniyatlari kengaytirilgan;
futbol to‘garaklarida shug‘ullanuvchi sportchilar o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda ularning jismoniy va psixologik tayyorgarligi holatini inobatga olgan holda kompleks mashqlar majmuasini yuqori, o‘rta va past shiddat zonalarida tabaqalashtirib, mashg‘ulotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasini takomillashtirish hisobiga mashg‘ulotlar samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim muassasalarida futbol to‘garaklarini tashkil etish va o‘tkazishga doir ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari davomida quyidagi natijaga erishildi:
oliy ta’lim muassasalari futbol to‘garaklari sportchilarining umumiy jismoniy tayyorgarligini (kuch, tezlik va epchillik) takomillashtiruvchi va musobaqa jarayonlarida katta ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni yuqori shiddatda (V=5-6,11 m/s dan katta) hamda anaerob-glikoletik sharoitda bajartirish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalaarining futbol to‘garaklari jaraayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi №02-16/8171 ma’lumotnomasi). Natijada malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik 11-14 %ga, texnik tayyorgarlik 10-14 %ga, psixologik tayyorgarlik 14-15 %ga o‘sishiga erishilgan.;
futbol to‘garaklari mashg‘ulotlarda murakkab texnik harakatlar (zarba berish, to‘pni qabul qilish, to‘p bilan tez harakatlanish, pressing holatlarida pozisiyani saqlash) kabi maxsus tayyorgarlik elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan yillik o‘quv-mashg‘ulot modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalaarining futbol to‘garaklari jaraayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi №02-16/8171 ma’lumotnomasi). Natijada malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik 10-13 %ga, texnik tayyorgarlik 8-10 %ga, psixologik tayyorgarlik 1215 %ga o‘sishiga erishilgan;
sportchilarning futbol mashg‘ulotlari va musobaqa faoliyatida bajarilgan yuklama shiddatini “Catapult” dasturiy tizimida taqqoslagan holda funksional tayyorgarligi (V1= 2 m/s gacha; V2 = 2,3-3,9 m/s; V3 = 4,0-4,9 m/s; V4 =5,0-6,11 m/s va V5 = 6,12 m/s dan oshiq YuQS 100-120 zar/daq; 121-140 zar/daq; 141-160 zar/daq. va 160 zar/daq.dan) shiddat zonalarini nazorat qilish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalaarining futbol to‘garaklari jaraayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi №02-16/8171 ma’lumotnomasi). Natijada malakali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik 8-11 % ga, texnik tayyorgarlik 8-10 % ga, psixologik tayyorgarlik 9-12 % ga o‘sishiga erishilgan;
to‘garaklarda mashg‘ulotlarida sportchilarning tayyorlashda psixologik holatini baholash va nazorat qilish mobil platformasi qo‘llash bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalaarining futbol to‘garaklari jaraayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi №02-16/8171 ma’lumotnomasi). Natijada malakali futbolchilarning musoboqa faoliyati –12-15 %ga o‘sishiga erishilgan.
futbol mashg‘ulotlarida sport murabbiylari, trenerlar va jamoalar uchun mo‘ljallangan PlayDrill onlayn vositani tizimli qo‘llash bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalaarining futbol to‘garaklari jaraayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi №02-16/8171 ma’lumotnomasi). Natijada 2025 yil malakali futbolchilarning musoboqa faoliyati – O‘zbekiston chenpionati birinchi liga musoboqalariga yo‘llanma olishga erishilgan.
futbol to‘garaklarida shug‘ullanuvchi sportchilar o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda ularning jismoniy va psixologik tayyorgarligi holatini inobatga olgan holda kompleks mashqlar majmuasini yuqori, o‘rta va past shiddat zonalarida tabaqalashtirib, mashg‘ulotlarning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Futbolni o‘rgatish metodikasi nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04-Martdagi 55-sonli buyrug‘i N55254 raqamli guvohnoma ). Natijada 2024 yil va 2025 yil malakali futbolchilarning musoboqa faoliyati – O‘zbekiston chenpionati birinchi liga musoboqalariga yo‘llanma olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish